Musiqa darsida innovatsion dars ishlanmasini tuzish texnikasi
Mundarija
Kirish
Innovatsion faoliyatni talimdagi órni
Innovatsion texnologiyalar yordamida talim samaradorligini oshirish yóllari
Musiqa darslariga innovatsion faoliyatni tasiri
Musiqa darslarini tuzish texnikasida innovatsion usullarni qóllash uslubi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Bugungi Yangi O'zbekiston havotini ta'lim sifatini mutlago yangi bosqichga olib chigish
bo'vicha katta islohotlar bo'layotgan Umummilliy Uyg onish davri - III Renessans uchun poydevor deb atasak, haq gap boladi, nazarimda. Chunki so'nggi villarda eng ko'p o'zgarishlar ta'lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgani hech birimizga sir emas. Jumladan,
Xalq ta'limi sohasida misli ko'rilmagan islohotlar amalga oshirilmogda. Ta'lim-tarbiya maskanlari yangi qiyofada aks etishi bilan bir qatorda, eng zamonaviy o’quv jihozlari, elektron
texnologiyalar, yugori sifatli internet tarmoqlari o'rnatilib, hattoki sinfdagi darslar va ularning mazmun mohiyati tubdan yangilanmogda. Oddiy qilib aytkanda, o’quvchi, bilim oluvchi uchun
barcha shart-sharoitlar yaratilib, yangicha uslub va metodikalar ishlab chiqilmoqda.
Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasida ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish hamda uni rivojlangan davlatlar
darajasiga ko'tarishga davlat siyosatining ustuvor yo' nalishi sifatida
katta e'tibor berib kelinmoqda. Uzluksiz ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimi sifati har ganday davlatning zamon talablariga hamohang
ravishda innovatsion rivoilanishida hal qiluvchi va muhim omil sanaladi. Fan, texnika va texnologiyaning tobora taraggiy etib
borayotgani ta'lim sohasidagi tegishli o'zgarishlarni taqozo etadi.
O'zbekiston Respublikasida oliy ta'limni tizimli isloh qilishning the ustuvor yo'nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak
ma'naviy-axlogiy fazilatlarga ega, mustagil fikrlaydigan yugori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi
bosgichga ko'tarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish ilg'or ta'lim
texnologiyalariga asoslangan holda itimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-sonli "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to' g'risida" gi farmoni qabul qilindi. Bu esa o'z navbatida pedagog kasbining yanada murakkablashuvi,
mas'uliyati va vazifalarining ortishiga olib keladi. Chunki ommaviy ta'limning bugungi sharoitida yangi raqamli avlod bilan ishlash, ularni rivoilantirish, jahon talablariga mos gilib kasbga tayyorlash zamonaviy o'gituvchidan yuksak texnologik bilim, salohiyat va mehnatni talab qiladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning "Yana
bir muammoni hal etish o'ta muhim hisoblanadi: bu pedagoglar va
professor-o' qituvchilar tarkibining professional darajasi, ularning
maxsus bilimlaridir. Bu borada ta 'lim olish, ma' naviy-ma'rifiy kamolot
masalalari va haqiqiy qadriyatlarini shakllantirish jarayonlariga faol
ko'mak beradigan muhitni yaratish zarur", - degan fikrlari katta
ahamiyat kasb etadi.
Bugungi ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashuvi va shiddatli axborot
ogimi davrida XX asrning ikkinchi yarmida paydo bo'lgan "Ta'lim
texnologiyalari" fani mazkur muammoni hal etadi. Ommaviy ta'lim sharoitida ta'lim texnologiyalari - har bir bosqichi va har bir elementi jiddiy ishlab chigilgan, asoslangan, loyihalashtirilgan,
kafolatlanuvchi sifatli yakuniy natijaga mo'lljallangan pedagogik jarayonni tuzish va amalga oshirish imkoniyatini beradi. O'quv faoliyati-bu insonda muvaffagiyatli mehnat faoliyatini
amalga oshirish imkoniyatini ta'minlash maqsadida uni o'qitish hamda
tarbiyalashga garatilgan maqsadli faoliyatdir. Ushbu jarayonning
mohiyati inson tomonidan to'plangan tajriba, bilimlar, malaka va
ko'nikmalar shaklida o zgartirish hamda uni o'sib kelayotgan av-
lodga berishdan iborat. O'quv faoliyati insonning individual rivojlanishi bilan uzviy bog liq va uning hamma fazalarda bolalikdan boshlab, to ulg'aygan davrigacha mavjud bo'ladi. Shuning uchun tarixiy ijtimoiy hodisa hisoblanmish o'quv jarayoni o'z rivojlanish tarixiga ega.
Demak, o'quv faoliyati, boshqa inson faoliyati turlari singari, kishilik jamiyatiga xos bo'lgan obyektiv hodisa sifatida amal qiladi.
Jamiyatning o'zi murakkab va ziddiyatli o'zgarishlarga uchrab turar
ekan, o'quv faoliyati ham insoniyat taraqgiyotining turli rivojlanish
bosqichlarida har xil muayyan shakllarga ega bo'ladi. Masalan, O'zbekistonda mustagillik go'lga kiritilgandan so'ng ta'lim sohasida bir gator muhim hujjatlar gabul qilindi va uzluksiz ta'lim tizimi
shaklan va mazmunan yangi rivojlanish bosqichlariga o'tdi, ya'ni o'gitish jarayoni takomillashish yo'liga o'tdi. Shuni ta- kidlash joizki, o'quv faoliyati har doim ham barkamol insonni voyaga yetkazishga, uning ma'naviy va moddiy madaniyatini shakllantirishga o’rgaratiladi.
O'quv faoliyati o'z rivojlanishining hamma bosqichlarida ijtimoiy
yo' naltirilgan magsadga ega. Maqsadli amalga oshiriladigan jarayon hisoblangan o'quv faoliyati ko'p qirralidir. Uning asosini shaxsan
o'gitish jarayoni, ya' ni o'gituvchi tomonidan o'quvchiga bilim, malaka
va ko'nikmalar majmuasiga bevosita berish jarayoni tashkil etadi. O'quv faoliyatining aynan bu tomonini ta'lim berish jarayoni tushunchasi bilan belgilaymiz. O'quv jarayoni deganda-o'quv faolivati, tor ma'noda. bir magsadga yo'naltirilgan ta'lim berish si-
fatida tushuniladi.
Bu o'quv faolivatini asosiv tomoni hisoblanadi. Lekin u o'quv faoliyatining mazmunini to'laligicha yoritmaydi. O'quv faoliyati tarkibiga keng ma'noda, ta'lim berishdan tashqari, yana bir eng
muhim va ma 'suliyatli jarayon-tarbiya kiradi. U o'quv faoliyatining
ajralmas qismi bo'la turib,o'quvchilardan bir gator zarur itimoiy sifatlarni shakllantirishga xizmat qiladi va ikkita o' caro bug liq bo' lgan jarayon hisoblanadi. Ularda o'quv faoliyat ining ikkita vazifasi-ta'lim berish va tarbiyalash vazifalari muayyanlashtiriladi. Ikkala jarayon
ham bir-biridan farqli ravishda o'zining aniq magsad va vazifalariga ega bo'lishiga garamasdan, ular mohiyati jihatidan bitta ijtimoiy maslak-jamiyat a'zolarining komilligini ta' minlashga xizmat giladi.
Shunday qilib, har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi
bo'lgan ta'lim tizimining gay darajada rivoilanganligi bilan belgilanadi.
Mustagillikni mustahkamlashning strategik yo'lida og’ ishmay
davom etayotgan va iqtisodiyotni erkinlashtirish yo'liga kirib bora-
yotgan mamlakatimizda ta 'lim tizimini isloh qilish, unga rivojlangan mamlakatlarning ilg'or texnologiyalarini joriy qilish. Milliy qadriyatlarimizni singdirgan holda ta'limni tashkil etish bu jarayonni puxta va samarali amalga oshirish ishlari bugungi kunda davlat siyosati darajasiga ko'tarildi.
Mustaqil O'zbekistonning kelajagi bo lgan avlodni tarbiyalash nozik, nihoyatda katta diqqat-e tiborni talab qiladigan, ichki ziddiyatli jarayondir. Shunday ekan, o'qituvchi o'quvchi yoki talaba-
ning shakllanish jarayonini zo'r havas va sinchkovlik bilan kuzatishi lozim. U pedagogik jarayonni boshqarar ekan, pedagogik bilim va mahorat egasi bo'lishi lozim. Shundagina o'qituvchi pedagogik
hodisalarning mohiyatini va dialektikasini, pedagogik mehnat me-
todi, kasb va texnologiyasini va professional pedagogikani tushunib
yetadi. Pedagogik bilim va mahorat egasi bo'Igan o'qituvchi, avvalo, pedagogika fanining metodologik asoslarini, shaxs rivojlanishining kutubxonasi qonunivatlari va omillarini, kadrlar tayyorlash milliy dasturining
mohiyati, maqsad va vazifalarini bilishi kerak. Ta'lim tizimida mehnat gilayotgan pedagoglarning ko'pchiligi ta lim va tarbiya jarayonida pedagogik mahoratning zaruriyati va ahamiyatini tobora chuqur anglab bormoqdalar.
Shuningdek talim jarayoniga yangicha yondashuv sifatida kirib kelgan “innovatsion texnologiyalar” talim samaradorligini kundan kunga oshirib bormoqda. Xozirgi zamon talabidan kelib chiqgan xolda biz, bólajak pedagog sifatida nafaqat fanga oid bilimlar, balki innovatsion texnologiya, interfaol usullar, texnologik metodlar asosida darsni tashkillash yóllarini ham puxta órganishimiz zarur.
Dostları ilə paylaş: |