Hisoblanadi. Uning hayotimizdagi o‘rni behisobdir. Maqolada hozirgi davrda milliy falsafani rivojlantirish muammolari haqida so‘z boradi



Yüklə 423,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix27.09.2023
ölçüsü423,54 Kb.
#149727
1   2   3   4
hozirgi-davrda-milliy-falsafani-rivojlantirish-muammolari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 6 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
1015 
w
www.oriens.uz
June
2022
 
hayoti barcha jabhalarining globallashuvi. Bu muammolarni falsafiy nuqtayi 
nazardan anglab etish alohida ahamiyat kasb etadi. Ilmiy yondashuvlardan farqli 
o‘laroq, muammoga nisbatan falsafiy yondashish dalillarni talqin qilishda ko‘proq 
erkinlik berilishi, ilgari surilayotgan qoidalarni isbotlashga nisbatan yengilroq talablar 
qo‘yilishi, mushohadaga asoslangan ta’riflar berish, sub’ektiv baholash huquqi va shu 
kabilar bilan tavsiflanadi. Bunday tadqiqotlar bir qarashda uncha katta ahamiyatga 
ega emasdek bo‘lib tuyulishi ham mumkin. Lekin amalda bunday emas.
Birinchidan, falsafiy tadqiqot oqilona bilishning fanda olingan natijalarni 
tekshirish (verifikatsiya qilish) yoki rad etish (falsifikatsiya qilish) imkoniyati 
yo‘qligi tufayli lozim darajada samara bermagan yoki umuman ojiz bo‘lib chiqqan 
sohasida amalga oshiriladi. Insoniyat oqilona bilishning bundan boshqa usullariga 
ega emas.
Ikkinchidan, falsafiy refleksiya muammoni ko‘rish ufqini kengaytiradi, uni 
tadqiq etishga nisbatan yangicha, o‘ziga xos yondashuvlarni taklif qiladi, shu 
jumladan fanga bunday yondashuvlarni ilgari surishga ko‘maklashadi.
Zero, aniq ta’riflar va ishonchli dalillarga tayanadigan fan o‘z fikrlari va 
xulosalarida bunday erkinliklarga yo‘l qo‘ya olmaydi. Vaholanki, falsafiy tafakkur 
mulohaza yuritish va baholashlarga nisbatan erkin yondashuvsiz o‘zining 
betakrorligini yo‘qotadi. “Falsafaning haqiqiy mojarosi bitta va faqat falsafiy 
sistemalar anarxizmida bo‘lib, uning mohiyati shundaki, falsafiy qarashlarning 
ko‘pligi va ularning ayovsiz o‘zaro kurashi bir butunning ikki tomonini tashkil etadi 
[2, 210]”.
Hamonki plyuralizm falsafada me’yor hisoblanar, har bir alohida miyada esa 
monizmga, ya’ni qarashlarning tartibga solingan, yaxlit va nisbatan ziddiyatlardan 
xoli tizimiga kelish lozim ekan, falsafani qanday o‘zlashtirish, undan qanday saboq 
berish mumkin?
XULOSA 
Butun dunyoda aksariyat faylasuflarni birinchi navbatda ayni shu masala 
qiziqtiradi. Xususan Suqrot, Seneka va o‘tmishning boshqa mutafakkirlari tajribasiga 
tayangan holda: Falsafa faktlarni eslab qolishni o‘rgatmasligi, balki mulohaza 
yuritish va savollarga javob berish qobiliyatini rivojlantirishi lozim. Falsafadan 
saboqlar inson har bir masala yuzasidan mutafakkirlar fikriga murojaat etmasdan
o‘zi mustaqil o‘ylashni va o‘z aqliga quloq solishni o‘rganishini nazarda tutmog‘i 
darkor. Ayni shu sababli falsafaning vazifasi insonga muloqot qilishni o‘rgatish, u o‘z 
shaxsiyatining ahamiyatini ko‘rsatishga emas, balki haqiqatning tagiga etishga 
harakat qilishiga erishishdan iborat. Bu, o‘z navbatida, barcha odamlar o‘ziga 



Yüklə 423,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin