R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


Material qaytimining o‘zgarishiga qanday birlamchi omillar ta’sir



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə276/307
tarix26.09.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#148944
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

10. Material qaytimining o‘zgarishiga qanday birlamchi omillar ta’sir 
ko‘rsatadi? 
A) Yalpi mahsulot hajmi va moddiy xarajatlar hajmining o‘zgarishi 
B) Yalpi foyda hajmi va moddiy xarajatlar hajmining o‘zgarishi 
C) Ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori, bir birlik mahsulotning sotish bahosi va 
moddiy xarajatlar hajmining o‘zgarishi 
D) Yalpi mahsulot hajmi, ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori va bir birlik 
mahsulotning o‘rtacha sotish bahosining o‘zgarishi 


396 
XVII BOB. TA’MINOT TASHKILOTLARI FAOLIYATINI TAHLIL 
QILISHNING XUSUSIYATLARI 
17.1 Ta’minot tashkilotlarida tovar aylanmasining tahlili 
17.1.1. Ta’minot tashkilotlarida tovar aylanmasi tahlilining maqsadi, 
vazifalari va axborot manbalari 
Respublikamizda olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, 
davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar 
yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini 
liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida qabul 
qilingan «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»ga muvofiq barcha tarmoq 
va sohalarda tub o‘zgarishlar yuz bermoqda. Jumladan, bu o‘zgarishlar agrar 
sohada faoliyat yuritayotgan ta’minot tashkilotlariga ham bevosita daxldor 
hisoblanadi.
Ta’minot tashkilotlari ishlab chiqaruvchi korxonalardan tovarlarni tuzilgan 
shartnomalar asosida belgilangan narxlarda sotib olib, iste’molchilarga 
shartnomalarda ko‘rsatilgan miqdorda va qiymatda o‘z vaqtida yetkazib berish 
faoliyati bilan shug‘ullanadi. Ya’ni, ularning asosiy faoliyati turi ta’minot 
faoliyati hisoblanadi. 2018 yil oxiriga respublikamizda 3040 ta ta’minot 
tashkilotlari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, shundan 844 tasi meniral o‘g‘it sotish 
shaxobchalari hisoblanadi. Ularning viloyatlar kesimi bo‘yicha joylashuvini 
quyidagi 1-rasmda ko‘rishimiz mumkin. 
Ma’lumki, ta’minot tashkilotlari fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq 
xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga nihoyatda zarur bo‘lgan mineral 
o‘g‘it, yoqilg‘i moylash mahsulotlari va texnika xizmatlarini ko‘rsatmoqda. 
Afsuski, ko‘pgina ta’minot tashkilotlari faoliyati bozor iqtisodiyoti talablariga 
to‘liq javob bermaydi. Xususan, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Sh.Mirziyoyev «... fermer, dehqon xo‘jaliklariga yoqilg‘i-moylash mahsulotlari, 
mineral o‘g‘itlar, urug‘lik yetkazib berish, kasallik va zararkunandalarga qarshi 


397 
kurash ishlari talab darajasida tashkil etilmagan. Bu ham haqiqat.»
66
deb ta’kidlab 
o‘tganlar. Mazkur muammo va kamchiliklarni bartaraf qilish uchun ta’minot 
tashkilotlari faoliyati tahlilini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va uning uslublarini 
takomillashtirish zarurati vujudga kelmoqda. Chunki, xo‘jalik jarayonlarini tahlil 
qilib o‘rganish mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish 
bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini beradi. Shu bilan birga, 
ta’minot tashkilotlarida tovar aylanmasi hajmini ko‘paytirish, tannarx darajasini 
pasaytirish va foyda hajmini oshirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlarni aniqlash 
hamda ularni moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga jalb qilish uchun shart-sharoitlar 
yaratish imkoniyatini paydo qiladi. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin