18
2. Ekosistemaning tarkibiy qismlarini aytib bering? Ularning ahamiyati nimadan
iborat?
3. «Biotsenoz» va «biotop» tushunchalariga ta’rif bering.
4. Ekosistemada organizmlarning qanday funksional guruhlari mavjud?
5. Ekosistemadagi turli funksional guruhlarga kiruvchi organizmlar ahamiyatini
ko‘rsating.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar.
Biogeotsenoz va ekosistemalarning o‘xshashlik va farqini aniqlang.
Jadvalni
to‘ldiring.
Biogeotsenoz xususiyatlari
O‘xshashligi
Ekosistema xususiyatlari
4-§. EKOSISTEMALARNING TARKIBIY QISMLARI
Tayanch bilimlaringizni qo‘llang
. Biogeotsenozlar biosistema sifatida
qanday tarkibiy qismlardan tashkil topgan?
Har qanday o‘lchamdagi majmualardan
iborat ekosistemadan farqli
ravishda biogeotsenozlar aniq hudud bilan chegaralangan. Ana shunday
ayrim farqlar mavjudligiga qaramay «biotsenoz» va «jamoa», «biogeotsenoz»
va «ekosistema» tushunchalari bitta tabiiy hodisa –
hayotning turdan yuqori
tuzilish darajasidagi biologik sistemalar hisoblanadi.
Ekosistema ikkita tarkibiy qism – muhit sharoitlari (biotop) va
Y
er
yuzida moddalarning davriy aylanishi hamda energiya oqimini ta’minlovchi
uchta funksional guruhga birlashadigan tirik organizmlar (biotsenoz)dan
tashkil topgan.
Biotop
(yunoncha «bios» – hayot va «topos» – joy yoki yashash joyi),
nafaqat jamoaning egallagan joyi, balki jamoa
hayotini belgilovchi muhit
omillarining o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq kompleksidir. Tirik organizmlar o‘z
hayotiy faoliyatlari davomida muhitning abiotik shart-sharoitlari (ekotop)ga
o‘z ta’sirini o‘tkazib, uni biotopga aylantiradi.
Ekosistemaning
abiotik muhiti (ekotop)
ni notirik tarkibiy qismlar –
klimatop
(yorug‘lik, harorat, namlik, havo va boshq.) va tirik organizmlar
faoliyati natijasi hisoblangan tarkibiy qism –
edafotop
(tuproq) tashkil etadi.
Ekotop tirik organizmlar tomonidan hali o‘zgarmagan, o‘z tuprog‘i, iqlimiga
19
ega ma’lum hudud hisoblanadi. Ekotopga vulqon otilishi natijasida yangidan
paydo bo‘lgan hududlarni yoki yangi paydo bo‘lgan
korall orollarini misol
qilib keltirish mumkin. Tirik organizmlar tomonidan o‘zgartirilgan ekotop
yoki ma’lum turdagi o‘simlik va hayvon turlari
yashaydigan hudud biotop
deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: