410
aylanish davri sekinlashgan. Bunday natijani ijobiy
holat sifatida baholab
bo‘lmaydi.
Bunday o‘zgarish ikki omil ta’sirida yuzaga kelgan bo‘lib, ularning ta’sir
darajalarini «Qayta hisoblash» usuli yordamida hisob-kitob qilib aniqlashimiz
mumkin.
Bunda har bir omilning ta’sirini hisoblash uchun natijani qayta hisoblab
olish lozim. Buning uchun birinchi omilning haqiqatdagi ko‘rsatkichini (TA
1
)
ikkinchi omilning rejadagi ko‘rsatkichiga (TZ
0
) bo‘lish lozim. Ya’ni:
K
aqh
= TA
1
: TZ
0
= 2363360 : 45821 = 51,58
Endi, tovarlarning aylanish koeffitsiyentiga
yuqoridagi ikki omilning
ta’sirini topish uchun quyidagi hisob-kitoblarni amalga oshirish lozim. Ya’ni:
-
tovarlarning aylanish koeffitsiyentining o‘zgarishiga tovar aylanmasi
hajmining o‘zgarishini ta’sirini aniqlash uchun qayta hisoblangan tovarlarning
aylanish koeffitsiyentidan rejadagi tovarlarning aylanish
koeffitsiyentini chegirish
kerak:
51,58 – 48,3 = + 3,28
Demak, tovar aylanmasi hajmining haqiqatda rejaga nisbatan 149390 ming
so‘mga ko‘payishi, tovarlarning aylanish darajasini 3,28 martaga tezlashtirgan.
-
tovarlarning aylanish koeffitsiyentini o‘zgarishiga tovarlar zaxirasi
o‘rtacha qoldig‘ining o‘zgarishi ta’sirini aniqlash uchun haqiqatdagi tovarlarning
aylanish koeffitsiyentidan qayta hisoblangan tovarlarning aylanish koeffitsiyentini
chegirish lozim:
35,7 – 51,58 = - 15,88
Yuqoridagi hisob-kitoblardan ko‘rinadiki, tovarlar zaxirasi o‘rtacha
qoldig‘ining haqiqatda rejaga nisbatan 20367 ming so‘mga ko‘payishi
natijasida
tovarlarning aylanishi 15,88 martaga pasaygan.
Xulosa qilib aytganda, tovarlar aylanuvchanligining
rejaga nisbatan
haqiqatda sekinlashishi tovar zaxiralari o‘rtacha qoldig‘ining rejaga nisbatan
ko‘payishi salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Natijada tovarlarning aylanish davri ham 3
411
kunga uzayganligini ko‘rishimiz mumkin. Shu bois, tovar zaxiralari qoldig‘ini har
doim belgilangan reja darajasida bo‘lishini ta’minlash, ortiqcha tovar zaxiralarini
sotish choralarini ko‘rishi lozim deb hisoblaymiz.
Dostları ilə paylaş: