24.Plakat bo’yicha taqdimot
Plakat bo’yicha taqdimot o’quvchi doskaga chiqib osib qo’yilgan plakatdagi
rasmlarga qarab mavzuni aytib beradi. Plakat bo’yicha taqdimotni hali yangi
mavzuni o’tmasdan turib ham amalga oshirish mumkin.
25.Fizik diktant
Fizik diktant juda qisqa vaqtda barcha sinfdagi o’quvchilardan so’rashning
yo’lidir. Bunda bola mustaqil ishlaydi. O’quvchilarga o’tgan mavzu bo’yicha
diktant olish mumkin. Bunda o’tgan mavzuga doir formula, asbob, birlik, fizik olim
haqida savollar og'zaki beriladi, o’quvchi savolni eshitib (yozmay) javobini
daftariga yozadi. Masalan: o’tgan mavzuda "Moddaning zichligi" mavzusi
o’tilgan bo’lsa savollarni quyidagicha tanlash mumkin.
1. zichlik formulasi.
2. zichlik birliklari
3. zichlik qanday kattalik (vektor yoki skalyar)
4. - zichlikni o’lchovchi asbob ( qurilmalar nomi).
5. Modda zichligini aniqlagan vatandoshimiz nomi.
29
6. . 1000 kg/m
3
necha g/sm3ga teng.
7. Suvning zichligi nechiga teng?
8. Nima uchun kerosin suvning ustida joylashadi?
Diktant yozilgandan so’ng o’quvchilarga yozilmagan qismiga "so’roq"
belgisini qo’yish taklif etiladi, javoblari doskaga yoziladi va o’quvchiga o’z ishini
baholash so’raladi.
26.Suhbat metodi
Davra suhbati shaklida tashkil etish yaxshi samara beradi. Davra suhbatini
tashkil etish uchun biror muammoli, mavzuni aytish kerak. O’quvchilar navbat
bilan fikrlarini aytadilar.
27.Debat (Bahs) metodi
Debat (Bahs) o’tkazish uchun o’rtaga biror muammo tanlanadi. Muammoga
qarab o’quvchilar 3 guruhga ajraladilar. (ha, yo’q, betaraf). Muammoga “ha"
munosabatda bo’lganlar 1 guruh "Yo’q" munosabatda bo’lganlar 2 chi guruh,
“betaraflar” 3-guruh bo’ladilar. Navbat bilan o’z nuqtai nazarini aytib o’zini
himoya qilishga 1 daqiqadan vaqt beriladi.
Betaraflar ikkala guruh o’quvchilarning fikrlarini tinglab o’z ixtiyorlari bilan
"ha" yoki "yo’q" deganlar guruhlariga qo’shiladilar. Himoya davomida "ha"
guruhidan "Yo’q" guruhiga o’quvchilar o’tishlari mumkin va aksincha. Debat 7-
10 daqiqa davom etishi mumkin ( fikrlar bo’lsa yana vaqt berish mumkin).
Yorug’likning to’lqin va zarracha xossalarini o’rgavgandan so’ng quyidagi
muammoni o’rtaga tashlab debat o’tkazdik. "Yorug'lik to’lqinmi?" o’quvchilar "ha"
va "Yo’q" deb munosabat bildirgandan so’ng ularni ajratib 2 ta guruh tashkil etdik.
Betaraflar partada o’tirdilar. "ha" deb munosabat bildirganlar guruhiga "Ibn Sino",
"Yo’q" deb munosabat bildirganlarga "Beruniy" deb nom qo’ydik.
O’z nuqtai nazarlarini aytib himoya qilish uchun navbat bilan guruhlar
fikrlarini bildiradilar. Bu fikrlar quyidagicha edi:
Beruniy guruhi:
(1 o’quvchi gapiradi)
Yorug'lik zarrachadir.
Yorug'likning to’g'ri chiziq bo’ylab tarqalish qonunini eramizdan 300 yil oldin
yashab o’tgan Yevklid o’z asarlarida yozib qoldirgan.
Ibn Sino guruhidan 1 o’quvchi
yorug'lik to’lqinidir, chunki u quyosh va yulduzlardan bizgacha yetib keladi.
Yorug'likning tarqalishi vaqti mavjud. 1676 yilda mashhur daniyalik olim
Reomer yorug'lik tezligini o’lchadi. Zarracha hech qachon 300000 km/s tezlik bilan
harakatlanishini tasavvur qilganmisiz?
Beruniy guruhi:
Yorug'lik zarrachadir. Uning sinish hodisasi eramizdan 350 yil oldin yashagan
Aristotelga ma'lum bo’lgan. Vatandoshlarimiz Beruniy, Ibn Sinolar yorug'likning
sinishi natijasida 7 xil spektrga ajralishini kamalak hodisasining sababini
tushuntirganda aytganlar. “Yomg'ir yog'ayotgan ayni bir paytda quyosh charaqlab
tursa yorug'lik nuri yomg'ir tomchisidan sinib o’tadi va kamalak hodisasi hosil
bo’ladi.”
Beruniy guruhi:
30
Yorug'lik zarrachadir. Uning zarra ekanligini yorug’likning nurlanishi va
yutilishi kabi hodisalar tasdiqlaydi. Bu hodisalar sababini tushuntirish uchun
zarracha - korpuskular nazariyani qo’llashga majbur bo’lasiz. Buni qanday
tushuntirmoqchisiz?
Ibn Sino:
Yorug'lik to’lqindir. Yorug'likning monoxromatik manbalari, lazerlar
yaratilishi uning to’lqin ekanligini tasdiqlaydi.
Beruniy:
Yorug'lik zarrachadir. 1960 yilda yorug'likning monoxromotik manbalari
lazerlar yaratildi. Lazer yoruo'likning zarracha ekanligi tasdiqlaydi.
Ibn Sino guruhi:
Yorug'lik to’lqindir. Reomer tomonidan yorug'lik tezligi aniqlangandan
so’ng Nyuton zamondoshi Gyugens yorug'likni to’lqin deb qarashni taklif qildi,
lekin u to’lqinning mazmunini ochib bera olmasada, yorug'lik impulslarining
yo’nalishini ko’rsatadigan prinsipni ochib berdi.
Buruniy guruhi:
Yorug'lik zarrachadir, uning sinish hodisasi eramizdan 350 yil oldin yashagan
Aristotelga ma'lum bo’lganligini yana bir marta ta'kidlab quyidagilarni qo’shimcha
qilmoqchiman. Buyuk ingliz olimi Isaak Nyuton yorug'likni quyosh tanasidan
ketma-ket chiqib kelayotgan yorug'lik zarralarining oqimi deb qarab, bu
zarralarning tarqalish harakatini to’g'ri chiziqli deb hisoblaydi. Bu ta'limot
Nyutonning korpuskulyar nazariyasi deb ataladi.
Ibn Sino:
1802 yilda ingliz fizigi Yung yorug'likning interferentsiya hodisasini tajribada
o’rgandi. 1815 yilda Gyugens prinsipini Frenel to’ldirdi.
Beruniy guruhi:
Yorug'lik zarrachadir 1887 - 1888 yillar fotoeffekt hodisasi aniqlandi, 1900
yilda yorug'lik bosimi Lebedov tomonidan o’lchandi.
Ibn - Sino:
"Yung yorug'lik interferentsiyasi hodisasini tajribada o’rgandi" deb yana bir
marta ta'kidlab quyidagilarni qo’shimcha qilmoqchiman. Bular yoruo'likning
to’lqin ekanligini tasdiqlaydi. Yung yoruo'lik to’lqinining ko’ndalang ekanligini
isbotladi. 1846 yilda Faradey yoruo'lik hodisalari bilan elektromagnit hodisalari
orasida bog'liqlik borligini topdi.Maksvell nazariy tadqiqotlari bilan yoruo'likning
elektromagnit to’lqin ekanligini ochdi.
"Do’stlar. Bahsni to’xtatinglar. Biz o’tirganlar sizlarni tinglab shunday
xulosaga keldikki yoruo'lik ham to’lqin, ham zarracha xususiyatiga ega bo’lgan
elektromagnit to’lqinlar ekan. Yorug'likning qaytishi, sinishi, nurlanishi, yutilishi
zarracha ekanligini isbotlasa, yorug'likning difratsiyasi, interferensiyasi,
qutublanishi kabi hodisalar uning to’lqin ekanligini isbotlaydi.
Lazer yaratilgandan so’ng o’sha bir vaqtning o’zida yorug'lik o’zining
zarracha va to’lqin ekanligini o’zi isbotlaydi".
Bahsning oxirida "Ibn Sino" va "Beruniy" guruhidagi o’quvchilar betaraflarga
qo’shilganliklarini e'lon qiladilar.
31
Nyutonning birinchi qonuni o’rganilgandan so’ng quyidagi muammo
ustida Debat (bahs) tashkil etganda o’quvchilar juda ham faol qatnashadilar.
Muammo: "Inersiya hodisasi foydalimi? yoki zararli?" o’quvchilar bu
muammoga "ha" "foydali" va "Yo’q" "zararli" deb munosabat bildiradilar. "Ha"
degan o’quvchilar guruhi o’zini guruhiga "Farobiy", "Yo’q" degan o’quvchilar
guruhiga "Ahmad Donish " deb nom qo’ydi. Betaraflar o’rta qatordagi partada
o’tirdilar.
Bu guruhlar o’z nuqtai nazarlarini quyidagi fikrlar bilan yoqladilar.
Farobiy guruhidan 1 o’quvchi:
Inersiya hodisasi foydali. Inersiya bizlarga elektroenergiya hamda
yoqilg'ini tejashga imkon beradi.
Masalan: Elektrovoz mashinisti manbani o’chirib qo’ydi, elektrovoz esa
inersiya hodisasi natijasida o’z harakatini davom ettiradi.
Ahmad Donish guruhidan 1 o’quvchi:
Inersiya hodisasi zararli. U hayotda faqat halokatlarni tug'diradi.
Misol: Yo’lni kesib o’taman deb bola mashina ostiga tushdi, shikastlandi.
Bunga (shofyor) haydovchi emas inersiya hodisasi sababchi. Shofyor tormoz berdi,
inersiya hodisasi tufayli mashina o’z harakatini davom ettirdi.
Farobiy:
Inersiya hodisasi foydali. Termometr asbobining ishlashi inersiya hodisasi
tufaylidir. Asbobni bir marta silkitib qoqib qo’ygandan keyin simob inersiya tufayli
pastga tushadi.
Yangi o’lchashlarga tayyor bo’ladi.
Ahmad Donish.
Inersiya hodisasi zararli ishni tugatib stanokni o’chirgan kishi qo’lini olishga
ulgura olmadi. Natijada barmoqlaridan ajraldi. Betaraflardan
1 o’quvchi turib quyidagi fikrlar bilan Debat (bahs) ni tugatishni taklif qildi.
"Biz bahsdan shunday xulosaga keldikki inersiya hodisasi foydali ekan, lekin
e'tiborsizlik qilsak zararli bo’lib qolar ekan. Zararsiz bo’lib qolishi uchun yo’l
harakati qoidalariga rioya qilib yo’ldan o’tish kerak. Avtomobilni to’xtatish uchun
tormozni bosgandan so’ng ham inersiya hodisasi tufayli u o’z harakatini davom
ettirishni hisobga olish lozim. qolaversa erkin g'ildirash yo’li borligini ham esdan
chiqarmaslik lozim. Inson tabiatda bo’ladigan hodisalarni o’rganib, undan to’g'ri
foydalanishi lozim. o’quvchilar betaraflar guruhiga qo’shilganliklarini e'lon
qiladilar
Dostları ilə paylaş: |