6.Aqliy hujum. Aqliy hujum muammolarni hal qilishda keng qo’llaniladigan samarali metoddir. U
o’quvchilarni mustaqil fikrlashga, o’z tasavvurlari va ijodlaridan foydalanishga undaydi.
Aqliy hujum metodidan darsning uchala bosqichida ham foydalanish mumkin.
Savol - javob metodi: Savollar 3 xil bo’ladi:
1. Yo’naltiruvchi
2. Ma'lumot beruvchi
3. Esga keltiruvchi
Savol - javob metodidan o’tgan mavzuni so’rash va yangi mavzuni mustahkamlash
bosqichida foydalanish yaxshi samara beradi. Savol - javob metodidan foydalangan
holda didaktik (ta'limiy) o’yinlardan foydalanilsa ta'limda samaradorlik (o’quvchilar
faolligi) oshadi.
Bu o’yinlardan biri - "·qo’stingni top" o’yinidir. O’yinni tashkil etish uchun o’tgan
mavzuga doir o’quvchilar soniga qarab savol - javob kartochkalari tayyorlanadi. Barcha
o’quvchilarga bu kartochkalar tarqatiladi. Shovqin bo’lmasligi uchun bir boshdan
savollarni o’qish taklif etiladi. Savolni eshitgan barcha o’quvchilardan birtasiga shu
savolning javobi bor u aytishi lozim. Darsda shunday holatlar bo’ladiki hech kimdan
sado chiqmaydi unda boshqa savolga o’tiladi. O’yin oxirida kimga javob kartochkasi
qolganligi aniqlanadi va bu qaysi savolning javobi ekanligi o’qituvchi va o’quvchilar
yordamida topiladi. Savol - javob metodidan "baliq ovi" o’yinida ham foydalanish
mumkin. Baliqchalar shakli karton qog'ozidan tayyorlanadi, magnit, ip va tayoqchadan
qarmoq tayyorlanadi. Baliqchalarga savol yoziladi. Kartonga skripka bog'lab qo’yiladi.
Biror sovg'adan bo’shagan karobka olinadi, unga baliqchalar solinadi. O’quvchilar
navbat bilan kelib qarmoq tashlab baliqni ovlaydi va savolga javob beradi. Savol - javob
metodidan bahs davomida ham foydalanish mumkin. O’rtaga savol muammo tarzida
tashlanadi. O’quvchilar bu savolga munosabat bildiradilar. To’g’ri javobni topishga
harakat qiladilar.