397
kurash ishlari talab darajasida tashkil etilmagan. Bu ham haqiqat.»
66
deb ta’kidlab
o‘tganlar. Mazkur muammo va kamchiliklarni bartaraf qilish uchun ta’minot
tashkilotlari faoliyati tahlilini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va uning uslublarini
takomillashtirish zarurati vujudga kelmoqda. Chunki, xo‘jalik jarayonlarini tahlil
qilib o‘rganish mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish
bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini beradi. Shu bilan birga,
ta’minot tashkilotlarida tovar aylanmasi hajmini ko‘paytirish, tannarx darajasini
pasaytirish va foyda hajmini oshirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlarni aniqlash
hamda ularni moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga jalb qilish uchun shart-sharoitlar
yaratish imkoniyatini paydo qiladi.
Dostları ilə paylaş: