R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə279/307
tarix26.09.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#148944
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

17.2-jadval 
«Agrokimyohimoya» AJda tovar aylanmasi strukturasining tahlili 
№ 
Tovar turlari 
Hisobot yili 
O‘zgarishi
(+;-) 
Reja 
Haqiqatda 

Karbamid 
3,0 
3,0 


Ammofos 
13,0 
11,0 
-2 

Azot 
44,0 
46,0 
+2 

Fosfor 
34,0 
33 
-1 

Boshqa mineral o‘g‘itlar 
6,0 
7,0 
+1 

Jami: 
100 
100 

17.2-jadval 
ma’lumotlaridan 
ko‘rinadiki, 
Toshkent 
viloyati 
«Agrokimyohimoya» AJda tovar aylanmasi strukturasi tarkibida asosiy ulushni 
ammofos, azot va fosfor kabi mineral o‘g‘itlar egallamoqda. Jumladan, hisobot 
yilida tovar aylanmasi rejasida ammofos 13 foiz, azot 44 foiz va fosfor 34 foiz 
belgilangan bo‘lsa, bu tovar turlari haqiqatda ham jami tovar aylanmasi hajmida 
asosiy ulushni tashkil etmoqda. Ya’ni, ammofos 11 foiz, azot 46 foiz va fosfor 33 
foiz.
Tovar aylanmasi strukturasida asosiy ulushga ega bo‘lgan tovar turlaridan, 
ammofos haqiqatda rejaga nisbatan 2 foizga va fosfor 1 foizga kamaygan bo‘lsa, 


401 
azotning ulushi 2 foizga ortganligini ko‘rishimiz mumkin. Boshqa tovar turlari 
tarkibida sezilarli o‘zgarishlar kuzatilmagan. 
Umuman olganda, Toshkent viloyati «Agrokimyohimoya» AJda tovar 
aylanmasi strukturasida hisobot yili rejasida va haqiqatda ham ammofos, azot va 
fosfor kabi mineral o‘g‘itlar salmog‘ining yuqori bo‘lishi, bu mazkur mineral 
o‘g‘itlarga nisbatan talab hajmining ko‘pligi, yuqori savdo ustamasining 
belgilanganligi va sotish rentabelligi darajasi yuqoriligi bilan izohlash mumkin. 
Shu sababli, tovar aylanmasi strukturasidagi bunday o‘zgarishlar Toshkent viloyati 
«Agrokimyohimoya» AJ uchun muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. 
Bundan tashqari sotish yo‘nalishlari hamda ko‘rinishi bo‘yicha ham tovar 
aylanmasi hajmi va uning strukturasi rejasi bajarilishi tahlil qilinadi (17.3-jadval). 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin