207
O‘qituvchi pedagogik-psixologik muloqot
jarayonining faol ishti-
rokchisi sifatida o‘zida bir qator sifatlarni tarkib topishiga erishishi zarur.
Chunonchi, u eng avvalo, mulohazali, bosiq, vaziyatni to‘g‘ri
baholay
oladigan, mavjud ziddiyatlarni o‘z iroda kuchi bilan bartaraf etishning
uddasidan chiqa olishi zarur.
O‘qituvchi o‘quvchilar, ota-onalar hamda
hamkasblari bilan muloqot jarayonida fikrini aniq va to‘la bayon etilishi-
ga ahamiyat qaratishi maqsadga muvofiqdir. Ular bilan munosabat jara-
yonida so‘zni salbiy holatlar haqidagi dalillarni keltirishdan emas, aksin-
cha, o‘quvchining (yoki hamkasbi, ota-onalar) muvaffaqiyatlarini e’tirof
etishi, ularning yanada boyishiga ishonch bildirishi, u bilan tillasha
olishiga imkon beradi. Muloqot jarayonida o‘qituvchining so‘zlaridan
suhbatdoshiga nisbatan xayrixohlik, samimiylik, do‘stona munosabat sez-
ilib turishi, shuningdek, imkon qadar ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lishi zarur.
O‘qituvchining mazkur talablarga muvofiq
keluvchi qiyofasi uning
o‘quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar orasida obro‘-e’tibor qozo-
nishini ta’minlaydi.
11.2.
Dars – ta’lim jarayonining asosiy shakli
Dars
–
ta’lim jarayonining asosiy tashkiliy usuli bo‘lib, unda sinf dars
tizimining barcha xususiyatlari aks etadi. Darsda o‘qituvchi tashkiliy
tartibni va ta’limning muntazamligini ta’minlaydi.
Dars bevosita o‘qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomi-
da muayyan o‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining
asosiy shaklidir. O‘qituvchining o‘quvchilarga pedagogik ta’sir ko‘rsatish
mahorati dars jarayonida namoyon bo‘ladi.
O‘qituvchi darsda muayyan tayyorgarlikka ega o‘quvchilar jamoasi
bilan faoliyat olib boradi. Darsda o‘qituvchi o‘ziga tegishli mutaxassislik
fanining ma’lum bir reja asosida belgilangan mavzusini o‘quvchilarga
tushuntirish bo‘yicha ishlaydi. Bilimlarni ta’lim metodlari asosida o‘quv-
chilar
ongiga singdiradi, o‘quvchilarning olgan bilimini muntazam ra-
vishda baholab boradi. Dars doirasida ommaviy,
guruhli va individual
ta’lim shakllarini birlashtirish imkoniyatlari paydo bo‘ladi.
Darsda o‘qituvchi rahbar sifatida har bir o‘quvchining bilim olish
xususiyatlarini inobatga oladi, o‘quvchilarning ta’lim jarayonida o‘rgani-
layotgan fan asoslarini egallab olishlari,
ularning idrok etish qobili-
yatlarini rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash hamda
shakllantirish uchun qulay sharoitlar yaratadi.
208
Darsning tuzilishi oddiy va ancha murakkab bo‘lishi mumkin. Bu
o‘quv materialining mazmuniga, darsning didaktik maqsadlariga, o‘quv-
chilar va sinf jamoasining xususiyatlariga bog‘liq.
Ta’lim jarayonida darsning quyidagi
turlari
ajratib ko‘rsatilgan:
-
aralash darslar;
-
yangi materiallar bilan tanishish darslari;
-
bilimlarni mustahkamlash va
takrorlash darslari;
-
o‘rganilganlarni umumlashtirish va tizimlashtirish darslari;
-
ko‘nikma va malakalarni ishlab chiqish va mustahkamlash darslari;
-
bilimlarni tekshirish darslari;
Dostları ilə paylaş: