Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 6
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
1013
w
www.oriens.uz
June
2022
HOZIRGI DAVRDA MILLIY FALSAFANI RIVOJLANTIRISH
MUAMMOLARI
Muxtorova To‘tixon
Toshkent davlat texnika
universiteti
“Milliy g‘oya va falsafa” kafedrasi katta o‘qituvchisi
ANNOTATSIYA
Fanlar otasi hisoblanuvchi falsafa bizni o‘rab turgan olamni anglash usuli
hisoblanadi. Uning hayotimizdagi o‘rni behisobdir. Maqolada hozirgi davrda milliy
falsafani rivojlantirish muammolari haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar:
milliy falsafa, texnologiya, falsafa muammolari, umumiy
qonunlar, metodologiyaga, falsafiy tadqiqot, falsafiy refleksiya.
АННОТАЦИЯ
Философия, отец науки, есть способ познания окружающего мира. Его
место в нашей жизни неисчислимо. В статье рассматриваются проблемы
развития отечественной философии в Новое время.
Ключевые слова:
национальная философия, техника, философские
проблемы, общие закономерности, методология, философское исследование,
философская рефлексия.
ABSTRACT
Philosophy, the father of science, is a way of knowing the world around. His
place in our lives is incalculable. The article deals with the problems of the
development of Russian philosophy in modern times.
Key words:
national philosophy, technique, philosophical problems, general
patterns, methodology, philosophical research, philosophical reflection.
KIRISH
Bugungi kunda, tezliklar va yuksak texnologiyalar asrida falsafa kerakmi, u
eskirgani yo‘qmi? Uzluksiz axborot oqimi va surunkali
vaqt tanqisligi sharoitida
muayyan bilim falsafani siqib chiqarmaydimi? Bunday savollar mutlaqo o‘rinlidir,
lekin ularga javobni hayotning o‘zi beradi, u hozirgi vaqt odami oldiga ko‘p sonli,
shu jumladan ilgari hech qachon mavjud bo‘lmagan, butunlay yangi falsafiy
muammolarni qo‘yadi. Jahon hamjamiyati III ming yillikning boshlanishini, biosfera
holati va Yerda hayotning davom etishi uchun o‘z javobgarligini tobora teranroq
anglagan holda qarshi oldi. Ayni shu sababli insonning
barkamol rivojlanishi,
odamlar, xalqlar o‘rtasida, shuningdek jamiyat va tabiat o‘rtasida insoniy, yaxshi
qo‘shnichilik munosabatlarini o‘rnatish masalalari azaliy falsafiy mavzular bilan bir