17
jihatlarga ega. Ekosistema va biogeotsenoz tushunchalari ko‘pincha bir
ma’noda ishlatilsa ham, ular talqinida ayrim farqlar mavjud.
«Biogeotsenoz» tushunchasi biosistemaning aniq tarkibiy jihatlarini aks
ettirsa, «ekosistema» tushunchasi biosistemaning funksional mohiyatini ifo da
etadi. Ekosistemalar o‘zining o‘lchami, turlarining xilma-xilligi va mu rak-
kabligi bilan biogeotsenozlardan farq qiladi. Biogeotsenozlar ma’lum chega-
raga ega bo‘ladi, ekosistemalarda esa chegarani aniqlash qiyin hisoblanadi.
«Biogeotsenoz» Yer yuzining ma’lum hududidagi tirik organizmlar va
atrof-muhitning tabiiy majmuasi hisoblanadi. Biogeotsenoz muayyan tu shun-
cha bo‘lib, ularga tarkibidagi son jihatdan ko‘p uchraydigan turga qarab
nom beriladi. Masalan: «archazor o‘rmon», «yong‘oqzor o‘rmon» va boshq.
Ekosistemalar esa o‘z o‘lchamlari va murakkabligi jihatidan xilma-xildir.
«Ekosistema» deyilganda o‘lchami jihatdan xilma-xil, moddalar va energiya
almashinuvi orqali o‘zaro bog‘liq tirik organizmlar va anorganik tabiat
omillarining yig‘indisi tushuniladi. Ekosistema tushunchasi biogeotsenoz tu-
shunchasiga nisbatan kengroq ma’noda qo‘llaniladi. Har qanday biogeotse-
nozga ekosistema sifatida qarash mumkin, lekin har qanday ekosistemani
biogeotsenoz deb bo‘lmaydi.
Ekosistemalar hudud jihatdan turlicha bo‘lishi mumkin: kichik eko-
sistemalar – mikroekosistemalar (mikrobli suv tomchisi, mikroor ganizmlar
va umurtqasiz hayvonlarga ega chiriyotgan to‘nka, ko‘l mak suv, akvarium
va boshq.); o‘rtacha o‘lchamga ega ekosistemalar – mezoeko sistemalar
(olmali bog‘, dala, archazor o‘rmon, hovuz, ko‘l, daryo va boshq.); yirik
ekosistemalar – makroekosistemalar (okean, dasht, tayga, tropik o‘rmon,
tog‘lar, cho‘l va boshq.); global ekosistema (biosfera).
Ekosistemalar tabiiy va sun’iy bo‘lishi mumkin. Sun’iy ekosistemalar
insonlar tomonidan o‘z xo‘jalik faoliyatini yuritish maqsadida yaratiladi.
Ekosistemalar tarkibiga bir necha biogeotsenozlar kirishi mumkin.
Biogeotsenozlar – tabiiy ekosistemalar bo‘lib, ularning chegaralari fitosenoz,
ya’ni o‘simliklar jamoasi bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: