1-ma’ruza. Kirish. Fanni o‘qitish va maqsadlari. Kinematika asoslari



Yüklə 60,59 Kb.
səhifə8/12
tarix07.01.2024
ölçüsü60,59 Kb.
#206653
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1-ma’ruza. Kirish. Fanni o‘qitish va maqsadlari. Kinematika asos-fayllar.org

klassik mexanika deyiladi. Klassik mexanika asoslarini I.N‘yuton ishlab chiqqan. Shuning
uchun uni odatda N’yuton mexanikasi deyiladi va yorug‗lik tezligiga qaraganda ancha kichik
tezliklarda harakat qilayotgan makroskopik jismlar harakat qonunini o‗rganadi. Relyativistik
mexanika maxsus nisbiylik nazariyasiga asoslanadi va uni keyinroq ko‗rib chiqamiz.
Yorug‗lik tezligiga yaqin tezliklarda harakat qilayotgan makroskpik jismlar harakat
qonunlarini A.Enshteyn (1879-1955) kashf etgan nisbiylik nazariyasi o‘rganadi. Mikroskopik
jismlar (alohida atomlar va elementar zarrachalar) harakat qonunlariga kelsak, bularni klassik
mexanika tushuntira olmaydi. Ularni kvant mexanika o‗rganadi.
Mexanika quyidagi uch bo‗limni o‗z ichiga oladi: kinematika, dinamika va statika.
Kinematika - jismlar harakatini uni vujudga keltirgan sabablarga qarab emas, balki
ularni harakat davomida qoldirgan izlariga (trayektoriyasiga) qarab o‗rganadi.
Dinamika jismlarning harakat qonunlarini uni vujudga keltirgan sabablarga qarab, ya‘ni
kuch ta‘sirida jismlar harakatini o‗rganadi.
Statika jismlar sistemasining muvozanatlik qonunlarini o‗rganadi. Agar jismlar harakat
qonunlari ma‘lum bo‗lsa, ulardan muvozantlik qonunlarini ham aniqlash mumkin.
Har doim mexanikaning u yoki bu aniq masalasini yechishda xayolan jismlar to‗plamidan
berilgan masalada muhim bo‗lgan jismni ajratib olishga to‗g‗ri keladi. Bunday ko‗rilayotgan
jismlarning xayolan ajratilgan majmuasiga mexanik sistema deyiladi.
Bizni o‗rab olgan hamma jismlar nihoyatda ko‗p sonli molekula va atomlardan tuzilgan
bo‗lib, makroskopik sistemani tashkil qiladi. Jismlarning mexanik xossalari ularning Kimyoviy
tarkibi, ichki tuzilishi va holati bilan aniqlanib, ularni o‗rganish mexanika doirasidan chetga
chiqishi sababli bu masalalar fizikaning boshqa bo‗limlarida ko‗rib chiqiladi. Mexanikada real
jismlarni tavsiflashda konkret masala shartiga qarab moddiy nuqta, absolyut qattiq jism, absolyut
elastik jism, absolyut noelatik jism va shu kabi sodda modellardan foydalaniladi. U yoki bu
modelni tanlash berilgan masalada real jismning barcha muhim o‗ziga xos xususiyatlarini
hisobga olish, hamma ikkinchi darajali, masala echishni qiyinlashtiruvchilarini esa tashlab
yuborish bilan amalga oshirilishi zarur.
Tabiatdagi mavjud jismlarning vaziyatini, xususiyatlarini va harakatlarini o‗rganishda
hamda ular bilan bog‗liq bo‗lgan jarayonlarni tasvirlashda qo‗yilgan maqsadning mohiyatiga
ko‗ra fizikada har hil soddalashtirilgan o‗xshatmalardan (modellardan) foydalaniladi, ya‘ni
mavjud oboektlarni ularning ideallashgan nusxasi-modeli bilan almashtiriladi. SHu maqsadda
fizikaning mexanika bo‗limida moddiy nuqta, mutlaq (absolyut) qattiq jism, uzluksiz (yaxlit)
muhit deb ataladigan mexanikaviy o‗xshatmalardan (modellardan) foydalaniladi.
Mexanik harakatda bir jismning vaziyati boshqa jismlarga nisbatan o‗zgaradi. Mexanik
harakatning eng sodda ko‗rinishi sifatida moddiy nuqta harakatini ko‗raylik.
Moddiy nuqta deganda, shakli, o‘lchami va tuzilishi ko‘rilayotgan masala uchun 
axamiyatga ega bo‘lmagan, lekin ma’lum massaga ega bo‘lgan jism tushuniladi. 
O‘rganilayotgan sharoitda geometrik o‘lchamlari va shakli hisobga olinmaydigan hamda 
massasi bir nuqtaga to‘plangan deb qaraladigan har qanday jism moddiy nuqta deb ataladi.



Moddiy nuqta tushunchasi abstrakt tushuncha bo‗lib, tabiatdagi real jismlarni


ideallashtirish natijasida vujudga keladi va uni kiritilishi tekshirilayotgan aniq masalalarni
yechishni yengillashtiradi.
Moddiy nuqta tushunchasi ilmiy abstraktsiya hisoblanadi. Bu tushunchani kiritganda biz
asosiy e‘tiborni o‗rganilayotgan hodisaning bosh mohiyatini aniqlab beruvchi tomonlarga
qaratib, boshqa xususiyatlar (jismning geometrik o‗lchamlari, tarkibi, ichki holati va bu
xolatning o‗zgarishi kabi xususiyatlar) ni inobatga olmaymiz. Fizika fanida faqat birgina jism
o‗rganilmasdan bir necha jismlar to‗plami ham o‗rganiladi. Bu jismlarni moddiy nuqtalar
to‗plami (tizimi) deb qarash mumkin. Bitta makroskopik jismni ham xayolan mayda
bo‗lakchalarga bo‗lib, bu bo‗lakchalarni o‗zaro ta‘sirlashuvchi moddiy nuqtalar tizimi
(sistemasi) deb tasavvur qilish mumkin.
Ayni bir jismni bir masalada moddiy nuqta deb hisoblash mumkin, boshqalarida esa
mumkin emas. Masalan, Yer va boshqa sayyoralarning Quyosh atrofidagi orbitadagi harakati
ko‗rilayotganda ularni moddiy nuqta deb qarash mumkin, chunki sayyoralar o‗lchami ularning
orbitalari o‗lchamlaridan kichik. Shu vaqtning o‗zida mexanikaning «Yer» dagi barcha
masalalarida Yerni moddiy nuqta deb hisoblash mumkin emas. O‗rganilayotgan mexanik
sistemani tashkil etuvchi har qanday ko‗lami katta jism yoki jismlar sistemasini moddiy 

Yüklə 60,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin