1-ma’ruza. Kirish. Fanni o‘qitish va maqsadlari. Kinematika asoslari



Yüklə 60,59 Kb.
səhifə1/12
tarix07.01.2024
ölçüsü60,59 Kb.
#206653
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1-ma’ruza. Kirish. Fanni o‘qitish va maqsadlari. Kinematika asos-fayllar.org


1-ma’ruza. Kirish. Fanni o‘qitish va maqsadlari. Kinematika asoslari




1-ma’ruza. Kirish. Fanni o‘qitish va maqsadlari. Kinematika asoslari. Fanning
texnika va boshqa tabiiy fanlar bilan aloqasi va bu fanlar rivojidagi ahamiyati. Mexanika
haqida umumiy ma‘lumot. Koordinatalar tizimi. Fazo va vaqt. Vektor kattaliklarni ularning
koordinatalari orqali ifodalash. Fizik masalalarga tatbiq etilishda hosila va integralning ma‘nosi
haqida. Kinematika elementlari. Fizik modellar: moddiy nuqta (zarra yoki korpuskulyar),
moddiy nuqtalar tizimi, absolyut qattiq jism, yaxlit muhit. Modda, maydon va fizik vakuum
tushunchalari.
Reja: 
1. Fizika fani. Fizikaviy tadqiqot usullari, tajriba, gipoteza, ilmiy izlanish, nazariya.
2. Fizika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Fizika tarixining muhim bosqichlari. Texnikani
rivojlanishida va muxandislik kasbini egallashda fizikaning roli.
3. Fizikaviy kattaliklar va ularning o‗lchov birligi. Fizikaviy birliklarning xalqaro sistemasi.
Tayanch iboralari: Fizika, materiya, harakat, fizik qonun va hodisa, tajriba, kuzatish,
eksperiment, gipoteza, fizik nazariya, fizik model, fizika va texnika, fizik qonuniyatlar, fizik
kattaliklar, asosiy va qo‗shimcha hosilaviy birliklar,
1. Fizika fani. Fizikaviy tadqiqot usullari, tajriba, gipoteza, ilmiy izlanish, nazariya. 
Biz yashab turgan, hayot kechirayotgan gallaktikamiz (Quyosh va uni atrofida
aylanayotgan to‗qqizta planeta va yulduzlar sistemasi) juda ko‗p asrlardan beri mavjud. Yerimiz,
tabiatimiz, yetti osmonimiz gallaktikaning bir bo‗lagi bo‗lib, tirik organizmlar va odamzod
maskani sifatida paydo bo‗ldi. Tabiat hodisalarini, jarayonlarini va qonunlarini o‗rganish juda
qadimdan boshlangan. Tabiat sirlarini o‗rganish, qonunlarini ochish asosida insoniyat o‗zining
turmush sharoitini, yashash imkoniyatlarini yaxshilab bordi. Tabiat sirlarini o‗rganish o‗z
navbatida, o‗z zamonidagi fikrli, mulohazali, ilg‗or kishilarni o‗ziga tortdi. Qadimgi
Yunonistonda tabiat hodisalarini o‗rganuvchi tabiatshunoslik fani vujudga keldi.



Yüklə 60,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin