14
3 Qadam: Taqdimot o’tkaziladi. Bunda o’quvchilar tomonidan yozilgan fikrlar
umumlashtirib aytib beriladi. (Guruhdan 1 o’quvchi spiker aytib beradi).
Bu fikrlarni
doskada bo’r yoki plakatda flomasterlar bilan yozish mumkin.
4. Qadam: Yangi mavzu o’rganiladi.
5. Qadam: Darsni mustahkamlash bosqichida o’quvchilarga quyidagi topshiriq
beriladi. q·izil rangli ruchkalaringizni (yashil, qora bo’lsa ham bo’ladi)
olib yangi
o’rganilgan tushunchalar bilan boyiting.
6. Qadam: Guruhlar taqdimoti o’tkaziladi. Spikerlar qo’shimcha yozganlarni (o’qib)
aytib beradilar. Doskada (boshqa rangli bo’r bilan) yoki plakatda boshqa rangli
flolmasterlar bilan o’quvchilarning qo’shimcha aytgan fikrlari yozib boriladi.
7. Qadam: o’qituvchi umumlashtiradi qo’shimcha adabiyotlardan foydalangan holda
klasterga yana qo’shimcha kiritishi mumkin. (Bu o’qituvchining mahoratiga bog’liq).
3.Tushunchalar asosida bashorat qilish metodi
Yangi mavzu bo’yicha yoki laboratoriya ishi mavzusi bo’yicha
asosiy
tushunchalar to’rtburchak shaklida chizilganlar ichida yoziladi. Masalan: Moddaning
zichligini aniqlash laboratoriya ishi bo’lsin.
1. Qadam: quyidagilar laboratoriya ishi daftariga yoziladi (sana, mavzu, maqsad,
jihozlar). O’quvchilarga quyidagi tushunchalar asosida o’z fikrlaringiz ya'ni
taxminlaringizni yozing deb taklif beriladi.
(o’quvchi laboratoriya ishini bajarish bo’yicha taxminlarini yozadi).
2. Qadam: Ishni bajarish tartibini o’qiydi va laboratoriya ishini bajaradi.
Dostları ilə paylaş: