402
uchun foydasizligi bilan bog‘liq hisoblanadi.
Tovar aylanmasi rejasining bajarilishini tahlil qilish faqat bir yil uchun emas,
balki chorak, oy va o‘n kunliklar bo‘yicha ham amalga oshiriladi.
Bu albatta,
ta’minot tashkilotining qanchalik barqaror faoliyat yuritayotganligini aniqlashga
yordam beradi (17.4-jadval).
17.4-jadval
Toshkent viloyati «Agrokimyohimoya» AJning ish maromiyligi tahlili
Yil
choraklari
Tovar aylanma hajmi,
ming so‘m
Tovar aylanma hajmining salmog‘i, %
Reja
Haqiqatda
Reja
Haqiqatda
O‘zgarishi, %
I
442794
401771
20
17
-3
II
664191
886260
30
37,5
+7,5
III
664191
808269
30
34,2
+4,2
IV
442794
267060
20
11,3
-8,7
Jami:
2213970
2363360
100
100
-
Tovar aylanmasining barqarorligi bo‘yicha rejasining bajarilishida i-chi davr
uchun tovar aylanmasining haqiqiy ulushi qabul qilinadi.
Bunda olingan davr
rejadagidan oshmasligi lozim.
17.4-jadval ma’lumotlari asosida Toshkent viloyati «Agrokimyohimoya»
AJning ish maromiyligiga baho berish mumkin. Jadval ma’lumotlariga ko‘ra,
jamiyatning ish maromiyligi koeffitsiyenti quyidagicha bo‘lgan:
K
m
= 0,17 + 0,30 + 0,30 + 0,11 = 0,88
Yuqoridagi
hisob-kitobdan
ko‘rinadiki,
ta’minot
tashkiloti
ish
maromiyligining buzilishiga hisobot yilining birinchi choragida belgilangan
rejasining 3 foizga yoki 41023 (401771 - 442794) ming so‘mga va to‘rtinchi
choragida rejaning 8,7 foizga yoki 175734 (267060 - 442794) ming so‘mga
bajarilmaganligi sabab bo‘lgan. Buning natijasida ta’minot
tashkilotining ish
maromiyligi 0,12 (1-0,88) koeffitsiyentga bajarilmagan. Ya’ni, ishning maromiy
emasligi koeffitsiyenti 0,12 ga teng bo‘lgan. Bunday ko‘rsatkichni
ijobiy holat
sifatida baholab bo‘lmaydi. Shu sababli, Toshkent viloyati «Agrokimyohimoya»
AJ rahbariyati ish maromiyligini buzilishini oldini olish choralarini ko‘rishi lozim.
Chunki,
bunday
tartibda
ish
maromiyligining
buzilishi
shartnomaviy
403
majburiyatlarning o‘z
vaqtida bajarilmasligiga, iqtisodiy jarimalar qo‘llanilishiga
va mahsulot sotish hajmining o‘zgarishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Shundan so‘ng, tovar aylanmasi hajmining o‘zgarishiga omillar ta’siri tahlil
qilib o‘rganiladi. Ma’lumki, tovar aylanmasi (TA) hajmining o‘zgarishiga ta’sir
ko‘rsatuvchi asosiy omillar bu sotilgan tovarlarning fizik miqdori va bahosi
hisoblanadi. U mazkur omillarning ko‘paytmasi ko‘rinishida qo‘yidagicha
ifodalanadi:
TA=
q∙r, (17.1)
Bunda: q-sotilgan tovarlarning fizik miqdori; p-tovarlarning bahosi.
Tovar aylanmasi hajmining o‘zgarishiga mazkur omillarning ta’sirini
«Indeks» usuli yordamida quyidagicha hisob – kitob
qilish orqali aniqlashimiz
mumkin (17.5 - jadval).
Dostları ilə paylaş: