1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling



Yüklə 3,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/179
tarix26.09.2023
ölçüsü3,02 Kb.
#149187
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   179
11sinif biologiya

Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling: 
ekologiya, autekologiya, 
sinekologiya, populatsiyalar ekologiyasi, jamiyat ekologiyasi, ekotizimlar eko-
logiyasi, umumiy ekologiya, landshaft ekologiyasi, sanoat ekologiyasi, ijtimoiy 
ekologiya, matematik ekologiya.
Bilimlaringizni qo‘llang.
1. Zamonaviy ekologiyaning qanday bo‘limlari mavjud? 
2. Ekologiyaning fan sifatida shakllanishi qaysi olimlarning tadqiqotlari bilan 
bog‘liq?
3. Nima uchun ekologiya tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va uni mu-
hofaza qilish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi?
4. Olimlar qanday qilib tabiatdagi jamoalar ustidan kuzatuv olib boradilar? Jonli ta -
biatni bilishning ushbu metodini qo‘llashda qanday cheklanishlar mav jud?
5. Atrof-muhitni o‘rganishda tajribalar metodining qanday ahamiyati bor? 
6. Atrof-muhitni o‘rganishning qaysi hollarida matematik modellashtirish qo‘l-
laniladi? 
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar.
O‘z fikringizni bayon eting.
1. Yopiq akvariumda yashovchi jonzotlarni kuzatib boring. Akvariumdagi o‘sim -
liklar va hayvonlar uchun yorug‘lik, havo, suv, tuproq qanday aha miyatga 
ega? Bu omillardan mikroorganizmlar qanday foydalanadi? Akva rium da qan-
day sharoit bo‘lishi kerak? Kuzatish natijalari asosida xulosa chiqaring. 
2. Ekologiya bo‘limlari o‘rganadigan obyektlarni aniqlang va jadvalni to‘ldiring.
Ekologiya bo‘limlari
Biologik tizimlar
Autekologiya 
Demekologiya 
Sinekologiya 
Biogeotsenologiya 
Global ekologiya
Sanoat ekologiyasi
Ijtimoiy ekologiya


14
II BOB. HAYOTNING EKOSISTEMA DARAJASIDAGI 
UMUMBIOLOGIK QONUNIYATLARI
II bob mazmuni bilan tanishib, Siz:
 
hayotning ekosistema darajasiga oid asosiy xususiyatlari va ahamiyatini 
izohlashingiz;
 
biogeotsenozni biologik ekotizim sifatida ta’riflashingiz; 
 
biogeotsenozning tarkibiy qismlarini farqlay olishingiz; 
 
biogeotsenoz va ekosistemalarning barqarorligini ta’minlovchi asosiy 
mexanizmlarni ochib berishingiz;
 
biogeotsenozlarning almashinishi va qayta tiklanishini sabab va oqibat
-
larini tushuntira olishingiz; 
 
tabiiy va sun’iy ekosistema (agroekosistema)larni taqqoslay bilishingiz;
 
ekosistemalarda moddalar va energiya almashinuvi jarayonlarining 
mohiyatini bilishingiz;
 
moddalar va energiyaning trofik darajalar orqali uzatilishi qonuniyat-
larini bilgan holda oziq zanjirlari tuza olishingiz;
 
ekosistemalarga antropogen omillarning ta’sirini aniqlay olishingiz; 
 
tabiatdagi mavjud ekologik muammolarga, tabiatni muhofazasi bilan 
bog‘liq masalalarga o‘z fikringizni bildira olishingiz zarur. 

Yüklə 3,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin