54
harakat qiladilar. Agar qattiq jism desak ular aylanalarni tashkil qilishlari
kerak. Aylanalarda taxminan 6tadan bola bo’lishi mumkin.
Ular bir-biriga yaqin turib, bir joyga turgan holatda tebranib turishlari lozim.
Bu o’yin o’quvchilarga gaz, suyuqlik, qattiq jismlar molekulalarining
tuzilishidagi farqni anglashga yordam beradi.
50.“Ziyraklik” o’yini.
Bu uyinda o’quvchilar 2 guruhga bo’linib, sinf xonasida bir-biriga qarab
tiziladilar. 1 guruhdagi 1 chi o’quvchi birta fizik termin aytadi. 2 guruhdagi 1
o’quvchi uning nimaligini aytadi. Keyin 2 guruhdagi 2 o’quvchi fizik termin aytadi.
1 guruhninig 2 chi o’quvchisi nima ekanligini tushuntiradi. O’yin shunday oxirgi
o’quvchigacha davom etadi. O’yin tugagandan syng o’quvchidan o’yinga
munosabati qandayligi va o’yida o’zini qanday his qilganligi so’raladi.
51."Atom molekula” o’yini.
Barcha sinf o’quvchilari bilan o’yin o’tkaziladi. Bolalarga “atom” deb xitob
qilinsa ular tartibsiz harakat qiladilar. Agar “suv molekulasi” deyilsa 3 ta o’quvchi
birlashishi lozim. Yana “Atom” “Atom” “Atom” deb, vodorod molekulasi xitob
qilinsa 2 ta bola birlashib vodorod molekulasini hosil qiladilar . Agar kislorod
molekulasi deyilsa u holda 2 ta bola birlashib kislorod molekulasini hosil qiladi.
O’yin davomida bironta o’quvchi birlashmasdan bir o’zi qolsa undan o’z mahoratini
ko’rsatish talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: