195
tirishga qaratilgan, bu esa o‘qituvchilarga o‘z so‘zi mazmunini o‘quvchi-
larga yanada to‘laqonliroq qilib yetkazishga ham imkoniyat beradi.
O‘quvchi hayoti davomida o‘qituvchisining nutqiy xususiyatlarini,
o‘quvchilarga murojaat qilish, savollarga aniq va mukammal javob berish
usullarini xotirasida saqlaydi. O‘qituvchining nutqi o‘quvchilarga ta’lim-
tarbiya berish vazifasini bajarishi kerak. Shuning uchun unga faqat
umummadaniy emas, balki kasbiy va pedagogik talablar ham qo‘yiladi.
O‘qituvchilar o‘z so‘zlarining mazmuni, sifati
va oqibati uchun jamiyat
oldida ijtimoiy javobgar shaxsdir. Shuning uchun ta’lim-tarbiya jarayo-
nida o‘qituvchi nutqi pedagogik mahoratning muhim tarkibiy qismi hi-
soblanadi.
O‘qituvchi nutqi deyilganda, ta’kidlab o‘tganimizdek, o‘qituvchining
og‘zaki va yozma nutqi nazarda tutiladi. Yozma nutq va og‘zaki nutq –
bu o‘qituvchining gapirish vaqtida tuziladigan nutqi bo‘lib, o‘quvchilar
ongiga, istak va motivlariga, his-tuyg‘ulariga ta’sir etuvchi muhim omil-
lardir. O‘qituvchilar og‘zaki nutqi asosida zarur bo‘lganda o‘z kamchi-
liklarini tuzatib, korreksiyalab boradi.
Texnik jihatdan nutqiy tajribaga ega bo‘lgan o‘qituvchining
nutqi
quyidagilarni ta’minlashi kerak:
• o‘qituvchi va uning tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi o‘zaro muno-
sabati va mahsuldor muloqotini;
• ta’lim jarayonida bilimni to‘la qabul qilinishi, anglanishi va mus-
tahkamlanishi;
• o‘quvchilar
faoliyatiga, ulardagi qobiliyat va iqtidor instinktini
shakllantirish maqsadida ongi va hissiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish;
• o‘quvchilarning o‘quv va amaliy faoliyatini maqsadga muvofiq
tashkil etish.
"Pedagogik nutq texnikasi" tushunchasi o‘qituvchilarning kommu-
nikativ xylqi tushunchasi bilan uzviy bog‘liq. O‘qituvchining kommu-
nikativ
xulqi deyilganda, faqat uning gapirish va axborot berish jarayo-
nigina emas, balki, o‘qituvchi va o‘quvchi muloqoti uchun emotsional
psixologik muhit yaratishga, ular o‘rtasidagi
munosabat va ish uslubiga
ta’sir ko‘rsatuvchi nutqni tashkil etish va unga mos o‘qituvchining nutqiy
nazokati ham ko‘zda tutiladi.
O‘qituvchilarning pedagogik faoliyatidagi og‘zaki nutqi monologik
va dialogik shaklda bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: