Soxibaxon ped texnologiya doc


Shaxsga insonparvarlik yondoshuvi texnologiyasi



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/121
tarix27.09.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#149409
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   121
Pedagogik texnologiya O\'quv qo\'llanma Mirhayitova Soxibaxon

Shaxsga insonparvarlik yondoshuvi texnologiyasi


94
Bu texnologiya avvalo shaxsni insonparvarlik yondoshuvi, psixoterapevtik
yo’nalishi bilan boshqa texnologiyalardan ajralib turadi. Bular o’z o’rnida
majburlashni qoralaydi va aksincha bolani har tomonlama xurmat qilish,uni yaxshi
ko’rish hamda bolaning ijodkorlik imkoniyatlariga optimal ishonch bilan qarash
g’oyalarini ilgari suradi. Bu texnologiyada shaxsga munosabat birlamchi bo’lib
individual yondoshuv, notalabchan demokratik boshqaruv hamda yorqin insoniy
qarashlar boshqa yo’nalishlardan ustun turadi.
Hamkorlik texnologiyasi va hamkorlik pedagogikasi
Hamkorlik texnologiyasi pedagog bilan o’quvchi o’rtasidagi tenglik, demokratiya
hamda sub’ektlar orasidagi o’zaro hamkorlikni amalga oshiradi. Pedagog bilan
o’quvchi xamkor va ijodkor sifatida ish yuritib birgalikda mashg’ulot mazmuni,
maqsadini aniqlaydilar va birgalikda baholaydilar.Lekin fanda “Hamkorlik
pedagogikasi” texnologiyasi ham mavjud. Uning o`ziga xos mazmuni va rivojlanishi
mavjud.
Hamkorlik pedagogikasi
XX asrning 80-yillarida rivojlana boshladi va
ta`limdagi ko`pgina innovatsion jarayyonlarni hayotga chorladi. “Hamkorlik
pedagogikasi” texnologiya negizida taniqli rus va chet el pedagoglarning tajribasi
yotadi. Ular:
- K.D.Ushinskiy, N.I.Piragov, L.N.Tolstoy, V.A.Suxomlinskiy
- J.J.Russo, Ya.Korchak, K.Rodjers, E.Bern, S.T.Shatskiy
Hamkorlik pedagogikasi 4 ta asosiy yo`nalish bo`yicha amalga oshiriladi.
Shalva Aleksandrovich Amonashvili taniqli pedagog olim, amaliyotchi va
“Hamkorlik pedagogikasining” asoschisi. Shalva Aleksandrovich Amonashvili
7-rasm. “Hamkorlik pedagogikasi”ning asosiy yo`nalishlari


95
o`zining eksprimental maktabida hamkorlik pedagogikasini, shaxsiy yondashuvni, til
va matematika o`qitishning ajoyib metodikasini ishlab chiqdi va hayotga tadbiq etdi.
Sh.A.Amonashvilining asosiy maqsadlari:
-
bolaning shaxsiy xislatlarini namoyon qilish orqali unda olijanob insonning
shakllanishi, rivojlanishi va tarbiyalanishiga imkon tug`dirmoq;
-
bolaning qalbi va yuragini ulug`lamoq;
-
boladagi bilishga bo`lgan kuchlarni rivojlantirish va shakllantirish;
-
keng va chuqur bilim hamda malaka olish uchun sharoit tug`dirmoq;
-
ideal tarbiya-bu o`z-o`zini tarbiyalamoq
Sh.A.Amonashvili o`zining texnologiyasini amalga oshirish uchun quyidagi metodika
va metodik usullardan foydalandi:
-
insonparvarlik
-
shaxsiy yondoshuv
-
muloqot maxorati
-
oila pedagogikasining qo`shimcha imkoniyati
-
o`quv faoliyati
Sh.A.Amonashvili texnologiyasida bola faoliyatini baholash alohida ahamiyatga
ega. Baholardan foydalanish o`ta cheklangan. Miqdoriy baholashdan ko`ra sifatli
baholashga urg`u beriladi, ya`ni tavsif, natijalar paketi, o`z-o`zini baholash.

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin