407
chiqimini (yo‘qolishi, buzilishi, kamomad va h.k.) qat’iy nazorat qilishi va
ularning oldini olish hamda yil oxirida tovar zaxiralari qoldig‘ini
kamaytirish,
ya’ni sotish choralarini ko‘rishi lozim.
Shunga o‘xshash hisob – kitoblarni tovar aylanma hajmida asosiy salmoqni
tashkil etuvchi tovar turlari bo‘yicha ham amalga oshirib o‘rganish mumkin. Bu
albatta, asosiy tovar turlarining umumiy tovar aylanma hajmiga ta’sirini aniqroq
baholash imkonini beradi.
Tovar aylanmasi hajmining o‘zgarishiga tovar balansi ko‘rsatkichlari bilan
bog‘liq omillar ta’sirini o‘rganish bilan bir qatorda tovar resurslaridan foydalanish
samaradorligiga ham baho beriladi. Tovar resurslaridan foydalanish samaradorligi
(S
t.r
) ko‘rsatkichi quyidagicha aniqlanadi:
S
t.r
= TS / (TZ
y b
+ TK – TZ
y o
), (17.4)
Mazkur hisob-kitob asosida 17.6-jadval ma’lumotlaridan foydalanib, tovar
resurslaridan foydalanish samaradorligini aniqlaganimizda quyidagi ma’lumotlarga
ega bo‘lindi:
-
reja bo‘yicha:
S
trr
= 2213970 / (51143 + 2217600 - 40500) = 0,993
-
haqiqatda:
S
trx
= 2363360 / (74446 + 2364551 - 57930) = 0,992
Yuqoridagi hisob-kitob ma’lumotlari tovar resurslaridan foydalanish
samaradorligi ko‘rsatkichi tovarlarni turli chiqimi (yo‘qolishi, buzilishi, kamomad
va h. k) hisobiga pasayganligidan dalolat beradi. Shuningdek, tahlil jarayonida
tovar zaxiralarining holati va tovar aylanuvchanligiga ham katta e’tibor qaratilishi
lozim. Chunki, tovar aylanish rejasining bajarilishi, muomala xarajatlari, moliyaviy
natijalari va moliyaviy ahvoli ushbu ko‘rsatkichlarga ham bog‘liq hisoblanadi.
Tovar aylanmasi rejasining uzluksiz bajarilishi
uchun tovar zaxiralari
optimal darajada bo‘lishi lozim. Tovar zaxiralarning yetishmasligi yoki yetarli
darajada bo‘lmasligi tovar aylanma hajmining o‘zgarishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib,
uning kamayishiga olib keladi. Tovar zaxiralarning ortiqchaligi kapitalning
408
muzlatilishi, aylanuvchanligining sekinlashishi va daromadliligining pasayishiga
ta’sir ko‘rsatadi.
Shu bois, tovar zaxiralari har doim belgilangan reja darajasida
bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Tovar zaxiralar holatini umumiy baholash uchun tovarlar guruhining har biri
va butun korxona bo‘yicha o‘rtacha yillik zaxiralar hisoblab chiqiladi va tahlil
qilinadi. Ularning miqdori o‘rtacha xronologik miqdor bo‘yicha hisoblanadi.
O‘rtacha tovar zaxiralarining normativdan farqi tovar aylanma hajmi va tovar
aylanishi tezligining o‘zgarishi bilan bog‘liq.
Tovar zaxiralari holatini o‘rganish bilan bir vaqtda tovarlar aylanishi darajasi
o‘zgarishini ham o‘rganish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Chunki, tovar
aylanmasi hajmining oshishi yoki kamayishi bevosita mazkur ko‘rsatkichga
bog‘liq bo‘ladi.
Tovarlar aylanuvchanligi deganda ularning
pulga aylanish tezligi
tushuniladi. Agarda tashkilotda tovarlar aylanishi tezlashgan bo‘lsa, bu undan
foydalanish samaradorligi ortganligi va qo‘shimcha foyda olinganligini anglatadi.
Aksincha, tovarlar aylanishi sekinlashgan bo‘lsa, bu ularning yetishmasligini va
xo‘jalik faoliyatni davom ettirish uchun tashqi manbalardan foydalanib,
yetishmovchilikni to‘ldirish lozimligini bildiradi.
Odatda tovarlar aylanishining tahlilida quyidagi ko‘rsatkichlardan
foydalaniladi:
-
tovarlarning aylanish koeffitsiyenti;
-
tovarlarning aylanish davri;
-
tovarlar
aylanmasining
tovar
zaxiralari
bilan
ta’minlanish
koeffitsiyenti.
Mazkur ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash tartibini quyidagi jadvalda keltirib
o‘tamiz (17.7-jadval).