200
to‘ldirilgan sharcha kabi asta-sekin shakllanadi. Berilayotgan bilimlar-
ning qiyin qismini o‘qituvchi asta-sekin tushuntiradi va so‘ngra yanada
tezroq gapirishga o‘tishi mumkin”.
O‘quv vaqtining ko‘p qismi (1/4, 1/2) o‘qituvchining nutqi bilan
bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun o‘quv materialini o‘quvchilar tushunishi
o‘qituvchi nutqining mukammalligi bilan bog‘liqdir.
Tarixdan ham ma’lumki, ba’zi kishilar o‘zlarining nutq tovushlarini
takomillashtirib borganlar. Chunonchi, Demosfen o‘zining bu sohadagi
kamchiliklarini tugatib borib, qadimgi Yunonistonning siyosiy oratorlari-
dan biriga aylangan. Yoki Vladimir Mayakovskiy ham 20 yoshidan bosh-
lab rasmiy chiqishlar uchun og‘ziga toshchalar olib, Rion daryosi bo‘yida
nutq so‘zlashni mashq qilgan.
To‘g‘ri nafas olish.
So‘zlayotganda to‘g‘ri nafas olish, ovozni
yo‘lga qo‘yish va uning tovlanishi, so‘zlarni xatosiz talaffuz qilish,
notiqlik san’atini takomillashtirib borish o‘qituvchining nutq texnikasini
shakllantiruvchi xususiyatlardir. Ovoz o‘zgarishi, to‘g‘ri nafas olish, dik-
siya, ritmika asosida nutqning ko‘nikma va malakalari yig‘indisini
mukammal rivojlantirish o‘qituvchining nutq texnikasida takomillashadi.
Ovoz o‘zgarishi, to‘g‘ri nafas olish
nutq texnikasi bo‘yicha ishlab
chiqilgan mashqlar turkumiga kirib, o‘qituvchi ravon nutqining munta-
zam shakllanishini ta’minlaydi. Nafas olish organizmga hayot bag‘ish-
lovchi fiziologik funksiyalarni bajaradi. Shu bilan birga nutqning
energiya bazasi bo‘lib ham hisoblanadi.
Dars davomida o‘qituvchi juda ko‘p gapiradi, yangi mavzuni tu-
shuntiradi, ma’ruza o‘qiydi. Agar o‘qituvchi to‘g‘ri nafas olish texni-
kasini puxta egallamagan bo‘lsa, uning qon tomirlarini urishi tezlashib,
yuz rangi qizarib ketishi, nafas qisishi sodir bo‘lishi mumkin.
Muskullarning ishtirok etishiga qarab nutqda to‘g‘ri nafas olish
jarayoni 4 ta turga bo‘linadi:
Dostları ilə paylaş: