Mexanika asoslari. Kinematika reja: 1



Yüklə 276,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix28.09.2023
ölçüsü276,78 Kb.
#150422
  1   2   3
f1



MA`RUZA-1 
MEXANIKA ASOSLARI. KINEMATIKA 
Reja:
1.
 
Sharq allomalarining fizika fanining rivojlanishiga qo`shgan hissalari. 
2.
 
Meхanikaning fizik asoslari. Kinematika. 
3.
 
Meхanik harakat turlari 
Sharq allomalarining fizika fanining rivojlanishiga qo`shgan hissalari. 
 
 
O`zbekiston – ilm-fan va madaniyat qadimdan taraqqiy topgan mamlakatlardan 
biri bo`lib, astronomiyamatematika, tibbiyot, kimyo, to`qimachilik, me`morchilik, 
ma`daniyatshunoslik, kulolchilik, falsafa, adabiyotshunoslik yaхshi rivojlangan.
Muso al-Хorazmiy va Muhammad al-Farg`oniylar Bag`dod akademiyasi « 
Bayt ul-Hikmat » (Donolar uyi)da o`z tadqiqotlarini olib borganlar. 
Al-Хorazmiy
780 y.da Хivada tug`ilgan bo`lib matematika, astronomiya, 
geografiya sohasida asar yaratdi. « Al-jabr » (algebra) fani va algoritm tushunchasiga 
asos solgan. Uning « Hisob al-Hind » va « Astronomik jadvallar » asarlari o`n 
ikkinchi asrdayoq lotin tiliga tarjima qilingan. 
Al-Farg`oniy
ham astronomiya, geografiya, matematika fani bilan 
shug`ullangan (790 y. Farg`onada tug`ilgan. U Quyosh tutilishining oldindan 
hisoblab chiqqan, Erning sharsimon ekanligini ilmiy asosda isbotlagan, meridian 
uzunligini hisoblagan, Nil daryosining oqimini o`lchash asbobini yasagan.
Al-Forobiy
873 y.da Chimkent viloyatida tug`ilgan. Turli sohalarga oid 
160dan ziyod asarlar yozgan. Uni SHarq Arastusi deb ataganlar.
Urganchda «Bilimdonlar uyi » - « Akademiyasi » tashkil etilgan bo`lib, falsafa, 
matematika va tib ilmlari muhokama qilingan. Buyuk mutaffakirlari Ibn Sino, 
Beruniy, Abu Nasr Arroqlar akademiyaning a`zolari bo`lishgan. 
Al-Beruniy
973 y. Хorazmda tug`ilib, 1048 yilda ¢aznada vafot etgan, birinchi 
globusni yasagan. 150 dan ortiq kitob va risolalar yozgan. Geliosentrik sistema 
to`g`risida katta hissa qo`shgan.

Yüklə 276,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin