1-ma’ruza. Kirish. Fanni o‘qitish va maqsadlari. Kinematika asoslari


Fizikaviy kattaliklar va ularning o‘lchov birligi. Fizikaviy birliklarning xalqaro



Yüklə 60,59 Kb.
səhifə5/12
tarix07.01.2024
ölçüsü60,59 Kb.
#206653
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1-ma’ruza. Kirish. Fanni o‘qitish va maqsadlari. Kinematika asos-fayllar.org

3. Fizikaviy kattaliklar va ularning o‘lchov birligi. Fizikaviy birliklarning xalqaro 
sistemasi. 
Fizikada aniq o‘lchashlar asosiy rol o‘ynaydi. Bu o‘lchashlarda fizik kattaliklar aniqlanadi.
Fizik kattaliklarga misollar sifatida kuch, tezlik, tezlanish va boshqa kattaliklarni keltirish
mumkin. Fizik kattaliklar jismning xossasini yoki fizik jarayonning xarakteristikasini ifoda
etadilar va ularni aniq miqdoriy tomondan o‘lchash mumkin. Fizik kattaliklarni o‘lchaganda
ularni birlik deb qabul qilingan kattalikka nisbatan solishtirib, miqdoriy belgilanadi. Fizikadagi
barcha ilmiy ishlarda fizik kattaliklarni aniq o‘lchash tajribaning asosiy qismi hisoblanadi.
Fizik kattaliklarni o‗lchash uchun o‗lchov birliklari tanlab olinadi. O‗lchash mumkin
bo‗lgan fizik kattaliklarning birliklari etalon (namuna) larga ega. Fizik kattaliklarning qiymati
deganda, mazkur kattalik etalondan (eski uning nusxasidan) necha marta farqlanishini
ko‗rsatadigan son tushuniladi. Har bir fizik kattalik o‗lchov birligini boshqa fizik kattaliklarga
bog‗liq bo‗lmagan holda mustaqil tanlash mumkin.
Masalan, yettita fizik kattalik uchungina, o‗lchov birligi ixtiyoriy tanlanadi. Bu fizik
kattaliklarning o‗lchov birliklari asosiy birliklar deb yuritiladi. Qolgan barcha fizik
kattaliklarning o‗lchov birliklari bu kattaliklarni asosiy kattaliklar bilan bog‗lovchi qonunlar
(formulalar) asosida tanlanadi. Bunday kattaliklarning o‗lchov birliklari hosilaviy birliklar deb
yuritiladi.
1960 yil oktyabrda fizik kattaliklarning Xalqaro sistemasi qabul qilindi. 1961 yilning 24
avgustida oldingi ittifoqda «Sistema internatsionalnaya» so‗zlarining bosh xarflari bo`yicha SI
(«Es – I» deb o‗qiladi) tarzida belgilangan birliklar sistemasi tasdiqlandi. SI da ettita asosiy birlik
va ikki qo‗shimcha birlik qabul qilingan.
Asosiy birliklar 

Yüklə 60,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin