R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


-rasm. Moliyaviy tahlil usullari tasnifi



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/307
tarix26.09.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#148944
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

5.2-rasm. Moliyaviy tahlil usullari tasnifi 
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan usullarni moliyaviy tahlilda qo‘llash tartibini 
bilish tahlilda ulardan foydalanishni yanada osonlashtiradi. Shu bois, mazkur 
usullarni moliyaviy tahlilda qo‘llanilishiga kengroq to‘xtalib o‘tmoqchimiz. 
5.2. Oddiy-an’anaviy usullar 
5.2.1. Taqqoslash usuli va uni qo‘llashda amal qiladigan shartlar 
Umuman tahlilda qo‘llaniladigan oddiy-an’anaviy usullaridan eng ko‘p va 
avvaldan qo‘llanilib kelinayotgani bu taqqoslash usulidir. Bu usulni qo‘llash bilan 
tahlil boshlanadi va o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlarning farqi aniqlanadi. Qolgan 
barcha usullar taqqoslash natijasida aniqlangan ko‘rsatkichlar farqini aniqlashga 
qaratilgan bo‘ladi. Taqqoslash usulida xo‘jalik faoliyati bir qancha iqtisodiy 
ko‘rsatkichlar bilan o‘zaro taqqoslanadi. Jumladan, haqiqatdagi ko‘rsatkichlarni 
biznes-reja ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash natijasida biznes-rejaning bajarilish 
darajasi va sifati aniqlanadi, joriy yildagi amaldagi ko‘rsatkichlarni o‘tgan davr 
ko‘rsatkichi bilan taqqoslash natijasida ishlab chiqarishning o‘sish (pasayish) 
sur’atlari aniqlanadi, iqtisodiy ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan korxona bilan 
o‘rganilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning ko‘rsatkichlarini taqqoslash orqali 
ilg‘or ishlab chiqarish tajribalari o‘rganiladi, shuningdek, korxona ishining yakuni, 


87 
o‘tgan davr hisoboti, ayrim davrlarda qilingan ishlarning eng yaxshi natijalari 
taqqoslanadi. 
Moliyaviy tahlilda ko‘rsatkichlarni taqqoslab o‘rganishda quyidagi 
talablarga rioya qilish lozim: 
-
taqqoslab o‘rganilishi lozim bo‘lgan ko‘rsatkichlarning aniqlanish usuli aynan 
bir xil bo‘lishi kerak; 
-
bir xil bahoda hisoblangan ko‘rsatkichlargina taqqoslanishi lozim;
-
taqqoslab o‘rganiladigan davrlar bir xil bo‘lishi lozim; 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin