Hisoblanadi. Uning hayotimizdagi o‘rni behisobdir. Maqolada hozirgi davrda milliy falsafani rivojlantirish muammolari haqida so‘z boradi



Yüklə 423,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix27.09.2023
ölçüsü423,54 Kb.
#149727
1   2   3   4
hozirgi-davrda-milliy-falsafani-rivojlantirish-muammolari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 6 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
1014 
w
www.oriens.uz
June
2022
 
qatorda falsafiy tadqiqotlarda birinchi o‘ringa chiqmoqda. Shu munosabat bilan 
faylasuflar avvalo Yer yuzida ta’limning holati va rivojlanish darajasidan qattiq 
tashvishda ekanliklarini bildirmoqdalar. Ko‘pgina faylasuflar fikriga ko‘ra, hozirgi 
muammolarning aksariyati zamirida aynan qoniqarsiz ta’lim va lozim darajadagi 
tarbiyaning yo‘qligi yotadi. Bu muammolarni yechishda falsafa ham o‘z rolini 
o‘ynashi lozim.
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Falsafa dunyoni anglash usuli sifatida. Bugungi kunda nafaqat ayrim xalqlar, 
balki butun jahon hamjamiyati falsafaga, o‘zining hayotdagi o‘rni va vazifasini 
falsafiy anglab etishga ayniqsa muhtojdir. Falsafa real hayot bilan uzviy bog‘liq va 
doim inson borlig‘ining eng muhim muammolarini anglab etishga qarab mo‘ljal oladi. 
Ayni shu sababli hozirgi davrning muhim muammosi – globallashuv va uni 
falsafadagi butunlay yangi mavzu sifatida falsafiy anglab etish muhim ahamiyatga 
ega. Falsafa predmeti va muammolarini muhokama qilishda alohida diqqatga loyiq 
bo‘lgan boshqa bir mavzu insonni shaxs sifatida tarbiyalash va kamol to‘tirishda 
falsafaning roli va ahamiyatidir. Hozirgi vaqt faylasuflari bunday muammolarni 
yechish ustida ishni davom ettirar ekanlar, – Falsafa nima? U kimga va nima uchun 
kerak? – Falsafaning vazifasi nimadan iborat?, – Falsafadan qanday, qaysi yoshdan 
va nima maqsadda tahsil berish lozim? qabilidagi bir qarashda allaqachon o‘z 
yechimini to‘gan masalalarni yana kun tartibiga qo‘ymoqdalar. Bu haqida ko‘p va 
atroflicha so‘z yuritilgan jahon kongresslari dunyoda falsafa predmet iga, shuningdek 
u ijtimoiy rivojlanishga izchil ta’sir ko‘rsatishga qodir yoki qodir emasligiga, agar 
qodir bo‘lsa, buni u qay tarzda amalga oshirishi mumkinligiga nisbatan yagona 
yondashuv avvalgidek mavjud emasligini tasdiqlaydi. Fikrlarning bunday rang-
barangligi, yuqorida qayd etib o‘tilganidek, falsafaning o‘ziga xos xususiyati, ya’ni u 
fikrlar plyuralizmi, har xil fikrlash imkoniyati bor joydagina mavjud bo‘lishi 
mumkinligi bilan belgilanadi. Gegelning bu to‘g‘risidagi fikri qat’iy: “Har bir falsafiy 
sistema mavjud bo‘lgan va hozirda ham zaruriy tarzda mavjud bo‘lib qolmoqda:
demak, ulaming hech biri yo‘qolmagan, ulaming barchasi bitta yaxlitlikning 
lahzalari sifatida saqlangan [1, 40]”.
Falsafaning unga yaxlit ta’limotga aylanish va tilning birligiga, umumiy 
qonunlar va metodologiyaga tayanish imkonini bermaydigan bu kamchiligi ayni 
vaqtda, u fanlararo kompleks muammolarni yechish talab etiladigan murakkab 
tizimlar bilan ish ko‘rgan holda uning afzalligiga aylanadi. Quyidagilar hozirgi 
vaqtda insoniyat uchun eng muhim fanlararo kompleks muammolar hisoblanadi: 
barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash; ekologiya muammolari; jamiyat 



Yüklə 423,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin