398
tasavvur beradi.
Tahlilning maqsadi – bu ta’minot tashkilotlari faoliyatini o‘rganish asosida
tovar aylanmasi hajmiga baho berish va uni oshirish bo‘yicha mavjud
imkoniyatlarni topish hamda ularni moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga jalb qilish
yo‘llarini ko‘rsatish hisoblanadi.
Shu nuqtai nazardan tahlilning asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar
hisoblanadi:
-
tovar aylanmasi va alohida tovar guruhlari bo‘yicha reja bajarilishiga
baho berish hamda o‘zgarish sabablarini omilli tahlil qilish;
-
tovar aylanmasi va alohida tovar guruhlari bo‘yicha dinamikasi
o‘zgarishini o‘rganish hamda omilli tahlil qilish;
-
tovar aylanmasi hajmini oshirish imkoniyatlarini aniqlash va ularni
moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga jalb qilish bo‘yicha tavsiyalar berish.
Tahlil natijalarining to‘g‘ri va aniq shakllanishi, uning axborot manbalariga
bevosita bog‘liq hisoblanadi. Ta’minot tashkilotlari tovar aylanmasini tahlil
qilishda quyidagi axborot manbalaridan foydalaniladi:
-
biznes reja ma’lumotlari;
-
«Buxgalteriya balansi» (1-shakl);
-
«Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot» (2-shakl);
-
statistik hisobot ma’lumotlari;
-
tahlil uchun zarur bo‘ladigan boshqa hisob va hisobdan tashqari
ma’lumotlar (dastlabki va yig‘ma hujjatlar ma’lumotlari, analitik va sintetik
schyotlar ma’lumotlari, tezkor hisob ma’lumotlari, vakolatli davlat organlarining
taftish ma’lumotlari).
Dostları ilə paylaş: