I. Tezisni rad etish Tezisni rad etishning quyidagi usullari mavjud:
1.
Faktlar orqali rad etish. Bu eng ishonchli va samarali usuldir. Bunda
bo„lib o„tgan voqealarga, statistik ma‟lumotlarga asoslanib tezis rad etiladi.
Masalan: “Ekologik muammolar inson omiligiga bog„liq emas” degan
tezisni rad etish, ya‟ni uning noto„g„ri ekanligini isbotlash uchun bir qator
faktlarga asoslanamiz. Orol suvining rejasiz ishlatilishi, turli qurollar,
raketalar sinovi tufayli ozon qatlamining yemirilishi, tabiiy zaxiralar va
ichimlik suvidan ko„r-ko„rona foydalanish, o„rmonlarning yo„qolib ketishi,
okeanlarning ifloslanishi kabi dalillarni keltirib, tezisni rad etamiz.
2.
Tezisdan kelib chiqadigan natijalarning xatoligini ko„rsatish orqali
rad etish. Bunda tezisdan kelib chiqadigan natijalarning to„g„ri emasligi
asoslab beriladi. Rad etilayotgan tezis vaqtincha to„g„ri deb tan olinadi,
undan kelib chiqadigan natijalar aniqlanib, bu natijalarning haqiqatga zid,
noto„g„ri ekanligi isbotlanadi.
3.
Tezisni antitezisni isbotlash orqali rad etish. Rad etilayotgan tezisga
zid bo„lgan yangi tezis (antitezis) olinadi va isbotlanadi. Uchinchisi istisno
qonuniga muvofiq, antitezisning chinligidan tezisning xatoligi keltirib
chiqariladi.
II. Argumentlarni rad etish. Tezisni isbotlash uchun keltirilgan argumentlarning xatoligi yoki
yetarli emasligi aniqlanadi.
Raddiyada tezisning xatoligini isbotlash bilan argumentlarning
xatoligini isbotlash o„rtasida farq bor. Chunki, argumentlarning xatoligidan
tezisning noto„g„riligi hamma vaqt ham kelib chiqavermaydi, bunda
asoslar noto„g„ri, lekin tezis to„g„ri, haqiqiy bo„lishi mumkin.
Argumentlarni rad etish orqali tezisning isbotlanmaganligi asoslab
beriladi.
III.