individual, yakkalik
belgilarini
tashkil qilsa, boshqalari predmetning ma‟lum bir guruhiga tegishli bo„lib,
umumiy belgilar
hisoblanadi. Masalan, har bir kishi faqat o„zigagina xos
bo„lgan ruhiy kechinmalar va shu kabi individual belgilarga ega. Shuning
bilan birga kishilarning ma‟lum bir guruhiga (mehnat jamoasi, millat va
shu kabilarga tegishli) yoki barcha kishilarga (mehnat qilish, fikr yuritish
qobiliyatlari, ijtimoiy munosabatlarda ishtirok qilishi va shu kabilar) xos
bo„lgan umumiy belgilarga ega.
Individual va umumiy belgilarning ba‟zilari predmetning mavjud bo„lishi
uchun zarur bo„lib, uning tabiatini, mohiyatini ifodalaydi. Bunday belgilar
predmetning
muhim belgilari
deyiladi. Masalan, davlatning mavjud
13
bo„lishi uning o„z maydoni, aholisi, hokimiyat organlariga ega bo„lishini
taqozo etadi.
Nomuhim belgilar
predmetning mohiyatini tashkil qilmaydi. Ularning
yo„qolishi bilan predmetning tabiati o„zgarmaydi. Masalan, qaysi irqqa,
millatga, jinsga taalluqli bo„lishi individning inson sifatida mavjud bo„lishi
uchun muhim emas.
Shuni ham aytish lozimki, predmet belgisining muhim yoki nomuhim
bo„lishi, bizning predmetga amalda qanday munosabatda bo„lishimizga
qarab ham belgilanadi. Xususan, bir munosabatda muhim bo„lmagan
belgilar boshqa munosabatda muhim bo„lishi mumkin. Masalan, kishining
layoqati uning qanday kasbni tanlashi uchun muhim bo„lsa, inson sifatida
mavjud bo„lishi uchun muhim emas.
Predmet to„xtovsiz harakatda, taraqqiyotda bo„lganligi uchun, vaqt
o„tishi bilan uning muhim bo„lgan belgisi nomuhim bo„lgan belgiga yoki,
aksincha, nomuhim belgisi muhim belgiga aylanishi mumkin.
Demak, tushunchada predmet o„zining muhim belgilari orqali fikr qilinib,
bu belgilar predmetning umumiy va individual belgilari bo„lishi mumkin.
Masalan, “Abdulla Qodiriy” tushunchasida predmetning umumiy belgilari
(inson, yozuvchi) bilan bir qatorda, individual muhim belgilari (xususan,
“O„tgan kunlar” romanining muallifi) ham fikr qilinadi.
Tushunchaning hissiy bilish shakllaridan tubdan farq qilishiga alohida
e‟tibor berish zarur. Sezgi, idrok va tasavvur predmetning yaqqol
obrazlaridir. Biz faqat birorta konkret predmetni, masalan, o„zimiz yozib
o„tirgan qalamni idrok qilishimiz yoki u to„g„risida tasavvurga ega
bo„lishimiz mumkin, “umuman qalam”ni idrok qilib bo„lmaydi. Chunki
tushuncha predmetning yaqqol obrazi emas, balki abstrakt obrazidir.
Qalam tushunchasi o„zida konkret qalamlarning barchasini qamrab olgani
holda, ularning har biriga xos bo„lgan individual belgilarni tashlab
yuborib, umumiy, muhim belgilarini ifoda qiladi.
Tushuncha predmetning nomuhim belgilaridan chetlashar ekan, demak
uni to„laligicha aks ettira olmaydi. Bu ma‟noda u hissiy bilish shakllariga
nisbatan borliqdan uzoqroqda turadi. Lekin, tushuncha predmetning
muhim belgilarini in‟ikos qilishi, mohiyatini aks ettirishi bilan hissiy bilish
shakllariga nisbatan borliqni chuqurroq, to„laroq ifoda etadi.
Tushuncha, hissiy bilish shakllaridan farqli o„laroq, inson miyasida
to„g„ridan-to„g„ri aks etmaydi. U ma‟lum bir mantiqiy usullardan
foydalanilgan holda hosil qilinadi. Bu usullar taqqoslash, analiz, sintez,
abstraksiyalash, umumlashtirishlardan iborat.
|