217
Bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbga ijodiy yo‘naltirilganligining muhim
jihatlaridan biri uning pedagogik madaniyati bo‘lib, u pedagogik-
psixologik fanlar tizimining turli yo‘nalishlarida tatbiq qilingan. Chunon-
chi: metodologik jihatdan V.A.Slastenin, V.V.Krayevskiy, axloqiy -
estetik jihatdan E.A.Grishin, D.S.Yakovleva, kommunikativlik jihatlarini
A.V.Mudrik, O.O.Kiseleva, T.N.Levasheva,
texnologik jihatlarini
M.M.Levina, N.E.Shurkova kabi olimlar ishlab chiqqanlar.
Ayniqsa, o‘qituvchining texnologik madaniyati uning texnologik
faoliyati jarayonida kasbiy mahoratning muhim jihati sifatida individual
pedagogik faoliyatini ochib beruvchi muhim ijodiy ko‘nikmasidir. O‘qi-
tuvchining texnologik tayyorgarligi “pedagogik omilkorlik” katego-
riyasini tushunishning muhim qismi hisoblanadi va u pedagogik voqe-
likni idrok etish va saqlash vazifalarini bajaruvchi pedagogik madani-
yatning mohiyatini aks ettiradi. Bugungi kunda bo‘lajak o‘qituvchining
kasbiy faoliyatidagi muvaffaqiyatlarning asosi sifatida qaralayotgan o‘qi-
tuvchining texnologik madaniyati o‘quvchilarning
ichki imkoniyatlarini
ijodiy tomonga yo‘naltiruvchi jarayondan iborat.
O‘qituvchining texnologik madaniyati uning texnologik faoliyati
jarayonida kasbiy mahoratining muhim jihati sifatida individual peda-
gogik faoliyatini ochib beruvchi ijodiy usullaridan iborat. O‘qituvchining
ta’lim jarayoniga tayyorgarligi “pedagogik omilkorlik” kategoriyasini
tushunishning muhim qismi hisoblanadi va u pedagogik voqelikni idrok
etish va saqlash vazifalarini bajaruvchi pedagogik madaniyatning mohi-
yatini aks ettiradi. Bugungi kunda bo‘lajak o‘qituvchining
kasbiy faoli-
yatidagi muvaffaqiyatlarning asosi sifatida qaralayotgan o‘qituvchining
texnologik madaniyati talabalarning ichki imkoniyatlarini ijodiy tomonga
yo‘naltiruvchi jarayondan iboratdir.
Har bir bo‘lajak oliy ma’lumotli mutaxassis-o‘qituvchi o‘z kasbiy
faoliyatining ixtisosligi va xususiyatidan qat’iy nazar fundamental bilim-
larga, kasbiy malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak. Ana shu bilim,
malaka va ko‘nikmalarni egallashda, bo‘lajak mutaxassisga o‘z kasbiga
oid u yoki bu savol yoki muammo bo‘yicha o‘z nuqtai nazarini aniqlab
olish imkoniyatini beruvchi ijodkorlik, tadqiqotchilik va mustaqil faoliyat
tajribasi muhim ahamiyat kasb etadi.
Kasbiy pedagogik bilimlar ta’lim jarayonining samaradorligiga
zamonaviy ta’lim muhiti talablari bilan talabaning o‘zgarib
turuvchi
o‘quv dasturlari sharoitida etarlicha yo‘nalish ola bilmasligi natijasida
salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
218
Oliy pedagogika ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchining yuksak
tayyorgarlik darajasiga va ma’naviy axloqiy saviyasiga qo‘yiladigan
talablar ham yangilanib boradi. Ijodkor o‘qituvchi esa o‘z sohasi
bo‘yicha yangi pedagogik texnologiya metodikalarini ajrata olmog‘i
hamda uni amalda samarali qo‘llay bilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: