4
1-tip. Agar o`quvchilar oldiga vazifalar qo`yilib, qo`yilgan masalalarga hayotdan
o`quv materiali asosida javob talab qilinsa, muammoli vaziyat kelib chiqadi.
2-tip. O`quvchilar ilgarigi darslarda olgan bilimlarini yangi mavzuni o`zlashtirish
vaqtida qo`llash zarurligiga uchrab qolsalar. Yangi mazmunning yechimi ilgarigi
olgan bilimlarini o`zlashtirganliklarini talab etib, vaziyatdan chiqa olmay qolsalar.
3-tip. Muammoli vaziyatlarni shunday holatlarda ham uchratish mumkinki,
o`rganilingan nazariy bilimlar yechimida mavzui o`rganish amaliy yechimlariga mos
kelmasa.
1-
tip. Muammoli vaziyat shunday hollarda ham uchrashi mumkinki, o`quv
topshirigi amalda bajarish uchun o`qituvchida isbot, nazariy asos bo`lmasa.
O`quvchini fiklashga yo`naltirilgan maxsus vositalarni qo`llab, uni fanga qiziqtirish,
erkin fikrlashga o`rgatish, rivojlantirish tizimi yaratib borilsa, buni muammoli ta’lim
deyish mumkin.
O`quvchini faollashtirishda
samarali metod, usullarini an’anaviy ta’limni amalga
oshirishda didaktik yondashuv asosida olib borilishi deb tushuntiriladi.
O`quvchilarning aqliy fikrlashlarni tayyor mavjud bo`lgan yo`llar bilan o`stirish
maqsadida erishishning oddiy usuli bo`lib, u ijodkorlikka, izlanuvchanlikka olib
kelmaydi.
Muammoli ta’lim jarayonida o`quvchi tahlillar asosida qo`llash, sintez qilish,
umumlashtirish, faktik materiallarni aniqlashtirish, o`zi mustaqil yangi axborotni oladi.
Boshqacha aytganda,
bu bilimni kengaytirish, chuqurlashtirishni ilgariga olgan,
o`zlashtirgan bilimlari asosida o`zlashtirish, qo`llay bilishdan iborat.
Olgan bilimlarni yangicha qo`llashda o`qituvchi qo`llanma, darslikdan tayyor qolda
bermaydi, u o`quvchi tomonidan izlab topiladi. Mana shu holat izlanuvchanlik,
sinchkovlik metodida ishlash ko`nikmalarini shakllantiradi.
Aqliy izlanish- juda murakkab jarayon, u asosan muammoli vaziyat vujudga
keltirilganda, aniq muammolar kuchaygandagina vujudga keladi. Agar o`qituvchi
topshiriq berib, uni qanday bajarish yo`lini aytib, uni bajarishga undasa, bu muammoni
yechishga kirmaydi. Bu o`quvchini tanho yechimga o`rgatadi xolos.
O`quvchini
haqiqiy faollashtirish, uni muammoni mustaqil fikrlash, nazariy,
amaliy tomonlarini hisobga olish, tahlil orqali muammo yechimini o`zi o`ylagandek
yakun toptirishga olib kelish kerak.
Muammoli ta’lim an’anaviy ta’limdan o`zining maqsad, prinsip, metodlari,
vazifalari jihatidan keskin farq qiladi. An’anaviy ta’limning bosh maqsadi ilgaridan fanga
ma’lum bilimlarni o`zlashtirish, o`quvchini fanga ma’lum ma`lumot bilan
qurollashtirish, ularda ular haqida tushuncha va malakalar hosil qilishdan iborat.
Muammoli ta’lim darajalari.
Birinchi bosqich. O`qituvchi muammoni to`liq yoritadi va uni yechimini topib
beradi, qarshi savollar yordamida o`quvchilarni fikrlashga ixtiyoriy majbur etadi.
Ikkinchi bosqich. O`qituvchi muammoni qo`yib, uning mazmunini ifodalaydi. Keyin
o`quvchilarni muammo yechimini mustaqil izohlashga yo`naltiradi.
Uchinchi bosqich. O`qituvchi muammoni bayon etmaydi, balki
muammoli vaziyat
yaratadi. O`quvchilar mustaqil fikr yuritib, muammoli vaziyatdan chiqish yo`llarini izlab
topadilar.
5
To`rtinchi bosqich. Bunda o`qituvchi izlanish sohasini belgilaydi xolos, muammoga
yaqinlashib boradi, lekin uning mazmuni va yechimini ko`rsatmaydi.
O`quvchini mustaqil faoliyatga yo`naltiriladi. Muammoli ta’limda o`qituvchi,
o`quvchini murakkab tushunchalar mazmuni bilan tanishtirish jarayonida unga sistemali
ravishda muammolar qo`yib beradi, o`quvchiga axborot beradi, o`quvchi mustaqil
ravishda xulosalar chiqaradi, umumlashtiradi va o`quvchi yordamida ma’lum tushuncha
qoidalar, xulosalar chiqaradi. O`qitish shunday xislatki, o`quvchi o`z faoliyatida ta’lim
mazmunini bayon qilishda qolgan muammolar vaziyatlarni keltiradi. Bir vaqtda
muammoni hal yetishga undaydi.
Muammo – ilmiy bilishni rivojlantirish zarurligini sub`ektiv shaklidir.
Umummuammoli vaziyatda, ya’ni jamiyat rivojlanish jarayonida bilish va bilmaslik
o`rtasida ob`yektiv ravishda vujudga keladigan vaziyat.
Muammoli o`qitish – o`quvchilar o`quv – biluv jarayonida
muammoli vaziyatni
tahlil etish, sintez qilish, umumlashtirish asosida uning yechimi bo`yicha takliflar,
gipotezalar keltiriladi. Qarashlarining to`griligini isbotlashga harakat qiladilar.
Muammoli vaziyat – bu insonning intellektual qiyinchiliklarda paydo bo`lgan
vaziyatlardan chiqish jarayoni ma`sullari va nomas`ullari faktlarga suyanib, maqsad sari
intilishi vaziyatdan chiqa olishga intilishi, qiziqishlar orqali ijodkorlikka mahsulot olishga
yo`l ochadi.
Muammoli vaziyat … muammo… uning yechimini izlab topish… muammoning
yechimi.
O`quv- tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish, ta’lim jarayoniga va o`quv-biluv
jarayoniga «Muammoli o`qitish» didaktikasini joriy etib borish
asosiy ish jarayoniga
aylanmog`i kerak.
Muammoli ta’lim ta’lim- tarbiya jarayonini faollashtirish, o`quvchilarning o`quv-
biluv jarayoniga ehtiyoji qiziqishi, xohishini orttirishga sabab bo`ladi.
Agar o`qituvchi muammoli ta’limning mazmun- mohiyatini yaxshi o`zlashtirib
olsa, o`quv jarayonining shakli va metodlarini, texnik jihatdan jihozlanishini amalda
qo`llay olsa u o`z- o`zidan muvaffaqiyat keltiradi.
O`qituvchining didaktik jihatdan yaxshi tayyorgarligi juda muhimdir. Chunki
muammoli ta’limning nazariy va amaliy jihatlarini atroflicha o`rganish- o`quv jarayonini
san’at darajasiga olib chiqish demakdir, u o`z navbatida o`quvchining ta’lim mazmunini
to`la o`zlashtirib olishga kafolatdir.
Muammoli ta’limni muvaffaqiyatli kechish shartlari
1. O`quv materiallarini muammolashtirish.
2. Bolaning faolligini tashkil etish.
3. O`qitishning bola hayoti, turmush tarzi, mehnati o`yin bilan aloqasi.
Muammoli vaziyatlar yaratish usullari.
1. O`qituvchi bolalarni ziddiyat holatiga keltiradi va o`zlaricha yechimini topishni
taklif qiladi.
2. Amaliy faoliyatdagi ziddiyatlar to`qnashuvini vujudga keltiradi.
3. Bir savolning o`ziga har xil fikrlarni bildiradi.
4. Hodisani har xil pozistiyadan ko`rib chiqishni taklif qiladi.
5. Taqqoslashga, umumlashtirishga, xulosalar chiqarishiga undaydi.
6. Aniq savollar qo`yadi, yechimini so`raydi.