1-seminar. Tushunchalarni shakllantiruvchi mantiqiy usullar
1.
Mantiq ilmining predmeti va asosiy qonunlari
2.
Tushuncha, uning mazmuni va hajmi
3.
Tushunchalarni shakllantiruvchi mantiqiy usullar: taqqoslash, analiz va
sintez, abstraksiyalash va umumlashtirish.
4.
Tushunchaning ta‟riflanishi va bo„linishi
Tayanch tushunchalar:
Mantiq, logika, formal logika, tafakkur shakllari,
mantiqiy qonunlar, tushuncha, tushunchaning mazmuni, tushunchaning
hajmi, “teskari nisbat” qonuni, tushunchaning turlari, mantiqiy amallar.
Amaliy topshiriqlar
1-topshiriq. Quyidagi mantiqiy masalalarni yeching va ularni tahlil
qiling:
1. Sud oldida uch kishi o„tiribdi. Ulardan har biri yo jinoyatchi, yo
jinoyatchi emas. Sudya jinoyatchilar har doim yolg„on gapirishini, jinoyat
qilmagan kishi esa doim savollarga to„g„ri javob berishini bilar edi. Lekin
bu uch kishining qaysi biri jinoyatchi, qaysi biri jinoyatchi emasligini
bilmas edi.
Sudya birinchi kishini so„roq qilib ko„rdi. Uning javobini
eshitmadimi yoki tushunmadimi, har holda oldin ikkinchi kishidan, keyin
esa uchinchi kishidan “Birinchi so„roq qilingan o„zini jinoyatchiman deb
tan oldimi?” deb so„radi. Ikkinchi kishi “Jinoyatchiman deb tan oldi” –
dedi. Uchinchi kishi esa “Jinoyatchiman deb tan olmadi” – dedi. Ikkinchi
va uchinchi sudlanuvchilardan qaysi biri jinoyatchi emas?
2. A.. B., D., E., F., G. ismli kishilar bir-birlari bilan bog„liq holda
ishlaydilar. Agar A. rejasini bajarsa, B. ham bajaradi. B. bajarsa D., D.
bajarsa E., E. bajarsa G. rejasini bajaradi. B. rejasini bajarmadi. Ulardan
qaysi birlari rejasini bajargan bo„lishi mumkin?
2-topshiriq.
Jadvalni to‘ldiring
№
Mantiqiy
qonunlarning
Dostları ilə paylaş: |