R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 Tovar aylanishi rejasi bajarilishining tahlili



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə278/307
tarix26.09.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#148944
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

 
17.1.2. Tovar aylanishi rejasi bajarilishining tahlili 
Tovar aylanmasi rejasining bajarilishini o‘rganish birinchi navbatda tovar 
aylanmasining haqiqiy hajmini rejada belgilangan hajmiga taqqoslash orqali 
o‘zgarishini aniqlashdan boshlanadi. Ya’ni, hisobot davridagi tovar aylanmasining 


399 
haqiqiy hajmidan rejadagi hajmini chegirish orqali uning o‘zgarishi aniqlanadi. 
Shu bilan birga, tovar aylanmasi rejasining bajarilishini tovarlarning har bir turi 
bo‘yicha ham o‘rganiladi. Chunki, tahlil natijalari asosida tovarlarning qaysi turlari 
bo‘yicha talab qondirilmaganligi, qaysi tovarlarga nisbatan talab yuqori 
bo‘lmaganligini ko‘rsatib berish lozim. Toshkent viloyati «Agrokimyohimoya» 
aksiyadorlik jamiyati (AJ) ta’minot tashkiloti hisoblanganligi va asosiy faoliyat turi 
ta’minot faoliyati ekanligini hisobga olgan holda shartli ko‘rsatkichlar asosida 
tovar aylanmasi rejasining bajarilishini tahlil qilib o‘rganganimizda quyidagi 
ma’lumotlarga ega bo‘lindi (17.1-jadval). 
17.1-jadval 
Toshkent viloyati «Agrokimyohimoya» AJda tovar aylanmasi rejasi 
bajarilishining taqqoslama tahlili 
№ 
Tovar turlari
Hisobot yili 
Rejaga nisbatan 
o‘zgarishi (+;-) 
Reja 
Haqiqatda 
Mutlaq 
summada 
Foizda 

Jami tovar aylanishi, ming 
so‘m 
2213970 
2363360 
+149390 
+6,7 
Shu jumladan, tovar turlari 
bo‘yicha: 
1.1 Karbamid 
75410 
79880 
+4470 
+6,0 
1.2 Ammofos 
282380 
270900 
-11480 
-4,1 
1.3 Azot 
967500 
1074920 
+107420 
+11,1 
1.4 Fosfor 
745000 
774300 
+29300 
+4,0 
1.5 Boshqa mineral o‘g‘itlar 
143680 
163360 
+19680 
+13,7 
17.1-jadval ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent viloyati «Agrokimyohimoya» 
AJda hisobot yilida tovar aylanmasining haqiqiy hajmi 2363360 ming so‘mni 
tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich rejada 2213970 ming so‘m bo‘lgan. Bundan 
ko‘rinadiki, Toshkent viloyati «Agrokimyohimoya» AJda hisobot yilidagi tovar 
aylanmasi rejasining hajmi haqiqatda 149390 ming so‘mga yoki 6,7 foizga oshgan. 
Albatta, bunday natijani jamiyat uchun ijobiy holat sifatida baholash mumkin. 
Shuningdek, 17.1-jadval ma’lumotlaridan qaysi tovar turlari bo‘yicha tovar 
aylanmasi rejasi oshirib bajarilganligi, qaysilari bo‘yicha esa bajarilmaganligini 
ham ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, karbamid, azot, fosfor va boshqa mineral 
o‘g‘itlar bo‘yicha tovar aylanmasi rejasi oshirib bajarilgan bo‘lsa, ammofos 


400 
bo‘yicha tovar aylanmasi rejasi 11480 ming so‘mga yoki 4,1 foizga kam 
bajarilganligini ko‘rishimiz mumkin. 
Tovar turlari bo‘yicha tovar aylanmasi rejasidagi bunday o‘zgarishlar (ayrim 
tovarlar turlari bo‘yicha tovar aylanmasi rejasining bajarilmaganligi va boshqa 
tovar turlari bo‘yicha oshirib bajarilganligi) tovar aylanmasi strukturasining 
o‘zgarishiga olib keladi, ya’ni ayrim tovarlar ulushi ko‘payadi, boshqalariniki esa 
kamayadi. Bunday holat ta’minot tashkilotining yalpi daromadiga, sotish 
xarajatlariga, foyda va rentabellik ko‘rsatkichlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shu 
sababli, assortiment tarkibi bo‘yicha tovar aylanmasi strukturasida qanday 
o‘zgarishlar sodir bo‘lganligini o‘rganish va tegishli xulosalar chiqarish lozim. 
Toshkent 
viloyati 
«Agrokimyohimoya» AJning tovar aylanmasi 
struktarasidagi 
o‘zgarishlarni 
tahlil 
qilib 
o‘rganganimizda 
quyidagi 
ma’lummotlarga ega bo‘lindi (17.2-jadval). 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin