1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


-rasm.  Baliq terisining tuzilishi:  1 – epiteliy; 2 – suyak tangacha. 64-rasm



Yüklə 3,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/179
tarix26.09.2023
ölçüsü3,02 Kb.
#149187
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   179
11sinif biologiya

63-rasm. 
Baliq terisining tuzilishi: 
1 – epiteliy; 2 – suyak tangacha.
64-rasm.
Sudralib yuruvchilar terisining 
tuzilishi: 1 – muguz tangacha.
1
2
3
4
5
О
2
СО
2
1
65-rasm.
Baqa terisining tuzilishi: 1 – shi-
limshiq bezi; 2 – zahar bezi; 3 – kapillar 
qon tomirlar; 4 – epidermis; 5 – derma.
66-rasm. 
Qush terisining tuzilishi: 
1 – pat. 
1
2
3
8
5
5
7
6
4
67-rasm. 
Sutemizuvchilar terisining 
tuzilishi: 
1 – epidermis; 
2 – derma; 
3 – gipoderma; 
4 – soch; 
5 – kapillarlar; 
6 – retseptorlar
7 – soch xaltasi; 
8 – yog‘ bezi.
Sudralib yuruvchilar evolutsiya jarayonida yuz bergan aromorfozlar 
natijasida quruqlikda yashashga to‘liq moslashganligi sababli, ularning terisi 
quruq bo‘lib, nafas olishda ishtirok etmaydi. Epidermisning tashqi qavati shox 


211
(muguz) moddadan iborat tangachalar (epidermis hosilasi) bilan qoplangan. 
Ko‘pchilik sudralib yuruvchilar o‘sishi va tana hajmining kattalashishi 
natijasida tullaydi. Sudralib yuruvchilar terisida bezlar bo‘lmaydi. Ularning 
tana qoplami organizmni yaxlitligini ta’minlab, mexanik ta’sirlar, kasallik 
keltirib chiqaradigan mikroblardan himoya qilish vazifasini bajaradi (65-rasm).
Qushlarning terisi sudralib yuruvchilarnikiga o‘xshash quruq, bezlari 
bo‘lmaydi. Ko‘pchilik qushlarda dumg‘aza bezlari bo‘lib, qushlar bu 
bezdan ajraladigan yog‘simon modda bilan patlarini yog‘laydi. Qushlarning 
tanasini qoplab turuvchi pat va parlar epidermis hosilasi bo‘lib, ularning 
kelib chiqishi sudralib yuruvchilarning tangachalariga o‘xshash, tarkibi shox 
moddadan tuzilgan (66-rasm).
Sutemizuvchilarning tana qoplami bajaradigan vazifasiga bog‘liq holda 
nisbatan murakkab tuzilgan. Terisi jun bilan qoplangan va unda har xil 
vazifani bajaruvchi (yog‘, sut, ter, hid) bezlar bor. Sutemizuvchilarning 
ter bezlari ixtisoslashib, sut bezlariga aylangan. Teridagi yog‘ bezlari 
faqat sutemizuvchilarga xos. Yog‘ bezlari ajratadigan yog‘ teri yuzasi, jun 
qoplamini yog‘lab, namlanishning oldini oladi va uning elastikligini ta’min-
laydi, qurub qolishdan himoya qiladi. Sutemizuvchilarga xos belgilardan biri 
epidermis hosilalari: jun, tirnoq, tuyoq, shoxlarning paydo bo‘lishi sanaladi. 
Jun qoplami ixtisoslashgan bo‘lib, mayda jun (tivit)lar termoregulatsiya, 
qillar esa sezuvchi nerv tolalari bilan birlashib tuyg‘u vazifasini bajaradi 
(67-rasm).
Odamning embrional rivojlanishining muayyan bosqichida homila tanasida 
jun qoplami paydo bo‘ladi va embriogenezning yakunida yo‘qolib ketadi.

Yüklə 3,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin