418
O‘zgaruvchan sotish xarajatlari – tovar aylanma hajmiga to‘g‘ri proporsional
tarzda o‘zgaruvchi
xarajatlar, ya’ni tovar aylanma hajmi ikki barobar oshsa,
o‘zgaruvchan sotish xarajatlari umumiy hajmi ham ikki barobar oshadi. Bundan
ko‘rinadiki, o‘zgaruvchan sotish xarajatlari hajmi bevosita tovar aylanma hajmiga
bog‘liq bo‘ladi. Umumiy o‘zgaruvchan sotish xarajatlari chiziqli funksiya sifatida,
bunday xarajatlar sotilgan tovar birligiga nisbatan doimiy miqdor hisoblanadi.
Ya’ni, sotish xarajatlarining darajasi tovar birligiga nisbatan o‘zgarmasdir.
«... xarajatlar tarkibi to‘g‘risida Nizom»ning 2.1. «Sotish xarajatlari»
moddasida ko‘rsatilgan quyidagi xarajatlarni kiritish mumkin:
-
tovarlarni temir yo‘l, havo,
avtomobil, dengiz, daryo transportida va ot-
ulovda tashish xarajatlari;
-
tovarlarni sotish bilan bog‘liq mehnatga haq to‘lash xarajatlari;
-
ijtimoiy sug‘urta xarajatlari;
-
tovarlarni saqlash, ularga ishlov berish va ularni sortlarga ajratish
xarajatlari;
-
gaz, yoqilg‘i, elektr energiyasi xarajatlari;
-
o‘rash-joylash materiallari xarajatlari;
-
tashish, saqlash va sotish chog‘ida tovarlarning yo‘qotilishi va boshqalar.
Tovar aylanma hajmidan qat’iy nazar hisobot
davrida umumiy miqdori
o‘zgarmaydigan xarajatlar doimiy sotish xarajatlari deyiladi. Ya’ni, bu hisobot
davri oralig‘ida faollik darajasiga nisbatan o‘zgarmas xarajatlardir. Bunga «...
xarajatlar tarkibi to‘g‘risida Nizom»ga muvofiq quyidagi xarajatlarni kiritish
mumkin:
-
binolar, inshootlar
va xonalarni ijaraga olish, saqlash va tuzatish
xarajatlari;
-
asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizasiyasi;
-
mol-mulkni majburiy va ixtiyoriy sug‘urta qilish xarajatlari;
-
maxsus kiyim-bosh va maxsus poyabzalning eskirishi;
-
mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi xarajatlari;
419
-
reklama xarajatlari;
-
savdoni tashkil qilish, boshqarish xarajatlari va boshqa.
Tovar aylanma hajmi va sotish xarajatlari summasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni
quyidagicha matematik formula ko‘rinishida ifodalash mumkin:
SX = TA × O‘XD : 100 + DSX, (17.7)
Tovar aylanma hajmi va sotish xarajatlari darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni
esa, quyidagicha matematik formula ko‘rinishida ifodalash mumkin:
SXD = DSX : TA × 100 + O‘XD, (17.8)
Bu yerda: O‘XD – o‘zgaruvchan sotish xarajatlari darajasi, DSX –
doimiy sotish
xarajatlari.
Ta’minot tashkilotida sotish xarajatlari moddalari bo‘yicha rejaning
bajarilishini tahlil qilib o‘rganganimizda quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lindi
(17.10-jadval).
17.10-jadval
ma’lumotlaridan
ko‘rinadiki,
Toshkent
viloyati
«Agrokimyohimoya» AJda sotish xarajatlari hisobot yilida rejaga nisbatan 39454
ming so‘mga oshgan. Shu jumladan, o‘zgaruvchan sotish xarajatlari 16516 ming
so‘mga va doimiy sotish xarajatlari 22938 ming so‘mga ko‘payganligini
ko‘rishimiz mumkin.
Toshkent viloyati «Agrokimyohimoya» AJda sotish
hajmi va darajasining
o‘zgarishiga quyidagi uchta omil ta’sir ko‘rsatgan:
-
tovar aylanma hajmining o‘zgarishi;
-
o‘zgaruvchan sotish xarajatlari darajasining o‘zgarishi;
-
doimiy sotish xarajatlarning o‘zgarishi.
Mazkur omillarning sotish xarajatlari hajmi va darajasiga ta’sirini aniqlashda
«Zanjirli bog‘lanish» usulidan foydalanishimiz mumkin. Ushbu usuldan
foydalanilganda dastlab, reja bo‘yicha natija ko‘rsatkichlarini har bir omil hisobiga
ketma-ket almashtirib quyidagi bog‘lanish ko‘rsatkichlari aniqlab olish lozim:
1. SX
0
= TA
0
× O‘XD
0
: 100 + DX
0
= 2213970 × 11,93 : 100 + 145585 =
409584 ming so‘m;
420
2. SX
sh1
= TA
1
× O‘XD
0
: 100 + DX
0
= 2363360 × 11,93 : 100 + 145585 =
427534 ming so‘m;
3. SX
sh2
= TA
1
× O‘XD
1
: 100 + DX
0
= 2363360 × 11,87 : 100 + 145585 =
426116 ming so‘m;
4. SX
1
= TA
1
× O‘XD
1
: 100 + DX
1
= 2363360 × 11,87 : 100 + 168523 =
449038 ming so‘m.
Dostları ilə paylaş: