Sof aylanma mablag’lar yoki kapital hajmi korxona tomonidan o’z qarzini
to’lagandan so’ng uning potensial rivojlanish qobilyatini ta’riflaydi.
Sof aylanma
mablag’lari yoki kapitalining koeffitsiyenti quyidagicha topiladi:
Sof aylanma = Mahsulot ishlab chiqarish / Sof aylanma kapital
Bu koeffitsiyent bir so’mlik sof aylanma kapitaliga necha pullik hali ishlab
chiqarishga sarflanmagan moddiy zahiralar to’g’ri kelishini ta’riflaydi.
Bunday
ma’lumotlarga asosan korxona menedjerlari korxona holatini rivojlantirish
bo’yicha tegishli qarorlarni qabul qilishadi.
Balans ma’lumotlaridan foydalanadigan tashqi
qiziquvchilar uchun korxona
kapitalining tuzilishi ko’rsatkichlari muhim ahamiyatga ega.
Kapitalning tuzilishi ko’rsatkichlari korxonaga uzoq muddatli qo’yilmalar
qo’ygan investorlar va kreditorlarning manfaatlarini himoya qilish darajasini
ta’riflaydi. Ular korxonaning uzoq muddatli qarzlarini to’lash
qobiliyatini aks
ettiradi.
Mulk koeffitsiyenti (yoki xususiy kapitalni konsentratsiyalash koeffitsiyenti)
quyidagicha topiladi:
Mk = Xususiy kapital / Aktivlarning o’rtacha yillik qiymati
Bu koeffitsiyent bir birlikka teng yoki undan ortiq bo’lishi mumkin. U
korxona egalarining korxonaga qo’yilgan mablag’lari
umumiy summasidagi
ulushini ko’rsatadi. Korxona egalarining ulushi qanchalik ko’p bo’lsa, shunchalik
korxona moliyaviy barqaror, iqtisodiy mustahkam bo’ladi
va tashqi kreditorlarga
qaram bo’lmaydi.
Korxonaning moliyaviy qaramlik (Kmq) koeffitsiyenti quyidagicha
aniqlanadi:
Kmq = Qarz kapitali / Xususiy kapital
Ushbu koeffitsiyent 0,5 dan kam bo’lishi, lekin ko’p bo’lsa, 1 dan oshmasligi
kerak. Bu korxonani tashqi qarz beruvchilardan moliyaviy qaramligini ta’riflaydi
va uning o’sish dinamikasi korxonani moliyalashtirishda qarzga olingan
mablag’lar ulushini ko’payib borayotganini ko’rsatadi.
Dostları ilə paylaş: