Kadrlar tayyorlash milliy dasturi



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/47
tarix27.09.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#149654
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47



 
Interfaol metodlar tushunchasi 
Interfaol metodlar tushunchasi 
- “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” 
ning III bosqich vazifalaridan biri ta’lim jarayoniga ilg`or pedagogik texnologiyalarni 
olib kirishdir. Hozirgi kunda ilg`or pedagogik texnologiya elementi bo`lgan interfaol 
usullardan keng foydalanilmoqda. Interfaol – inglizcha “inter” so`zidan olingan bo`lib, 
“orasida” , “o`rtasida” degan ma’noni anglatadi, ya’ni ikki narsa o`rtasidagi faollik 
degan ma’noni bildiradi. Interfaol metod – ta’lim jarayonida o`quvchilar hamda 
o`qituvchi o`rtasidagi faollikni oshirish orqali o`quvchilarning bilimlarni o`zlashtirishini 
faollashtirish, 
shaxsiy 
sifatlarini 
rivojlantirish. 
“Interaktiv” so`zi inglizcha, “Inter”- “o`zaro”, “akt”- “harakat, ta’sir, faollik” 
ma’nolarini bildiradi. 
Ta’limda interfaol metod – bu o`quvchi bilan o`qituvchi o`rtasida ta’limni 
o`zlashtirish munosabatlarini kuchaytirish, faollashtirish demakdir. Mazkur metodlar 
hamkorlikda ishlash vositasida dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Ular 
o`quvchilarni mustakil fikrlashga undaydi Interfaol degani bu - berilgan mavzuni 
o`qituvchi va o`quvchilar orasida o`zaro hamkorlik asosida dars samaradorligini oshirish, 
mustaqil fikr berish ko`nikmasini shakllantirish, fikr-mulohaza, bahs orqali o`rganish 
demakdir. Har bir o`quvchi qo`yilgan maqsadga mustaqil o`zi faol ishtirok etgan holda 
yakka, juftlikda, guruhlarda javob topishga harakat qiladi, fikrlaydi, yozadi, so`zga 
chiqadi, dalil va asoslar orqali masalani yoritib berishga harakat qiladi. Bu esa 
qatnashchilarning xotirasida uzoq saqlanadi. Yangi axborotni o`zlashtirishda tanqidiy
tahliliy yondasha oladi. O`qituvchi faqat fasilitator (yo`l-yo`riq ko`rsatuvchi, tashkil 
qiluvchi, kuzatuvchi) vazifasini bajaradi.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin