413
tovarlarni tuzilgan shartnomalar asosida belgilangan
narxlarda sotib olib,
iste’molchilarga shartnomalarda ko‘rsatilgan miqdorda va qiymatda o‘z vaqtida
yetkazib berish faoliyati hisoblanadi. Shu sababli, ta’minot
tashkilotlarida sotish
xarajatlari asosiy faoliyat xarajatlari sifatida qaralishi lozim. Chunki, ta’minot
tashkiloti ishlab chiqaruvchidan tovarlarni sotib olgandan so‘ng to iste’molchiga
yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayonda ma’lum xarajatlarni amalga oshiradi.
Ammo, iqtisodiy adabiyotlarda ushbu jarayonda qilingan xarajatlar sotish
xarajatlari emas, balki muomala xarajatlari sifatida keltirib o‘tilgan. Muomala
xarajatlari
normativ-huquqiy
hujjatlarda
alohida
xarajat
turi
sifatida
ko‘rsatilmagan.
Shu bois, muomala xarajatlarini amaldagi normativ-huquqiy
hujjatlarga asoslangan holda sotish xarajatlari sifatida tan olish maqsadga muvofiq
hisoblanadi.
Ishlab chiqaruvchidan tovarlarni sotib olgandan so‘ng to iste’molchiga
yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayonda qilingan xarajatlar ta’minot tashkilotining
sotish xarajatlari hisoblanadi. U «... xarajatlar tarkibi to‘g‘risida Nizom»ning
2.1. «Sotish xarajatlari» moddasida keltirilgan barcha xarajatlarni o‘z ichiga oladi.
Ta’minot tashkilotlarida sotish xarajatlari hajmini kamaytirish va uning
darajasini pasaytirish faoliyat samaradorligini oshirishning
asosiy omillaridan
hisoblanadi. Shu bois, sotish xarajatlari hajmini,
uning darajasini, tarkibi va
strukturasini hamda ularning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ta’sir
darajalarini uzluksiz ravishda tahlil qilib o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Chunki, tahlil qilib o‘rganish jarayonida sotish xarajatlarini kamaytirish
imkoniyatlari
aniqlanadi, qanday omillar va sharoitlar hisobiga kamaytirishning
mavjud imkoniyatlari o‘rganiladi, natijada ulardan foydalanish bo‘yicha aniq
chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
Sotish xarajatlari tahlilining maqsadi sotish xarajatlari darajasini pasaytirish
imkoniyatlarini aniqlash va ularni moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga jalb qilish
yo‘llarini ko‘rsatish hisoblanadi.
Sotish xarajatlari tahlilining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
414
-
sotish xarajatlari hajmini o‘rganish va uning darajasiga baho berish;
-
sotish xarajatlari hajmi va darajasining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi
omillarni aniqlash hamda ularning ta’sir darajalariga baho berish;
-
sotish xarajatlari darajasini pasaytirish
imkoniyatlarini aniqlash va
ulardan foydalanish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
Sotish xarajatlarini tahlil qilib o‘rganishda quyidagi axborot manbalaridan
foydalaniladi:
-
biznes reja ma’lumotlari;
-
«Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot» ma’lumotlari;
-
statistik hisobot ma’lumotlari;
-
buxgalteriya hisobining xarajatlarni va daromadlarni hisobga olish uchun
mo‘ljallangan tegishli schyotlari ma’lumotlari.
Dostları ilə paylaş: