205
avvalo u o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim beradigan fanlardan
pedagogik texnologiyalarga asoslangan ma’ruza, seminar, amaliy va
laboratoriya mashg‘ulotlarini mazmunan yaxlitligini ta’minlashi;
pedagogik va axborot texnologiyalari hamda o‘quvchilar o‘quv
faoliyatini faollashtiruvchi metodlarni qo‘llashi, o‘quv mashg‘ulotlarida
pedagogik va axborot texnologiyalarining so‘nggi yutuqlarini uyg‘un-
lashtirish malakasiga ega bo‘lishi;
ta’lim muassasalarida fanlarni o‘qitish mazmuniga mos ravishda
pedagogik tizimni loyihalay olishi;
ta’lim beradigan fanlar turkumini rivojlantirish istiqbollarini ochib
berishga qaratilgan ilmiy izlanishlarni muntazam amalga oshira olishi;
ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda jahonning rivojlangan mamlakatla-
rida pedagogika va psixologiya sohasida erishilayotgan ilg‘or tajribalarni
amalda modernizatsiya qilgan holda qo‘llashi;
O‘rta Osiyo mutafakkirlarining boy ma’naviy
meroslaridan
ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda foydalanishi;
darsning barcha turlarida, mashg‘ulotlarda zamonaviy axborot
texnologiyalari asosida o‘qitish metodlaridan foydalanishi;
o‘qitadigan fan turkumi bo‘yicha avtomatlashtirilgan ta’lim
tizimi uchun amaliy dasturlar paketini yaratishi lozim.
Zamonaviy o‘qituvchi qiyofasidagi shaxs pedagogik-psixologik ji-
hatdan yuksak tayyorgarlikka ega bo‘lishi uchun, unda quyidagi fazilatlar
namoyon bo‘lishi kerak (so‘z yuritilayotgan sifatlar mohiyatan o‘qituvchi
tomonidan amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifa, burch va mas’u-
liyatlarni ifodalaydi):
1.
O‘qituvchi mamlakatimizning ijtimoiy va siyosiy hayotida ro‘y
berayotgan o‘zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar mohiyatini
chuqur anglab yetishi hamda bu borada o‘quvchilarga to‘g‘ri,
asosli
ma’lumotlarni berishi lozim.
2.
Zamonaviy o‘qituvchining ilm-fan, texnika va texnologiya yangi-
liklari va yutuqlaridan xabardor bo‘lishi talab etiladi.
3.
O‘qituvchi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha chuqur, puxta bilimga ega
bo‘lishi, o‘z ustida tinimsiz izlanishi shart.
4.
O‘qituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslaridan ko‘nik-
ma va malakaga ega bo‘lishi, ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda o‘quvchilar-
ning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘z faoliyati
tashkil etishi zarur.
5.
O‘qituvchi ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda pedagogik va axborot tex-
nologiyalarining eng samarali shakl, metod va vositalaridan unumli foy-
dalana olish imkoniyatiga ega bo‘lmog‘i lozim.
206
6.
O‘qituvchi ijodkor, tashabbuskor va tashkilotchilik qobiliyatiga
ega bo‘lishi davr talabidir.
7.
O‘qituvchi yuksak darajadagi pedagogik mahorat, chunonchi,
kommunikativ layoqatni, pedagogik texnika sirlarini (nutq, chehra, qo‘l-
oyoq
va gavda harakatlari, mimika, pantomimika, jest) chuqur o‘zlash-
tirib olishga erishishi lozim.
Ayniqsa, o‘qituvchi o‘zining individual nutq madaniyatiga ega bo‘-
lishi zarur, uning nutqi quyidagi xususiyatlarni aks ettirishi kerak:
a) nutqning to‘g‘riligi;
b) nutqning aniqligi;
v) nutqning ifodali bayon etilishi;
g) nutqning sofligi
(ya’ni, nutq tozaligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi
so‘zlardan holi bo‘lishi, faqat abadiy tilda ifoda etilishi);
jargon
(muay-
yan kasb yoki soha mutaxassisliklariga xos bo‘lmagan so‘zlar);
varva-
rizm
(muayyan millat tilida bayon etiladigan, o‘zga millatlarga xos so‘z-
larni noo‘rin qo‘llanilishi);
vulgarizm
(haqorat qilishda qo‘llaniladigan
qo‘pol so‘zlar)
hamda konselyarizm
(o‘rni bo‘lmagan vaziyatlarda ras-
miy so‘zlardan foydalanish)
so‘zlaridan holi bo‘lishi;
d) nutqning ravonligi;
j) nutqning boyligi
(hikmatli so‘zlar, ibora va maqollar, matallar
hamda ko‘chirma gaplardan o‘rinli va samarali foydalana olish).
O‘qi-
tuvchining nutqi sodda, ravon va tushunarli bo‘lishi kerak.
16-chizma
Dostları ilə paylaş: