O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vfzirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/59
tarix26.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#149154
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   59
Mamadiyeva N.X. Falsafa (Mantiq qismidan)

Mantiqiy 
isbotlash
deb, biror fikr, hukmning chinligini, chinligi avvaldan 
tasdiqlangan boshqa hukmlar orqali asoslashga aytiladi. Isbotlashdan 
maqsad – biror fikrning chinligini aniqlash bo„lsa, dalillashdan maqsad 
ham fikrning chinligini aniqlash, uning ahamiyatini va muayyan faoliyat 
uchun qo„llash mumkinligini asoslashdir. Dalillash uchun keltirilgan 
argumentlar (asoslar) isbotlash uchun keltirilgan argumentlarga nisbatan 
rang-barang bo„ladi. Dalillash shakllari bilan isbotlash shakllari bir-biriga 
aynan mos tushmaydi. 
Isbotlash xulosa chiqarish ko„rinishida amalga oshadi. Dalillash 
ko„proq suhbat (dialog) ko„rinishida bo„lib, uning ishtirokchilaridan har 
biri o„z fikrining chinligini isbotlashga, raqibining fikrini rad etishga va 
tinglovchilarning o„zini ham fikrlashga, o„z fikrlariga ishontirishga harakat 
qiladi. 
Dalilillash jarayonida retsipientlarga (lot - qabul qiluvchi) – 
tinglovchilarga biror fikrning to„g„ri yoki xatoligi asoslab beriladi va ularda 
shu fikrga nisbatan ishonch tuyg„usi shakllantiriladi. Dalillovchi shaxsning 
so„z san‟atini qay darajada egallaganligi, ya‟ni notiqlik mahorati 
tinglovchilarda ishonch-e‟tiqodning shakllanishida muhim rol o„ynaydi. 


57 
Fikrning chinligini tasdiqlash uchun uni hodisaning o„zi bilan 
solishtirish mumkin. Lekin ko„p hollarda bilish jarayonida natijalarning 
chinligi ularni ilgari vujudga kelgan bilimlar bilan bog„lash orqali 
aniqlanadi. Buni amalga oshirishning mantiqiy usuli isbotlashdir. 
Isbotlash tarkibi uch elementdan tashkil topadi: tezis (isbotlanishi 
shart bo„lgan hukm), argumentlar (isbotlash jarayonida keltirilgan asoslar), 
demonstratsiya (isbotlash usuli). 
Tezis
– to„g„riligi asoslanishi lozim bo„lgan hukm, u isbotlashning 
markaziy figurasi hisoblanadi, butun diqqat-e‟tibor uning chinligini 
ko„rsatishga qaratiladi. Tezis bir hukmning o„zidan yoki hukmlar 
tizimidan, yoki teoremalardan, yoki aniq faktlarni umumlashtirish 
natijalaridan yoki hodisalarning sababini ko„rsatuvchi hukmlardan va shu 
kabilardan iborat bo„ladi. 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin