1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi



Yüklə 3,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/179
tarix26.09.2023
ölçüsü3,02 Kb.
#149187
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179
11sinif biologiya



BIOLOGIYA
О‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinfi va o‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari uchun darslik
1-nashr
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
vazirligi tasdiqlagan
«SHARQ» NASHRIYOT-MATBAA
AKSIYADORLIK KOMPANIYASI
BOSH TAHRIRIYATI
TOSHKENT – 2018


© 
A. G‘аfurоv, A. Abdukаrimоv, J. Тоlipоvа, О. Ishаnkulоv,
М. Umаrаliyevа, I. Abdurахmonоvа.
©
«Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi 
Bosh tahririyati, 2018.
Biologiya:
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinfi 
uchun darslik: 1-nashr / Mualliflar: A. G‘аfurоv, A. Abdukаrimоv, 
J. Тоlipоvа, О. Ishаnkulоv, М. Umаrаliyevа, I. Abdurахmo nоvа. – 
T.: «Sharq», 2018. – 240 b.
ISBN 978-9943-26-806-7
UO‘K 57(075.3)=512.133
KBK
 28.0ya721
UO‘K 57(075.3)=512.133
KBK 28.0ya721
B – 70
B – 70
ISBN 978-9943-26-806-7
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari 
hisobidan chop etildi.
T a q r i z c h i l a r: 
Q. Saparov
– biоlоgiya fаnlаri doktori, professor;
M. Ergаshеvа
– A. Avlоniy nоmidаgi ХТХQТМОМI dоtsеnti,
biоlоgiya fаnlаri nоmzоdi;
B. Rахimоvа
– Тоshkеnt shаhаr Yunusоbоd tumаnidаgi 105-sоnli
umumtа’lim mаktаbi biоlоgiya fаni o‘qituvchisi.
М u а l l i f l а r:
A. G‘аfurоv, A. Abdukаrimоv, J. Тоlipоvа, О. Ishаnkulоv,
М. Umаrаliyevа, I. Abdurахmonоvа.


3
SO‘ZBOSHI
Hozirgi paytda insoniyat oldida turgan muhim vazifalardan biri tabiatdagi
biolo gik xilma-xillikni asrash, ekologik barqarorlikni ta’minlash, global iqlim 
o‘zgarishlarining salbiy ta’sirini yumshatish sanaladi. Inson salomatligiga tahdid 
sola yotgan allergik, yuqumli va epidemiologik kasalliklarning oldini olish, qishloq 
xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, ekologik toza mahsulotlar 
ishlab chiqarishni kengaytirish, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada 
yaxshilash, suv va boshqa resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni 
joriy etish zarur. Kasallik va zararkunandalarga chidamli qishloq xo‘jaligi 
ekinlarining yangi navlarini hamda yuqori mahsuldorlikka ega hayvon zotlarini 
yaratish lozim. Ushbu vazifalarni bajarish bugungi kunda o‘rta maktabda tahsil 
olayotgan, kelgusida yetuk mutaxassis bo‘lishga bel bog‘lagan yoshlar zimmasiga 
yuklanadi. Mazkur muammolarni muvaffaqiyatli hal etishda tibbiyot, tabiatni 
muhofaza qilish va tabiiy boyliklardan oqilona foydalanishning nazariy asoslari 
bo‘lgan biologiya fanining qonuniyatlari, fan yangiliklari va qo‘lga kiritilgan 
yutuqlarni o‘rganish va amaliyotda qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi.
Har bir shaxs tabiat va uning tarkibiy qismlari, atrof-muhitga ehtiyotkorlik 
bilan oqilona munosabatda bo‘lishi, tabiiy boyliklarni asrash, ko‘paytirish, tirik 
organizmlarning 
Y
er yuzida tarqalishi, rivojlanishi, ularning yashash muhitiga 
moslanishi, muhit va boshqa tirik organizmlar bilan o‘zaro munosabatlari, 
sayyoramizdagi hayotga tahdid soluvchi omillar va ularni bartaraf etish 
tadbirlariga doir biologik qonuniyat va nazariyalarni o‘rganishi lozim. Mazkur 
bilimlar ekologik madaniyatni tarkib toptirishning asosi sanaladi. 
Ushbu darslik o‘rta ta’lim maktablarining davlat ta’lim standartlari talablari 
asosida tayyorlangan. Darslik mazmuni 10-sinfda o‘qitilgan biologiya o‘quv 
fanining mantiqiy davomi bo‘lib, 11-sinfda hayotning biogeotsenotik va biosfera 
darajasidagi umumbiologik qonunlar, organik olam filogenezini o‘rganishga 
bag‘ishlangan. Mavzu mazmunini diqqat bilan o‘qib chiqib, unda foydalanilgan 
shartli belgilar asosida berilgan topshiriqlarni bekam-u ko‘st bajarishingiz 
kelgusida shaxs sifatida shakllanish, ilmiy dunyoqarashni kengaytirish va 
ekologik tafakkurga ega bo‘lishingizga zamin tayyorlaydi.
Mustaqil O‘zbekistonning komillikka intiluvchi farzandi sifatida fan 
asos larini chuqur o‘zlashtirib, kelgusida biologiyadan egallagan kompeten-
siyalaringizga asoslangan holda kasb tanlab, mustaqil hayotda o‘z o‘rningizni 
topishingizga ishonamiz.


4

Yüklə 3,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin