Microsoft Word axloq odob hadis ziyouz com doc



Yüklə 169,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/43
tarix27.09.2023
ölçüsü169,22 Kb.
#149465
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43
Axloq-odobga oid hadis namunalari

www.ziyouz.com kutubxonasi 
23
297.
Mo’minlarning yaxshisi – uning qo’li va tilidan boshqalar ozor topmaydiganidir. 
298.
Xotinlarning yaxshisi erining ko’zini quvontiradigan, amriga itoat qiladigan va u yoqtiradigan 
narsasini yoqtiradigan va yoqtirmaydiganini yoqtirmaydigan bo’ladi. 
299.
Odamlarning yaxshisi – odamlarga foydalirog’idir. 
300.
Nikohning yaxshisi – uning mahri yengilroq bo’lganidir. 
301.
Yoshlaringizning yaxshilari – o’zini katta yoshlardek og’ir tutadiganlaridir. Katta yoshdagilarning 
yomonlari esa o’zini yosh bolalardek yengil tutadiganlaridir. 
302.
Mo’min kishiga berilgan narsalarning yaxshisi chiroyli xulqdir. Unga berilgan narsalarning 
yomoni esa, ko’rinishi chiroyli bo’lsa-da, qalbida yomonligi boridir. 
303.
Sizlarning yaxshilaringiz o’z ahlu ayoliga yaxshi munosabatda bo’lganlaringizdir. Men sizlardan 
ko’ra ham o’z ahlu ayolimga yaxshiman. Xotinlarni faqat yaxshi odamlargina izzat-ikrom qilur, ahlu 
ayollarni faqat yomon odamlargina xoru zor qilur. 
304.
Sizlarning yaxshilaringiz – dunyo ishi deb oxiratni, oxiratni deb dunyo ishini tark qilmaydigan 
va boshqalarga malollik tushirmaydiganlaringizdir. 
305.
Xazinadagi narsani buyurilgan joyiga rozilik bilan to’liq holda beradigan ishonchli, mo’min 
xazinachi o’z yonidan sadaqa qilgan odam bilan barobardir. 
306.
Xola ham hurmat bobida ona bilan barobardir. 
307.
Barcha xalqlar bamisoli Tangrining ahlu ayolidir. Ulardan Tangriga yoqimlirog’i o’z ahlu ayoliga 
foydasi ko’p tegadiganidir. 
308.
Ot – uch xil ish uchundir. Biri savob, biri parda va yana biri gunohdir. Savoblisi shuki, kishi uni 
Tangri yo’lida o’tloqda yoki uyida boqsa, unga savob yozilur. O’tlashi uchun uni yaylovda yoki o’z 
bog’chasida bog’lab qo’ysa, arqoni yetgan joyigacha savob yozilaveradi. Bordiyu u arqonni uzib, bir-
ikki dovon ketib qolsa, yo’ldagi izi va axlati uchun ham savob yozilaveradi. Agar qochib borib biron 
daryodan o’zicha suv ichsa, bunga ham savob yozilaveradi. Boyish va zoriqmaslik uchun boqib, uni 
parvarish qilish va minishdagi Tangrining haqqini unutmagan bo’lsa, unga shu ot do’zaxdan parda 
bo’ladi. Agar kishi ulovini faxr va riyo uchun hamda mo’minlarga qarshi harakat uchun boqsa, bu 
bilan unga gunoh yoziladi. 
309.
Oldingi ummatlarimdan sizlarga yetib kelgan kasallik – bu hasadgo’ylik va o’zaro yomon 
munosabatdir. Vaholonki, bu sifat sochning emas, dinning qiruvchisidir. Muhammadning ruhiga molik 
zot bilan qasamyod etamanki, to mo’min bo’lmagunlaringizcha jannatga kirmaysizlar. To bir-
birlaringga o’zaro muhabbatli bo’lmagunlaringcha mo’min bo’lmaysizlar. Nima qilsalaringiz do’stlashib 
ketishlaringizni aytaymi? Bir-birlaring bilan salomlashib yuringlar. 
310.
Jannatga kirib uning darvozasida: “Sadaqaga o’n savob, qarz berganga o’n sakkiz savob”, 
degan iborani ko’rdim. Shunda men hamrohimdan so’radim: “Ey Jabroil do’stim, nega sadaqaga 10 
ta, qarzga 18 ta savob berilur?” Javob berdiki: “Sadaqa boyu kambag’al qo’liga tushaveradi. Qarz esa 
faqat muhtoj odam qo’liga tushadi”. 
311.
Birodari haqiga g’oyibona qilingan duo rad etilmaydi. 


Axloq-odobga oid hadis namunalari 

Yüklə 169,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin