Mazkur majmua Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/34
tarix26.09.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#149145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Badiiy matn tahlili МАЖМУА

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1. Badiiy tahlilning shakl va mazmuniga ko‘ra turlari haqida ma’lumot. 
2. Asarning og‘zaki va yozma tahlili orasidagi tafovud qanday? 
3. Muammoli tahlilning ahamyati to‘g‘risida fikr yuriting? 
4. Sharq va G‘arb tahlil san’atlariaro farq hamda o‘xshashlik nimada? 
5. Filologik va didaktik tahlil mazmunini tushuntiring? 
 
3-MAVZU: LIRIK ASARLAR TAHLILI 


33 
 
Mashgʻulot rejasi: 
1.
Lirik asarlarning oʻziga xos xususiyatlari. 
2.
Lirik asarni tahlil qilish usullari. 
Adabiyotlar: 
 
1. Yo’ldoshev Q., Yo’ldosheva M. Badiiy tahlil asoslari. (O’quv qo’llanma) –T.,
Kamalak. 2016. 
2. Izzat Sulton Adabiyot nazariyasi. –T., O’qituvchi. 2005 yil. 
3. Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. – T.: “Oʻzbekiston”, 2000 yil. 
Badiiy tahlil muvaffaqiyatli chiqishi uchun tekshirilayotgan asarning qaysi 
adabiy turga mansubligini hisobga olish muhim.
Adabiy tur tushunchasining mohiyatida tahlilning kaliti yotadi. Negaki, 
adabiy tur va janr xususiyatlari badiiy asar tabiatini belgilaydi. Turli janrlardagi 
adabiy asarlar tekshirilganda, tahlil usullari mutlaqo o‘zgarib ketmaydi, albatta, 
lekin tahlilchining asarga yondashishi, munosabat tarzi o‘zgaradi. Har bir badiiy 
asar takrorlanmas va tamomila o‘ziga xos estetik hodisaligi, ayni vaqtda u o‘z 
turdoshlariga xos umumiy jihatlarga egaligi uchun ham tahlilda adabiy turga xos 
belgilarni hisobga olish zarurdir. Chunki lirik asarni tahlil qilgan usul bilan 
romanni o‘rganish mumkin emas. Shuningdek, hikoyani o‘rganishda qo‘l kelgan 
tahlil usuli dramani tekshirishda ish bermay qolishi mumkin va h.k. Har bir adabiy 
tur tabiatidagi o‘zigaxoslik bu turga mansub asarni tahlil etishda undagi asosiy 
jihatdan kelib chiqishni talab qiladi.Ma’lumki, bizdagi adabiy tur atamasi ruslarda
"rod" - jins so‘zi bilan beriladi. Lekin har ikki tilda ham bir tushuncha kuzda 
tutiladi. Badiiy asar qanday maqsadda (kuylash, ko‘rsatish yoki o‘qish uchun) 
yaratilishiga va nimani (tuyg‘u, voqea yoki harakat) ifodalashiga qarab turlarga 
bo‘linar ekan, tahlil jarayonida ham badiiy matnning maqsadi va ifoda imkoniyati 
hisobga olib ish ko‘rilsa, kutilgan samaraga erishish mumkin bo‘ladi. Asarning til 
ko‘rinishi va badiiy bilishning ob'ektga,sub'ektga yoxud badiiy ifoda aktining 
o‘ziga yo‘naltirilganligi uning turini tayin etadi. Chunonchi,so‘z yo moddiy 


34 
olamni tasvir etadi, yoki so‘zlovchining holatini aks ettiradi, yoxud so‘zlashish 
jarayonining o‘zini qayta tiklaydi. So‘zning shu uch holati uch adabiy turni keltirib 
chiqaradi. Ayrim mutaxassislar adabiy turlarning uchga bo‘linishi bilan 
tilshunoslik ilmidagi shaxs-son va zamon kategoriyalari orasida muayyan 
analogiya, aynanlik ko‘rishadi. Ya’ni lirika - "men" va"hozir", epos - "u" va 
"o‘tmish", drama - "sen" va "kelajak". Badiiy asarlarning turga xos xususiyatlari 
ularning san’atning boshqa turlaridan qay biriga yaqinligida ham aks etadi. 
Chunonchi, epik asarlar grafika va rang-tasvirga osonroq ko‘chadi. Lirik asarlar 
esa musiqaga tez muvofiqlashadilar. Dramatik asarlar teatrda namoyon bo‘lib, 
pantomimaga yaqinrok turadi. Eposda odam voqea-hodisa ichida ko‘milib, uning 
oqimida oqadi; dramada inson voqea ustidan hukmronlik qilib, uning fonida 
turlanib ko‘rinadi; lirikada inson o‘z xolicha qoladi (Jamol Kamol).Tahlil 
jarayonida ayni shu jihatlar hisobga olib ish ko‘rilishi joiz. Aks holda badiiy tahlil 
amalga oshmay qolishi mumkin. Epik asarlar tahlilida bu xil asarlarning ma’nosida 
ozdir-ko‘pdir tafsilot bo‘lishini ko‘zda tutish lozim. Demak, epik asar tahlilini 
amalga oshirishda badiiy timsol bilan tafsilotning qanchalik muvofiqligi yoki 
nomuvofiqligi yoxud aloqasiz tasviri bergan estetik natija qidirilishi lozim bo‘ladi. 
"Alpomish" dostoni tahlil etilayotganda Hakimbekka elchi sifatida berilgan biya, 
undan tug‘ilgan yargoq toychoq, Barchindan xabar kelgan kuni shu toyning sagrisi 
toshib, o‘zini qo‘yarga joy topolmay qolganligi, Alpomishning ot surab Qultoyga 
borishi,Ko‘ltoyning unga ot bermasligi va boz ustiga kaltaklashi, o‘z moliga egalik 
qilolmagan noshud yig‘itning quruq qaytishi va Kaldirg‘ochoyim iddaolari singari 
ko‘pgina tafsilotlarga e’tibor qaratilmasa, estetik tahlil yuzaga kelmaydi. Chunki 
timsolning asl mohiyati ayni shular zamiriga joylangan.Lirik turdagi asarlarning 
asosiy belgisi yashiringan sub'ektning ruhiy holati, sezimlari, hissiy olami, 
tuyg‘ular tizimi ekan, bu turdagi matnni tekshirishda ayni o‘sha jihatlarga e’tibor 
qaratish,emotsiyaning samimiyligi, ifodaning hissiyligi, yuqumliligi singari 
lirikaning saviyasini yuksaltiradigan omillarni topishga, ularning o‘z o‘rnida 
qo‘llanganligini o‘rganishga e’tibor qaratish joiz. Lirik asar tahlilida so‘zlarning 
ta’sirchanligi, ma’noning tig‘izligi, ifodaning serqatlamligiga alohida diqqat 


35 
qilinishi zarurdir.Dramatik asarni tahlil qilishda, garchi badiiy adabiyotning bu turi 
ham so‘z vositasida yaratilsada,sahnaga mo‘ljallanganligi, tomosha ko‘rsatish 
maqsadida dunyoga keltirilganligi, unda muallifning ishtirok etmasligi, 
timsollarning xatti-harakatlariga biror darajada ham munosabat bildirish imkoni 
yuqligi ko‘zda tutib tahlil qilish lozim bo‘ladi. 
Shundagina bu turdagi asarlarning 
hayotiy va badiiy mohiyati hamda estetik jozibasini bir darajada namoyon etish 
mumkin bo‘ladi.Dramatik asarlar tahlilida boyitish estetikasi yo‘riqlaridan 
foydalanish samara beradi. Negaki, bu tur chiqishda chuqur ildizga ega 
bo‘lmaganligi uchun ham uni tekshirish borasida ham ilmiy mustahkam tamoyillar 
ishlab chiqilmagan. Adabiy turlarga xos xususiyatlarni hisobga olishning uzi ham 
tahlilning to‘kisligi uchun yetarli emas. Negaki, adabiy turlar o‘z navbatida
janrlarga bo‘linadi va ular ham bir qator jiddiy o‘zigaxosliklarga egadir. Tahlilga 
tortilgan muayyan asarning janr jihatlari ham ko‘zda tutilgandagina samaraga 
erishish mumkin. Chunonchi, lirik turning g‘azal janrini tahlil qilish boshqa yu, 
tuyuq, muvashshax yoxud chistonni tadqiq etish boshqa. Shuning uchun ham 
adabiy janrlarga xos jihatlarni ham ko‘zda tutib ish ko‘rishgina tahlilchiga nisbatan 
to‘liq va samarali tahlil qilish imkonini beradi. Lirik asarlar asosan ruhiyat 
manzaralarini aks ettirgani va junbushga kelgan hissiyot ifodasi sifatida yuzaga 
kelgani uchun ham tahlil jarayonida sezimlar, tuyg‘ular tizimi tasviriga ustuvor 
ahamiyat berilishi lozim. Lirikada voqealar bayoni, xatti-harakatlar ko‘lami emas, 
balki kechinmalar zamzamasi qay tarzda berilishini tadqiq etish va bu borada asosli 
kuzatishlar qilish muhimdir. Lirikada so‘z ham kayfiyat ifodasini berish, ham holat 
tasvirini chizish, ham taaassurot mazarasini ko‘rsatish vositasi bo‘lganligi uchun 
lirik asarni tahlil qilishda badiiy so‘zdagi yetakchi ohangni ilib olish, asar 
musiqasini tayin etgan omillarni topishga alohida ahamiyat berish lozimdir. Lirik 
asarda kayfiyat qay darajada tasvir etilganligi uning estetik qiymatini tayin etuvchi 
asosiy omildir. Bu turdagi asarlar tekshirilganda nimani tasvirlash emas, balki 
qanday tavsirlanganligini aniqlash muhimroqdir.Milliy adabiyotimiz tarixida lirik 
turdagi asarlar salmoq jihatidan ham, sifat jihatidan ham katta o’rin tutadi. Lirik 
turdagi asarlar uchun asosiy narsa tuyg‘u va hissiyotga yo’g‘rilgan hayotiy hikmat


36 
ifodasini berishdir. Lirikada voqealar tasviri, xarakter mantig‘i emas, ruhiy holat 
tasviri, hissiyot ifodasi, tuyg‘ular samimiyati muhimdir. Chinakam lirik she’r 
tinglovchi yo o‘quvchiga faqat zavq beribgina qolmay, uning emotsional-axloqiy 
imkoniyatlarini uyg‘otadi, faoliyatga undaydi. Samimiy lirik so‘z xatto real 
voqelik hodisalariga qaraganda ham inson ruhiyatiga kuchliroq ta’sir ko‘rsatishi 
mumkinligi psixologiya ilmi xulosalaridan ma’lum. Shu boisdan ham lirik asar 
tahlili kishini nafaqat estetik-ma’naviy jihatdan, balki funksional-aqliy tomondan 
ham kamolotga yetkazishga xizmat qiladi. Inson nozik va ingichka tuyg‘ular bilan 
xayvonot dunyosidan farq qiladi. Lirik asarni tahlil qilishda undan mantiqiy xulosa 
chiqarishga shoshilmaslik,yaxshisi bunday xulosani umuman izlamaslik kerak. 
Lirik asar tahlili uchun muhimi she’rdagi tasvirga she’rxon hissiyot olamidagi 
reaksiya, munosabatdir. She’r chuqur tahlil tufayli o‘quvchilar tomonidan to‘liq 
qabul etilsa, yurakka yetib borgan, uni bezovta qilgan omillar nimalar ekanligi 
angalb yetilsa,shuning o‘zi umumlashma xulosadir. Lirik qahramon yoki shoir 
holatini bevosita his etishga odatlantirish yo‘li bilan she’rxonni o‘zgalarning 
ruhiyatni ilg‘aydigan, birovning qayg‘usiga dardkash, quvonchiga sherik bo‘la 
oladigan ma’naviyati yuksak, barkamol shaxs sifatida shakllantirish mumkin. 
She’rxonni lirik asarlardagi she’riy san’atlarni, nozik ishoralarni, ko‘zdan yashirib 
badiiy tasvir vositalarini payqashga o‘rgatish uni badiiy so‘z jozibasini tuyishga 
odatlantiradi. So‘z sexridan zavqlana bilish kishining hissiy sezimlari, nutq boyligi, 
fikrlash malakasini orttiradi. Lirik asar tahliliga she’rxonlarning qalb ko‘zini 
ochish, ularda atrofdagi go‘zaliklarga faol munosabat uygotish vositasi tarzida 
qarash tahlilning chuqurlashishiga olib keladi, uning ijtimoiy ahamiyatni 
oshiradi.Milliy lirikamizning yirik vakillaridan ayrimlari misolida lirik asarlar 
tahlili qanday amalga oshirilishini ko‘rish mumkin. Cho‘lpon she’riyatida ruhiyat 
manzaralari, inson hissiyotining zumlik to‘lg‘onishlari aks ettiriladi. Jumladan, 
"Go‘zal" she’rida shoir tabiatning juda dilbar manzarasini yaratgan. Lekin u 
tabiatdan nusxa ko‘chirmagan, o‘ziga chiroyli tuyulgan lavhasini shu xolicha 
tasvir etmagan. Cho‘lpon tabiatning tasviriga hamisha inson ruhini singdiradi, 
insoniy hissiyot tabiat go‘zalligiga jon bag‘ishlaydi. Uni dard bilan, odamiy ishq 


37 
bilan munavvar qiladi. Shoir izlayotgani go‘zalni, dastavval, "Qorong‘u kechada 
ko‘kka ko‘z tikib, eng yorug yulduzdan..."so raydi. Tahlilning ibtidosidanoq, 
she’rxon shoir hissiyoti olamiga yaqinlashtirilishi darkor. Nega lirik qahramon 
go‘zalni "korongu kechada" izlay boshladi? Nima sabab ma'shukasini "eng yorug‘ 
yulduzdan" so‘radi? Tahlilchi she’r matnidan shu savollarga javob topishga 
uringani sayin asarning joziba kuchini tuyib boraveradi. Ishqqa mubtalo bo‘lgan 
qalb egasiga uyqu begona.Xazrati Navoiy aytganlaridek. "Beishq o‘luska kom 
uyku, ishq ahligadir harom uyqu". Shu bois"Go‘zal"ning lirik qahramoni - 
bedorlik bandasi. Bedor odam, qalbiga ishq oshyon ko‘rganda dardmand o‘ziga 
dardkash izlashi tabiiy. Lekin ishqday maxram tuyg‘uni bo‘lak odam bilan 
o‘rtoqlashib bo‘lmaydi. Shuning uchun lirik qahramon uyqusiz tundagi 
hamrohlari: osmon jismlariga, eng yorug‘, eng yaqin yulduzga murojaat qiladi va 
bu holat - ishonarli. Endi yulduzning go‘zalni o‘ngida emas, "tushda ko‘r"gani 
sababi haqida o‘ylab ko‘rish kerak. O‘zbek go‘zali G‘arbning tun kezar 
sohibjamollaridan emaski, kechasi paydo bo‘ladigan mavjudotlarning ko‘zi tushsa. 
Yulduz malakning ta’rifini eshitishi, eshitganlari tufayli tushlaridagina ko‘rishi 
mumkin. Shu vaqtdan "eng yorug‘ yulduz" malakni faqat tushida ko‘rgani tabiiy 
xol! Yulduzning e'tirofi bejiz emas: "Tushimda ko‘ramen: shunchalar go‘zal, 
Bizdan-da go‘zaldir. Oydan-da go‘zal!She’rdagi har bir so‘zga e’tibor berish joiz: 
lirik qahramon ma'shuqasini bitta" eng yorug‘ yulduzdan so‘ragan edi. Lekin u 
yulduzdan: "Bizdan-da go‘zaldir..." degan javobni eshitadi. Nima uchun? Negaki, 
bitta yulduz qanchalar porloq bo‘lmasin osmon ko‘rki bo‘la olmaydi. Ko‘kning 
bezagi - osmon to‘la sanoqsiz yulduzlardir. Ularning go‘zalligi: ko‘pligi va 
tartibsiz tartibida! Buni"eng yorug‘ yulduz" yaxshi biladi. Shoir she’rdagi juda 
mayda detallargacha g‘oyat katta e’tibor bilan ishlagan.Yulduzdan qonikarli javob 
ololmagan lirik qahramon nigohini "oy chiqqan yoqqa" olishga va ma'shuqasini 
suroqlashga majbur. Oy unga: "...bir qizil yanoqqa, Uchradim tushimda ko‘milgan 
oqqa",-deb oson izohlash mumkin: go‘zalni ko‘rmoq uchun nazar tashlagan oydan 
mayin, sutday nimtatir oq nur taraladi. Taraladi-yu, yerdagi malakka ham tushib 
uni oq og‘ushiga oladi. Bundan tashqari, Sharq estetikasida oq-ezgulikni 


38 
ifodalovchi rang. Go‘zal, garchi uni oy ungida ko‘rmagan bo‘lsa-da, albatta, oq 
kiyingan bo‘lishi kerak. Oq yuzli malakning oppoq libosi oyning oydin nuri bilan 
ko‘shilib tengsiz malikani tamomila oqqa chulg‘aydi. Bu juda tabiiy. She’rda "qizil 
yanoq"sifatlashi ham ishlatilgan. Sharq odami uchun qizil yanoq - sog‘lomlik ham 
go‘zallik belgisi.Shuning uchun ham oyning tushida namoyon bo‘lgan malak qizil 
yanoqli. Buning ustiga,go‘zalning qizil yanog‘i tasviri she’rning keyingi bandida 
quyoshning yondiruvchi qizilligini asoslovchi mantiqiy-hissiy vosita. 
Sirli go‘zalni suroqlab tong ottirgan oshiq yorini "erta tong shamolidan" 
surishtirmay iloji yo‘q.Tong nasimi tengsiz malakni tushida emas, o‘ngida ko‘rgan. 
Lekin bu baxtiyor visol unga "bir"martagina nasib etgan. Uning sarosar kezmog‘i, 
xuriliqoga telbavor oshiq bo‘lmogi uchun o‘sha birgina yo‘liqish kifoya: "...bir 
ko‘rib, yo‘limdan ozib, Tog‘u toshlar ichra istab yuramen!" Sirli go‘zalning tong 
shamoliga o‘ngida yo‘liqish sababini endi ancha oson izohlasa bo‘ladi: o‘zbekning 
dilbar qizlari saharxez bo‘lishadi. Nechoglik ehtiyot bo‘lmasin, sirli malak biror 
marta tong nasimining nigohidan quto‘lolmay qolgan bo‘lishi mumkin.Nixoyat 
ishq otashida kuyib qorong‘u kechadan kunduzga qadar bedor yurgan oshiq olamni 
munavvar etgan kun - quyoshga murojaat aylaydi: "O‘l-da o‘z o‘tidan bekinib, 
qochi, Aytadir: bir ko‘rdim tushdamas, o‘ngda. Men ungda ko‘rganda shunchalar 
go‘zal, Oydan-da go‘zaldir, kundan-dago‘zal!" Astoydil izlagan topadi 
deganlaridek, kun ham ul malakni birgina bor ko‘rishga muyassar bo‘lgan. Lekin 
o‘sha birgina uchrashuv uning oshiq bo‘lishi, o‘zini unutar darajaga kelishi uchun 
yetarli. Mazkur bandda: "O‘l-da o‘z utidan bekinib, qochib..." misrasiga 
yashiringan ma’no e’tibordan aslo chetda qolmasligi kerak. She’riy organizmdagi 
eng kichik o‘zgachaliklarni payqay olish uni tushunish sari olib boradigan eng 
to‘g‘ri yo‘ldir. Quyoshga tik qarab, uni ko‘rib bo‘lmasligi hammaga ma’lum. Buni 
shoirona iste’dodgina: "... o‘z utidan bekinib, qochib" tarzida ifoda qilaolishi 
mumkin. Kun falakda suzib yuribdi. Unga tik qarashingiz bilan ko‘rinmay qoladi. 
Chunki ko‘zingizni oladi. Shu bois quyosh o‘z utidan bekinib, ko‘chibgina 
muloqotga kirishadi.Yulduz, oy, shamol, kun timsollari yordamida lirik qahramon 
kalbidagi ishq o‘ti alangasi nechog‘lik balandligi, xijron azobining qanchalar 


39 
og‘irligi ochiladi. Charx urib, faryod chekib olamdagi eng muqaddas narsasini - 
dardini, ishqini izlayotgan oshiq nolasi o‘quvchi qalbida ham aks-sado beradi. 
She’rning so‘nggi bandi to‘lig‘icha lirik qahramon ruhiy holatining, kechinma-yu 
kayfiyatining ifodasidan iborat. Xajr yo‘lida o‘rtanayotgan oshiq go‘zaldan yuz
o‘girmaydi. Chunki asl tuyg‘u minnatdan yiroq bo‘ladi. U visol ta’masini ham 
xayol etmaydi. Oshiq ishqning o‘zidan masrur, dard chekish baxtidan mag‘rur. Shu 
bois, "boshini zo‘r ishga berib" qo‘yganidan pushaymon emas. Mislsiz muhabbati 
va o‘rtanishlari evaziga hech narsa kutmaydigan chin oshiq ruhiy dunyosining 
nurli to‘lg‘anishlari aks etgan "Go‘zal" she’rini shu tariqa tahlil qilish uning 
jozibasini to‘laroq, ta’sirliroq anglash imkonini beradi.Shoira Zulfiyaning 
"Oydin"da deb ataluvchi nozik ishoralarga, ingichka ifodalarga boy ichki bir she’ri 
bor. Bu she’r sof tabiat lirikasining namunasidir. She’rdagi oxir ko‘klam 
yomg‘iridan keyingi tunlarning birida sanoqsiz yulduzlar charaqlagan osmon, 
olamni oqlikka o‘ragan oy, xayol kabi to’zg’igan bulutlar go‘zalligidan hayajonga 
tushgan shaxs kechinmalari, hayratlari aks ettirilgan. Bu she’rda bo‘rtib turgani 
ijtimoiy ma’no ham, dardkash qalb iztiroblari ham yo‘q. Unda beqiyos ilohiy 
go‘zallik va shu go‘zallikdan hayratlanayotgan masrur qalb entikishlarigina bor 
xolos. 
Jilib-jilmas to‘lin oy, 
Bulut xayolday yengil, 
Oy anhorda qulun toy, 
Gilosda shig‘il-shig‘il.. 
Anxor tinimsiz o‘ynoqlab oqadi, suvi tip-tiniq, shu bois unda aks etayotgan 
oy ko‘lunday yuguruk. Yomg‘ir tufayli toza chayilgan gilos mevalarining har 
birida bittadan to‘lin oy jilva qiladi, shu bois "gilosda shig‘il-shig‘il". Xovuz tiniq 
suvga to‘la, ammo u oqmaydi, shu bois ko‘kdagi oy bir xovuz "yaxlit oynaday 
bo‘lib" yoyilgan, xovuzdagi oyni yaxshiroq ko’rmoq ilinjida egilgan lirik 
qahramon boshqa bir oyga - o‘ziga "ro‘baro‘" keladi. Chunki u ham - oyday 
go‘zal.Shoira shoxona kiyingan malika yanglig "ming-ming yulduzni sidirg‘asiga 
chayqab" yerga sudrab bormoqda: tinik osmonning xovuzdagi aksida sanoqsiz 


40 
yulduzlar lirik qahramonning kiyimlariga tikilgan bezaklar kabi tuyuladi. 
She’rxonlar moviy ko‘kni kiyim qilib, undagi yulduzlardan bezak taqib ketayotgan 
sohibjamolni ko‘z oldilariga aniq keltirishlari mumkin.Tahlilda she’rdagi go‘zal 
o‘xshatishlar, kutilmagan obrazli ifodalarni ko‘rishga, tushunishga e’tibor qilinsa, 
she’rxon oldida go‘zallikning xadsiz dunyosi ochiladi. Tahlil "Sel unutgan 
ko‘lmaklar, misli oyning singani" misralaridagi chiroyli o‘xshatishni payqashdan 
tashqari "Sel unutgan ko‘lmak", "singan oy" tarzidagi obrazli ifodalar haqida o‘yga 
to‘ldirishi, bu tasvirlarning tagiga yetishga undashi kerak. Tahlil shu tarzda 
samimiy tuyg‘ular ifodasidan hayratga tusha oladigan,chinakam she’riy satrlar 
bag‘ridagi sehrni his qilishga qodir kishilarning ma’naviy olamini shakllantirishga 
xizmat qiladi. 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin