Enzimlarning faollanish energiyasi. Biokatalizator oksireduktazalar


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 429,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix27.09.2023
ölçüsü429,09 Kb.
#149523
1   2   3   4   5   6
enzimlarning-faollanish-energiyasi-biokatalizator-oksireduktazalar

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 2 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 
Academic Research, Uzbekistan 98  www.ares.uz 
E + S = E + M 
Shuni takidlab o’tish zarurki, bunday faolanish energiyasi qanday miqdorda 
kamaysa, reaksiya ham shu darajada tezlashadi deb xulosa chiqarish kerak emas. 
Faollanish reaksiyasining bir qadar kamayishi reaskiya sur’atini ancha oshirib 
yuborishi mumkin. Har bir ferment har bir katalizator singari reaksiyasi tezlatishda 
ma’lum bir chegaraga ega. Demak, ferment boshlang’ich modda va reaksiya 
mahsulotining erkin energiyasini o’zgartirishga ta’sir etmaydi.
Tirik hujayralarda oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini katalizlaydigan 
fermentlar oksidoreduktazalar hisoblanadi. Bu ferment guruhi umumiy enzimlar 
orasida eng asosiy ahamiyatga ega bo’lgan qism hisoblanadi. U hamma organizmlarda 
uchraydi. Bu sinfning eng muhim birikmalariga nafas olganda va fotosintez jarayonida 
vodorod va elektronlarni bir moddadan ikkinchi moddaga o’tkazuvchi – 
degidrogenazalar, O
2
oksidlovchi – oksidazalar, H
2
O
2
ni oksidlovchi – peroksidazalar, 
moddalarga O
2
atomini beruvchi-gidrolazalar, moddaga ikkala atomini beruvchi-
oksigenazalar. Oksidlovchi-qaytaruvchi fermentlar fermentdan tashkil topgan kata 
guruh hisoblanadi. Oksireduktazalar turli kimyoviy moddalarning oksidlanishi va 
qaytarilishini katalizlaydi. Masalan bu sinfga kiruvchi alkogoldegidrogenaza fermenti 
sirka aldegidni etil spirtga qaytarilishini katalizlaydi va spirtli bijg’ish jarayonida katta 
o’rin tutadi. Lipoksigenaza fermenti esa to’yinmagan yog’ kislotalarini va ularning 
murakkab efirlarini havo kislorodi bilan oksidlaydi. Ferment ta’siri xo’jalikning asosiy 
mahsuloti hisoblangan un va yormaning taxirlanish sabablaridan biri hisoblanadi. U 
o’simlik mahsulotlarini qurtish va saqlash paytida karotinoidlarning buzilishida 
ishtirok etadi. Monofenolmonooksigenaza fermenti tirozin aminokislotasini oksidlab, 
qoramtir rangdagi meloninlarni hosil qiladi. Javdar noning qoramtir rangda bo’lishi, 
makaronni quritish paytida qorayishi shu fermentning ta’siri natijasi va isboti 
hisoblanadi. Oksireduktazalar tas’sirida erkin elektronlar tashilishi amalga oshadi. 
Buning natijasida subsrtatning oksidlanish darajasi o’zgaradi. Bunda metallar 
o’zgaruvchan valentlik bilan kofaktor sifatida ishtirok etadi. Masalan Fe, Mo, Cu, Co 
kabi metallar. Agar metallar katalizda bevosita ishtirok etmasdan boshqa maqsadlarda 
masalan, substratni bog’lash uchun xizmat qilsa, unda oksireduktazalarga oksidlanish 
darajasi doimiy bo’lgan metallar kiradi.

Yüklə 429,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin