Yorug‘lik interferensiyasi Reja: Interferensiya hodisasi Nyuton halqalari. Yung tajribasi



Yüklə 4,16 Kb.
tarix16.05.2023
ölçüsü4,16 Kb.
#113968
Yorug‘lik interferensiyasi Reja Interferensiya hodisasi Nyuton -fayllar.org


Yorug‘lik interferensiyasi Reja: Interferensiya hodisasi Nyuton halqalari. Yung tajribasi

Yorug‘lik interferensiyasi
Reja:
1.Interferensiya hodisasi
2.Nyuton halqalari. Yung tajribasi
3.Interferension had tushunchasi va kogerentlik muammosi
4.Xulosa

Interferensiya hodisasi
Interferensiya - yorug‘likni to‘lqin tabiatini namoyon bo‘lishining bir isbotidir. Interferensiya so‘zi lotin tilida interfere – “xalaqit bermoq” degan ma’noni anglatadi. Bu juda qiziq va chiroyli manzara ma’lum shartlar bajarilganda, ikkita yoki bir nechta to‘lqinlarning qo‘shilishi natijasida kuzatiladi. Ikki yorug‘lik to‘lqini qo‘shilib, bir-birini kuchaytiradi yoki susaytiradi. Natijada ekranda markazi bir nuqtada yotuvchi yorug‘ va qorong‘i halqalar navbat bilan joylashadi. Bular interferension maksimum va minimum deb yuritiladi. Interferensiya hodisasini biz kundalik hayotimizda juda ko‘p kuzatganmiz. Masalan, suv betiga to‘kilgan neft maxsulotlarining har xil rangda tovlanishi, kapalaklar qanotining Tovlanishi, «Havoga uchirilgan sovun pufagi atrofdagi narsalarga xos bo‘lgan barcha ranglar bilan tovlanadi. Sovun pufagini tabiatning eng ajoyib, eng nozik mo‘jizasi desa bo‘ladi» deb ta’riflagan edi Mark Tven.
Sovun pufagining kishiga shunchalik zavq baxsh etishiga xuddi ana shu yorug‘lik interferensiyasi sababdir. Ingliz olimi Tomas Yung yupqa pardalarning har xil rangda tovlanish sababini biri pardaning tashqi yuzasidan, ikkinchisi esa ichki yuzasidan qaytuvchi 1 va 2 to‘lqinlarning qo‘shilishidan deb tushuntirish mumkin, degan genial fikrni maydonga tashladi.
Sovun pufagining kishiga shunchalik zavq baxsh etishiga xuddi ana shu yorug‘lik interferensiyasi sababdir.
Agar singan ikkinchi to‘lqin qaytgan birinchi to‘lqindan to‘lqinlar uzunligining butun soni qadar kechiksa, yorug‘lik kuchayadi. Agar ikkinchi to‘lqin birinchi to‘lqindan to‘lqin uzunligining yarim to‘lqinlarining toq soni qadar kechiksa, yorug‘lik zaiflashadi.To‘lqinlarning qo‘shilishida turg‘un interferension manzara hosil bo‘lishi tuchun to‘lqinlar kogerent bo‘lishi, ya’ni ularning to‘lqin uzunliklari bir xil va fazalari farqi o‘zgarmas bo‘lishi kerak.
Pardaning tashqi va ichki yuzalaridan qaytgan to‘lqinlarning kogerent bo‘lishiga sabab shuki, bu to‘lqinlarning ikkalasi ham bitta yorug‘lik dastasining qismlaridir.
Ikkita odatdagi mustaqil manbadan chiqadigan to‘lqinlarga kelsak ular interferension manzara hosil qilmaydi, chunki bunday manbalardan chiqadigan ikki to‘lqinning fazalari farqi doimiy emas.
Yung rangdagi farq to‘lqin uzunligidagi (yorug‘lik to‘lqinlarning chastotasidagi) farqda ekanligini ham tushundi.
Laboratoriya sharoitida interferensiya hodisasini birinchi marta kuzatishga Nyuton muvoffaq bo‘ldi. Bu tajribaning mohiyati quyidagidan iborat: Linza bilan o‘zaro tegib turgan shisha plastinkadan yorug‘likning qaytishi natijasida konsentrik halqalar vujudga keladi. Bu halqalar fanda Nyuton halqalari deb nom olgan. Birinchi nur linzadan o‘tib, shisha plastinkadan qaytib (havo qatlamining ichki va tashqi chegarasidan) linzaning chegarasidan qaytgan ikkinchi nur bilan qo‘shilib interferension manzarani hosil qiladi.

rasm. Nyuton halqalarini kuzatish.


rasm. Nyuton halqalarining yashil va qizil nurlarda hosil bo‘lishi.


Nyuton interferension halqalarni hosil bo‘lishini korpuskulyar nazariya nuqtai nazaridan tushuntira olmadi, lekin Nyuton yorug‘likda qandaydir davriylik borligini tushunardi. Tarixda birinchi marta interferensiya hodisasi Yung tajribasida (1802 yil) to‘lqin nuqtai nazaridan kelib chiqib tushuntirildi. Yung tajribasini chizmasi keltirilgan.


http://fayllar.org
Yüklə 4,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin