O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vfzirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


 Tushunchalar bilan olib boriladigan mantiqiy amallar



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/59
tarix26.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#149154
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59
Mamadiyeva N.X. Falsafa (Mantiq qismidan)

4. Tushunchalar bilan olib boriladigan mantiqiy amallar 
Tushunchalarni chegaralash va umumlashtirish
tushunchalar ustida 
olib boriladigani amallar hisoblanadi. Ular tushunchaning mazmuni va 
hajmi o„rtasidagi teskari miqdoriy nisbat qonuniga muvofiq holda amalga 
oshiriladi. 
Tushunchani chegaralash hajmi keng tushunchadan hajmiga tor 
tushunchaga fikran o„tishdan iborat. Masalan, “harakat” tushunchasidan 
“mexanik harakat” tushunchasiga o„tsak, uning hajmini chegaralagan 
bo„lamiz.
Tushunchalarni bo„lish
. Tushunchaning hajmini unda aks etgan 
predmetlarni ayrim guruhlarga (ayrim predmetlarga) ajratish yo„li bilan 
aniqlashga tushunchani bo„lish deyiladi. Bo„lish amalini bo„linuvchi 
tushuncha (hajmi aniqlanishi lozim bo„lgan tushuncha), bo„lish asosi 
(predmetning tushunchada fikr qilanadigan birorta umumiy belgisi) va 
bo„lish a‟zolari (bo„lish natijasida hosil qilinadigan tur tushunchalar) 
tashkil etadi. Masalan “Inson” tushunchasini (bo„linuvchi tushuncha) 
ijtimoiy kelib chiqishiga ko„ra (bo„lish asosi) “ishchi”, “dehqon”, “ziyoli” 
(bo„lish a‟zolari) tushunchalariga ajratish yo„li bilan uning hajmi 
aniqlanadi. Bo„linuvchi tushuncha jins tushuncha, bo„lish a‟zolari tur 
tushunchalar bo„lib, ular o„zaro birga bo„ysunish munosabatidadirlar. 
Tushunchalarni bo„lish amalini predmetlarni qismlarga ajratishdan farq 
qilish lozim. Masalan, avtomobilni kuzov, shassi, dvigatel va shu kabilarga 
ajratsak, uni qismlarga bo„lgan bo„lamiz. Predmetning qismi predmetning 
umumiy belgilariga ega bo„lmasligi mumkin. Shuning uchun ham “Kuzov 
avtomashinadir”, degan hukm hosil qilsak, u xato bo„ladi. Agar 
“avtomobil” tushunchasini “yengil avtomobil”, “yuk tashuvchi avtomobil” 
tushunchalariga ajratsak, uni bo„lgan bo„lamiz. 
Bo„lishning ikkita turi mavjud: asos bo„lgan belgining o„zgarishiga 
qarab bo„lish va dixotomik bo„lish. Birinchi turida predmetning birorta 
umumiy belgisi bo„lish uchun asos qilib olinib, uning o„zgarishiga 
muvofiq holda predmetlarning ayrim guruhlari aniqlanadi. Masalan: 
burchakning o„zgarishiga qarab “uchburchak” tushunchasi uchta tur 
tushunchaga: “to„g„ri burchakli uchburchak”, “o„tmas burchakli 
uchburchak”, “o„tkir burchakli uchburchak”larga ajratiladi. Bo„lish asosi 
qilib bo„linuvchi tushunchaning mazmunida fikr qilinadigan har qanday 
umumiy belgini olish mumkin. Masalan “uchburchak” tushunchasini 
tomonlariga qarab “teng tomonli uchburchak”, “teng yonli uchburchak”, 
“turli tomonli uchburchak” tushunchalariga ajratish mumkin. 


17 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin