265
sida intellektual va axloqiy rivojlanishidir.
Bunda uchta asosiy vazifaga
e’tibor qaratiladi:
1.
Ta’lim tizimini isloh etish.
2.
Mustaqil faoliyat tamoyilini ta’lim va tarbiyaning asosiy tamoyili
sifatida e’tirof etish.
3.
Ta’lim va tarbiya jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini
joriy etish.
Zamonaviy insonning o‘qish jarayoni faqat bog‘cha, umumta’lim
maktablari, akademik litseylar yoki kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim
muassasalari bilan tugamaydi. Inson butun umri davomida ta’lim olishi
zarur, ya’ni ta’lim uzluksiz bo‘lishi kerak. Demak, uzluksiz ta’lim – davr
talabidir. Zero, bu muammo zamonaviy axborot texnologiyalariga bo‘l-
gan ehtiyojni yanada shakllantirishi shubhasiz.
XXI asr – axborotlashtirish asrida ta’lim sohasini axborotlashtirish,
har bir ta’lim muassasasidan:
- o‘qitish va o‘qish jarayonining;
- ta’lim muassasasi boshqarilishining;
- ta’lim muassasasi bo‘linmalarining;
- ta’lim muassasasi faoliyati muhitining axborotlashtirilishini
talab qiladi
.
Hozirgi ta’lim muassasalarida kompyuter texnologiyalaridan foyda-
lanish imkoniyatlarini takomillashtirish, ta’lim jarayonida bunday texno-
logiyalarni qo‘llashning eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri ekanligi
pedagog olimlar tomonidan e’tirof etilmoqda. Jumladan, U.Sh.Begim-
qulov ta’lim muassasalarida kompyuter axborot muhiti va hozirgi zamon
talablariga javob bera oladigan darajadagi axborot bazasini yaratish zaru-
rligini,
gipermatn va multimedia, o‘qitishda immitatsiya, kommunikat-
siya tizimlarini rivojlantirishni, zarur axborotlarni
kompyuter texnikasi
yordamida kiritish, tizimlashtirish, saqlash va foydalanish uchun tavsiya
qilinadigan ma’lumotlar bazasini yaratishni taklif etadi.
Shu boisdan,
o‘qituvchi kadrlarning zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyat-
laridan foydalanib bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish maq-
sadida hamda o‘qituvchilar pedagogik mahoratlarini hozirgi zamon talab-
lari asosida takomillashtirishga mo‘ljallangan masofaviy malaka oshirish
kurslarini tashkil etish tashabbusi bilan chiqadi.
U.Sh.Begimqulov zamonaviy axborot
kommunikatsiya texnologiya-
lari sohasida erishilayotgan yutuqlarni inobatga olib, kompyuter texno-
logiyasini quyidagi jihatlarda ta’lim muassasalari pedagogik faoliyati
jarayonlarida qo‘llash samarali bo‘lishini ta’kidlaydi: