TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI ______________________________________________FAKULTETI _____________________________________________________- YO’NALISHI ____-BOSQICH __________ - GURUH TALABASI _________________________________NING _________________________________________________________FANIDAN TAYYORLAGAN KURS ISHI
Topshirdi : __________________ Qabul qildi : __________________ Termiz 2023 – yil LAZER NURINI MODULYATSIYA QILISH Mundarija Kirish…………………………………………………………………………….3 Asosiy qism I bob . . LAZERLAR HAQIDA TUSHUNCH 1.1. Yorug’lik haqida boshlang’ich ma’lumotlar..………………………………6
1.2. Spontan va majburiy nurlanish. yorug‟likning yutilishi..….………..……..10
II bob. SO2 lazer. 2.1. Lazerlarning ishlash prinsiplari..……………………………………………..18
2.2. Lazer nurlarining hossalari: monoxramatiklik, kogerentlik, yo‟nalganlik, ravshanlik………………………………………………………………………...22
Xulosa……………………………………………………………………………25 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………………..25
KIRISH Lazer so‟zi inglizcha “laser” so‟zidan olingan. “Laser” so‟zi esa “Light Amplification by Stimulated Emission of Ratiation” iborasining bosh harflaridan olingan bo‟lib, “Majburiy nurlanish tufayli yorug‟likning kuchayishi” ma‟nosini anglatadi. Lazer nurlanishi ultrabinasha, infraqizil va ko‟zga ko‟rinadiga diapazondagi elektromagnit to‟lqinlardir. Bu to‟lqinlar atom va molekulalarning majburiy (stimullangan) nurlanishiga asoslanib hosil qilinadi. Bunday nurlanish hosil qiluvchi qurilmani lazer yoki optik kvant generator (OKG) deyiladi.
Sovet fizigi V.A. Fabrikant 1940-1941 yillarda gaz razryadi spektrini o‟rganish ishlari davomida “majburiy nurlanish hisobiga” yorug‟lik intensivligini kuchaytirish mumkinligini isbotladi. 1955 yilda Sovet fiziklari A.M. Proxorov va N.G. Basov o‟ta yuqori chastotali birinchi kvant generatorini yaratdi. Bu mikroto‟lqin diapazonidagi optik kvant generator-mazer edi. 1958 yilga borib Proxorov va Basov bilan ayni bir vaqtda AQSH fizigi CH. Tauns ko‟zga ko‟rinadigan yorug‟lik spektri diapazonida kvant generatori-lazer qurish mumkinligini ilmiy va amaliy isbotladilar. Optika bo‘limida yorug‘lik hodisalari va qonunlari, yorug‘likning tabiati hamda uning modda bilan o‘zaro ta’siri o‘rganiladi. Qadimgi olimlarning, yorug‘lik o‘zi nima, degan masala to‘g‘- risidagi dastlabki tasavvurlari nihoyatda sodda edi. Ular ko‘zdan juda ingichka maxsus paypaslagichlar chiqib, ular narsalarni pay- paslaganda ko‘rish tuyg‘usi hosil bo‘ladi, deb hisoblar edilar. Bun- day qarashlar to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tishga hozir zarurat bo‘lmasa kerak, albatta. Biz yorug‘likning o‘zi nima, degan masala to‘g‘risidagi ilmiy tasavvurlarning rivojlanishini qisqacha ko‘rib chiqamiz.
Yorug‘lik manbayidan, masalan, elektr lampadan yorug‘lik hamma tomonga tarqaladi va atrofdagi narsalarga tushib, ularni isitadi. Yorug‘lik ko‘zimizga tushib, ko‘rish tuyg‘usi hosil qiladi. Yorug‘lik tarqalishida ta’sir bir jismdan (manbadan) boshqa jismga (qabul qilgichga) uzatiladi deyish mumkin.
Manbadan qabul qilgichga ta’sir uzatishning mumkin bo‘lgan ikki usuliga muvofiq ravishda, yorug‘likning o‘zi nima, uning tabiati qanday, degan masalaga oid mutlaqo har xil ikki nazariya paydo bo‘ldi va rivojlana boshladi. Bu nazariyalar XVII asrda qariyb bir vaqtda paydo bo‘ldi.
Bu nazariyalardan biri Nyuton nomi bilan, ikkinchisi esa Gyuygens nomi bilan bog‘liq.
Nyuton yorug‘likning korpuskularnazariyasi ijodchisi edi. Bu nazariyaga ko‘ra, yorug‘lik — manbadan har tarafga tarqaluvchi zarrachalaroqimidan(moddaning ko‘chishidan) iborat.
Gyuygensning tasavvurlariga ko‘ra, yorug‘lik alohida, faraziy muhitda — butun fazoni to‘ldiruvchi va barcha jismlarning ichiga singuvchi efirda tarqaladigan to‘lqindan iborat.
Ikkala nazariya ham alohida-alohida holda uzoq vaqt mavjud bo‘lib keldi. Ularning hech biri ham ikkinchisi ustidan g‘alaba qozona olmadi. Nyutonning obro‘sigina ko‘pchilik olimlarni korpuskular nazariyani afzal ko‘rishga majbur etdi. Yorug‘lik tarqalishining o‘sha vaqtda tajribadan ma’lum bo‘lgan qonunlarini ikkala nazariya ham ma’lum darajada muvaffaqiyat bilan izohlab berar edi.
Yorug‘lik dastalari fazoda o‘zaro kesishganda bir-biriga hech qanday ta’sir etmasligining sababini korpuskular nazariya asosida izohlab berish qiyin edi. Yorug‘lik zarrachalari o‘zaro to‘qnashib, har tarafga sochilishi kerak-ku, axir.
Òo‘lqin nazariya buni oson izohlab bera olar edi. Masalan, suv betidagi to‘lqinlar bir-biri orqali bemalol o‘tadi va bunda ular o‘zaro ta’sir etmaydi.
Ammo yorug‘likning to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tarqalishini va buning natijasida aniq soyalar hosil bo‘lishi sababini to‘lqin nazariya asosida izohlab berish ancha qiyin edi. Korpuskular nazariyaga ko‘ra esa yorug‘likning to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tarqalishi inersiya qonunining natijasi deb qaralar edi.
Yorug‘likning tabiati to‘g‘risidagi bunday nomuqim ahvol XIX asrning boshigacha, yorug‘lik difraksiyasi (yorug‘likning to‘siqlarni aylanib o‘tishi) va yorug‘lik interferensiyasi (yorug‘lik dastalari bir-biri ustiga tushganda yoritilganlikning kuchayuvi yoki zaif- lashuvi) hodisalari kashf etilgan vaqtgacha davom etib keldi.
Tajriba va nazariyaning ko‘rsatishicha, yorug‘lik nuri shaffof muhitlarda yorug‘likning tezligidan kichik bo‘lgan tezliklar bilan tarqalar ekan. Òurli shaffof muhitlarda yorug‘likning tarqalish tezligi turlicha bo‘ladi. Barcha nuqtalarda yorug‘likning tarqalish tezligi bir xil bo‘lgan muhit bir jinsli muhit deb ataladi. Yorug‘lik bir jinsli muhitda to‘g‘ri chiziqli tarqaladi. Ikki xil muhit chegarasida nur o‘zining yo‘nalishini o‘zgartirib, bir qismi birinchi muhitga qaytadi. Bu hodisa yorug‘likning qaytishi deb ataladi. Yorug‘likning qolgan qismi esa ikkinchi muhitga o‘tib, uning ichida tarqalishini davom ettiradi.
Ikki muhit orasidagi chegaraning xossalari qanday bo‘lishiga qarab, qaytishning xarakteri turlicha bo‘lishi mumkin. Agar chegara notekisliklarining o‘lchami yorug‘lik to‘lqinining uzunligidan kichik bo‘lsa, bunday sirt ko‘zgusimon sirt deb ataladi. Ana shunday sirt (masalan, silliq shisha sirti, yaxshilab jilolangan metall sirti, simob tomchisining sirti va boshqalar)ga ingichka parallel yorug‘lik dastasi tushsa, yorug‘lik nurlari sirtdan qaytgandan keyin ham parallel nurlar dastasi ko‘rinishida qoladi. Yorug‘likning bunday qaytishi tekisqaytishdeyiladi (10- rasm).
Agar sirtdagi notekisliklarning o‘lchami yorug‘lik to‘lqini uzunligidan katta bo‘lsa, ingichka shu’la chegarada sochiladi. Yorug‘lik nurlari qaytgandan keyin turli yo‘nalishlarda tarqaladi. Bunday qaytish tarqoqqaytish yoki diffuzqaytishdeb ataladi.
Yorug‘likning qaytishi quyidagi qonunga asosan sodir bo‘ladi:
1.Òushuvchi A nur va ikki muhit chegarasida nurning tushish nuqtasiga o‘tkazilgan perpendikular qaysi tekislikda yotsa, qaytgan nur Bham shu tekislikda yotadi.
2.Qaytish burchagi tushish burchagiga teng: α = µ. Yorug‘likni yaxshi qaytaruvchi ideal silliq sirtga ko‘zgudeyiladi.
Agar ko‘zgu sirti yassi bo‘lsa, unga yassiko‘zgudeyiladi. Parallel nurlar dastasi yassi ko‘zgudan qaytgandan keyin yana parallelligicha qolib, o‘z tarqalish yo‘nalishini o‘zgartiradi.
Yorug‘likning qaytish qonuniga binoan ko‘zguda tasvir qanday hosil bo‘lishini qarab chiqaylik. Har qanday nuqtaning tasvirini eng kamida ikkita nur yordamida hosil qilish mumkin. Agar tasvir ko‘zgudan qaytgan nurlarning kesishishidan hosil bo‘lsa, unga haqiqiytasvirdeyilib, nurlarning davomi kesishishidan hosil bo‘lgan tasvirga mavhumtasvirdeyiladi.