R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


-rasm. O‘zbekiston Respublikasi viloyatlar kesimida mineral



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə277/307
tarix26.09.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#148944
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

17.1-rasm. O‘zbekiston Respublikasi viloyatlar kesimida mineral 
o‘g‘itlar sotish bo‘yicha ta’minot tashkilotlari dinamikasi
67
 
Ta’minot tashkilotlari faoliyati samaradorligini ifodalovchi asosiy 
ko‘rsatkichlardan biri tovar aylanmasining hajmi hisoblanadi. Tovar aylanmasi – 
hisobot davrida sotilgan, joriy baholardagi kabi taqqoslama baholarda ham 
ifodalanishi mumkin bo‘lgan barcha sotilgan tovarlarning qiymati. Bu ko‘rsatkich 
ta’minot tashkiloti moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining hajmi to‘g‘risida umumiy 
66
Sh.M.Mirziyoyev «Xalqimizning roziligi bizning faolligimizga berilgan eng oliy bahodir» «O‘ZBYeKISTON» 
NMIU, 2018. – 56 b.
67
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlari asosida tuzilgan
0
20
40
60
80
100
120
140
102
50
71
7
126
15
33
87
37
51
103
64
92
102
50
71
9
126
18
34
83
37
46
112
64
92
2017-yil
2018-yil


398 
tasavvur beradi. 
Tahlilning maqsadi – bu ta’minot tashkilotlari faoliyatini o‘rganish asosida 
tovar aylanmasi hajmiga baho berish va uni oshirish bo‘yicha mavjud 
imkoniyatlarni topish hamda ularni moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga jalb qilish 
yo‘llarini ko‘rsatish hisoblanadi. 
Shu nuqtai nazardan tahlilning asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar 
hisoblanadi: 
-
tovar aylanmasi va alohida tovar guruhlari bo‘yicha reja bajarilishiga 
baho berish hamda o‘zgarish sabablarini omilli tahlil qilish; 
-
tovar aylanmasi va alohida tovar guruhlari bo‘yicha dinamikasi 
o‘zgarishini o‘rganish hamda omilli tahlil qilish; 
-
tovar aylanmasi hajmini oshirish imkoniyatlarini aniqlash va ularni 
moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga jalb qilish bo‘yicha tavsiyalar berish. 
Tahlil natijalarining to‘g‘ri va aniq shakllanishi, uning axborot manbalariga 
bevosita bog‘liq hisoblanadi. Ta’minot tashkilotlari tovar aylanmasini tahlil 
qilishda quyidagi axborot manbalaridan foydalaniladi: 
-
biznes reja ma’lumotlari; 
-
«Buxgalteriya balansi» (1-shakl); 
-
«Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot» (2-shakl); 
-
statistik hisobot ma’lumotlari; 
-
tahlil uchun zarur bo‘ladigan boshqa hisob va hisobdan tashqari 
ma’lumotlar (dastlabki va yig‘ma hujjatlar ma’lumotlari, analitik va sintetik 
schyotlar ma’lumotlari, tezkor hisob ma’lumotlari, vakolatli davlat organlarining 
taftish ma’lumotlari). 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin