Falsafiy bilimlar tizimi,uning asosiy yo’nalishlari va vazifalari
Reja:
1. Fanlar tizimi, unda falsafaning o’rni va ahamiyati.
2. Falsafiy bilimlar tizimi va uning xususiyatlari.
3. Falsafiy g’oyalar, nazariyalarning asosiy yo’nalishlari va vazifalari.
4. O’zbekistonda falsafiy fanlarni rivojlantirish muammolari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Falsafiy bilimlar tizimi. Dunyoda xilma-xil fanlar bor. Muayyan sohaga oid ilmiy bilimlar tizimi fan deb ataladi. Ular «Tabiiy fanlar», «Ijtimoiy fanlar», «Aniq fanlar», «Texnika fanlari» kabi sohalarga bo’linadi. Jamiyat va insonni o’rganuvchi, ular to’g’risidagi turli bilim sohalarini qamrab oladigan tarix, falsafa, adabiyotshunoslik, tilshunoslik kabi ijtimoiy fanlar yagona fan sohasi — ijtimoiy fanlar sohasiga kiradi. Fizika, ximiya, biologiya, matematika kabi fanlar esa tabiiy fanlar sohasiga mansub. («Fan falsafasi» bo’limida bu masalalarga atroflicha to’xtalamiz). Ushbu mavzuda esa, falsafiy fanlar tizimi nima, bu tizim qanday shakllangan degan masalalar xususida fikr yuritamiz. Ma’lumki, inson o’z qiziqishi va ehtiyojlarini qondirish maqsadida qadim zamonlardan boshlab dunyoni bilishga harakat qilgan. Jamiyat taraqqiyoti yuksalib borishi bilan kishilarning bilim doirasi engayib, tafakkuri rivojlanib borgan. Boshqacha aytganda, bilimlar tizimi insoniyat taraqqiyotini harakatlantiruvchi muharrikka (mexanizmga) aylangan. Qadimgi dunyo tarixidan xabardor bo’lgan kishilar miloddan oldingi VII — II asrlarda Yunoniston va Rimda fan va madaniyat taraqqiy etganini yaxshi biladi, albatta. O’sha davr boshlarida qariyb barcha bilimlar falsafa fani doirasida rivojlanib kelgan edi. Ammo ana shu davrning o’rtalariga kelib «Ritorika» (notiqlik san’ati) va «Politika» (siyosat) kabi fanlar falsafadan ajralib chiqdi. Insoniyat tarixining keyingi bosqichlarida falsafa tarkibidan matematika, fizika kabi aniq fanlarning ajralish jarayoni boshlandi. Qolaversa, keyingi asrlarda ijtimoiy va aniq fanlartizimi shakllandi, ba’zi qadimiy aniq fanlarning o’zi ham (matematika, fizika kabi) muayyan sohalarga (arifmetika, algebra va boshqalar) bo’linib ketdi. Insonning tashqi olamni bilishga bo’lgan intilishi muayyan davrga kelib, falsafiy-nazariy bilimni tarixiy zaruratga aylantirdi. Buning natijasida aqliy va jismoniy mehnat taqsimotining dastlabki shakli vujudga keldi va fanning nazariy jihatlarini o’rganuvchi kishilar toifasi paydo bo’ldi. Avvalgi mavzuda ta’kidlab o’tganimizdek, olam va odamning yaralishi, mavjudlik va rivojlanish qonuniyatlarini afsona va rivoyatlar asosida tushuntirishni maqsad qilib olgan dunyoqarash sohasi «Mifologiya» (mif — afsona, logos- ta’limotdegani) deb ataladigan bo’ladi. Ilohiy va ruhiy qarashlarning o’rni va ahamiyatini mutlaqlashtiradigan tafakkurning bir yo’nalishi «Teologiya» (teo — xudo, logos — ta’limot degani) degan nom oldi. Shunday qilib, insonning bilish jarayoni takomillashib borgani sari mustaqil fanlar izimi ham shakllanaverdi. Jamiyat rivojining muayyan bosqichlariga kelib, mifologik, diniy qarashlar olamni bilish talablariga javob bermay qoldi. Falsafadan fanlarning ajralib chiqishi, uning qashshoqlanishini emas, balki rivojlanish xususiyatini ko’rsatuvchi alomatga aylandi. Taraqqiyot jarayonida falsafadan tabiatshunoslik fanlari bilan birga psixologiya, etika, estetika kabi ijtimoiy fanlar
ham ajralib chiqdi. Keyinchalik madaniyat, qadriyatlar va huquq kabi sohalarni o’rganadigan alohida yo’nalishlar ham paydo bo’ldi. Ular olamni o’z predmeti doirasida yaxlit bilish, uning xususiy qonuniyatlarini o’rganishga yordam beradi. Falsafiy yo’nalishlar, tadqiqot olib boradigan sohasiga ko’ra, o’ziga xos bo’lib, asosiylari quyidagilardir: Ontologiya — olam, inson va jamiyatning ob’ektiv-universal mohiyati to’g’risidagi falsafiy ta’limotdir. Boshqacha aytganda, u borliq to’g’risidagi, insonning olamga bo’lgan munosabati haqidagii falsafiy bilim sohasidir. Gnoseologiya — bilish falsafasi bo’lib, olamni anglash, bilish azariyasi, bilishning shakli, usullari va imkoniyatlari to’g’risidagi ta’limotdir. Aksiologiya — qadriyatshunoslik yoki qadriyatlar to’g’risidagi falsafiy ta’limot. Praksiologiya — insonning predmetli-o’zgartiruvchan, amaliy faoliyati to’g’risidagi falsafiy ta’limot Metodologiya — bilish va o’zgaruvchan faoliyat usullari to’g’risidagi ta’limot. Logika — tafakkur shakllari (tushuncha, hukm, xulosa) va tafakkur vositalarini (ta’rif, qoida, muhokama, tafakkur qonuniyatlari), ularning mazmunidan qat’i nazar, xolis o’rganuvchi ta’limot. Etika — axloq falsafasi, insoniyatning axloqiy tamoyillari, talab va tartib-qoidalari to’g’risidagi fan. Estetika — nafosat falsafasi, jamiyat va inson hayotida go’zallikning o’rni, qonun-qoidalari to’g’risidagi qarashlar majmui. Bundan tashqari, inson falsafasi (antropologiya), ijtimoiy falsafa, tabiat falsafasi, madaniyat falsafasi (kulturologiya), san’at falsafasi, mafkura falsafasi (ideologiya), din falsafasi (teologiya), siyosat falsafasi (politologiya), huquq falsafasi, texnika falsafasi kabi sohalar ham mavjudki, ular bir so’z bilan ijtimoiy-falsafiy fanlar tizimi deyiladi. Ikkinchi xil klassifikatsiya falsafiy fanlar tasnifida olam va odam, borliqning asosi bilan bog’liq masalalar qanday usulda hal qilinishiga qarab belgilanadi. Bunday tasniflash natijasida monizm, dualizm, plyuralizm, materializm, idealizi, teizm, ateizm kabi ko’plab yo’nalishlar ko’zga tashlanadi. Falsafani o’rganish jarayonida bu tushunchalarga hali ko’p duch kelamiz va o’rni kelganda ularga zarur izoh va ta’rif berishga harakat qilamiz. Bu tizimda falsafa tarixi bilimning muhim tarmog’i hisoblanadi. Bunda tadrijiy taraqqiyot tamoyili asosida falsafiy tizimlar o’rtasidagi tarixiy izchillikka tayaniladi. Mazkur qo’llanmada falsafa tarixi ana shunday tamoyil asosida o’rganilgan. Falsafiy bilimlar tizimining o’zgarishi va mazmunan boyib borishi ob’ektiv ijtimoiy-tarixiy jarayon mahsuli bo’lib, u jamiyatning rivojlanish darajasiga mos keladi va uni o’zida ifoda etadi. Falsafiy bilimlar tizimidagi alohida yo’nalish har bir tarixiy davrda o’ziga xos qonuniyatlar asosida rivojlansa ham, ularning umumiy tamoyillari mavjud. Ya’ni, birinchidan, har bir falsafiy bilim yo’nalishi jamiyat rivojlanishida o’ziga xos determinant (sabab) vazifasini bajaradi. Ikkinchidan, falsafiy bilimlar jamiyat taraqqiyotiga ta’sir qiluvchi sub’ektiv omil bo’lsa ham, vujudga kelish asosi - genezisi nuqtai nazaridan ob’ektiv hodisadir. Uchinchidan, falsafiy bilim yo’nalishlarining o’zaro bog’liqlik, aloqadorlik munosabati, ularning dunyoni bilishdagi yaxlitligini ta’minlaydi. Falsafiy g’oyalar va ularning amaliyoti. Insoniyatning yashashi, rivojlanish istiqbollari, orzu-havaslari, intilishlari, umidlari, turmush tarzi g’oyaviy qarashlarda ham o’z ifodasini topadi. Falsafiy g’oyalar, obrazli qilib aytganda, inson hayot tarzining ko’zgusidir. Har qanday falsafiy bilim dastlab g’oya tarzida shakllanadi. Falsafiy g’oya insoniyat oldida turgan muayyan muammoni anglash va uni hal qilish maqsadi, uslub va vositalarining ifodasidir. Kishilarning narsa va hodisalarga o’z ehtiyoj va manfaatlari nuqtai nazaridan yondashishi natijasida muammoga munosabat va uni hal qilishga qaratilgan amaliy, nazariy harakat paydo bo’ladi. Masalan, inson ongli mavjudot ekani bois o’zini muqarrar halokatga olib borishi mumkin bo’lgan g’ayriinsoniy g’oyalarga asoslangan xatti-harakatlarni chegaralashga, ta’qiqlashga qodir. Umumiyroq qilib aytsak, kishilarning yashash, avlod qoldirish, hayotni davom ettirish mayli (instinkti) dunyoda nisbatan barqaror ijtimoiy vaziyatni ta’minlab turadi. Bugungi kunda tinchlik g’oyasi umuminsoniy maqsadlarni birlashtiruvchi falsafiy g’oyaga aylandi. Shu bilan birga, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga javoblarida aytilganidek: «... Odamning qalbida ikkita kuch — bunyodkorlik va vayronkorlik hamisha o’zaro kurashadi. Afsus bilan ta’kidlashimiz lozim: tarix tajribasi shundan dalolat beradiki, inson tabiatidagi insoniylikdan ko’ra vahshiylik, ur-yiqit instinktlari, ya’ni xatti-harakatlarini qo’zg’atish osonroq»6. Bunda ikki xil jihatga e’tibor berish lozim. Birinchisi - tor doiradagi mutaassib kuchlarning g’ayriinsoniy g’oyalarni yoshlar ongiga, turmush tarziga singdirish yo’li bilan o’zlarining muayyan maqsadlariga erishish uchun harakatiga ehtiyot va hushyor bo’lmoq kerak. Ikkinchisi esa, sog’lom kuchlarning ularga qarshi insonni inson degan nomga munosib qilib tarbiyalash va tsivilizatsiyani saqlab qolish hamda rivojlantirish manfaatlari uchun kurashidir. Falsafiy nazariyalarning «yaxshi» yoki «yomon», «foydali» yoki «zararli» ekanini tarixiy tajriba asosida faqat bitta mezon — umuminsoniy manfaatlarga mos keladimi yoki yo’qmi, degan xulosa asosida baholash mumkin. Shuning uchun biz falsafiy g’oya va nazariyalarni baholashda o’z sub’ektiv fikrlarimizni mutlaqlashtirishdan yiroq bo’lishimiz lozim. Falsafiy nazariyalar tizimida «faqat men haqman, boshqalar nohaq» degan tarzda mutlaq haqiqatga da’vogarlik qiladigan g’oya va nazariyalar o’rtasidagi kurash og’ir oqibatlarga olib kelishini tarixiy tajriba qayta-qayta isbotlab bergan. Har qanday manfaat shakllari va darajalari muayyan falsafiy g’oya va nazariyalarda o’z ifodasini topadi. Shu nuqtai
nazardan qaraganda, g’oya va nazariyalar o’rtasida doimiy kurash borishi tabiiy hol. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, «hayotning o’zi turli-tuman g’oyalar kurashidan, bahsu munozaralardan iborat. Taraqqiyotning ma’no-mazmuni, kerak bo’lsa, falsafasi ham shunda... O’z mustaqil fikriga ega bo’lgan, o’z kuchiga, o’zi tanlagan yo’lning to’g’riligiga ishongan inson doimo kelajakka ishonch bilan qaraydi. Jamiyatdagi fikrlar xilma-xilligidan cho’chimaydi, Ислом Каримов. «Донишманд халқимизнинг мустаҳкам иродасига ишонаман» - «Фидокор», 2000 йил 8 июн. balki zamonaviy bilim va falsafiy qarashlarga, hayot haqiqatiga suyangan holda har qanday g’arazli niyat, tahdid va intilishlarni fosh qilishga qodir bo’ladi»7. Falsafaning muayyan ijtimoiy qatlamlar siyosiy manfaatlari bilan bog’lanib ketishi, ularning mafkurasi tarzida namoyon bo’lishi masalasi ham nihoyatda muhim. Shuning uchun milliy Falsafamizni rivojlantirish asosida istiqlol mafkurasini yaratish kun tartibidagi eng dolzarb vazifa bo’lib qolmoqda. Tarix falsafasi. Insonning ongli faoliyati ijtimoiy munosabatlar majmuidan iborat. Bu munosabatlarning eng umumiy qonuniyatlarini o’rganuvchi falsafiy bilimlar o’z tarixiga ega. Haqqoniy yoritilgan tarix milliy falsafani, mafkurani shakllantirishdagi asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. «Tarixni bilmay turib, mafkuraning falsafiy negizlarini anglab bo’lmaydi. Chunki mafkuraning falsafiy asoslari o’z davrida tarixiy haqiqat tufayli tug’ilgan... Tarix va falsafa mantiqiy ravishda bir-birini taqozo etadigan, kerak bo’lsa, to’ldiradigan, taraqqiyot jarayonlari haqida yaxlit tasavvur beradigan, oq-qorani farqlashda asos bo’ladigan fanlardir»8. Afsuski, ko’pgina qo’llanmalarda u yoki bu faylasufning ta’limotiga alohida e’tibor beriladi, u haqda chuqur fikr yuritiladi. Ammo o’sha davr qanday edi, nima sababdan muayyan olim aynan shu g’oyani ilgari surgan, nega umrini biror-bir ta’limotni targ’ib etish bilan o’tkazgan, degan masalalarga kam e’tibor beriladi. Aslida, davr olim va faylasuf kamolotida muhim o’rin tutadi. Uning g’oyalari tug’ilishi uchun asos bo’ladi, bu g’oyalar qo’llanadigan ijtimoiy amaliyot bo’lib hisoblanadi. Agar masala bu tarzda qo’yilmasa, falsafiy ta’limotning o’z davrini aks ettiradigan mohiyat-mazmuniga putur etadi, ayniqsa o’sha davr muammolarini ijtimoiy makon va tarixiy zamondan ajratib tahlil qilish natijasida falsafaning milliylik ruhi, xususiyatlari xiralashadi. Albatta, biz har bir falsafiy bilimlarning o’ziga xos muammolari va ularni hal qilishning nazariy-amaliy usul va vositalari borligini inkor etmaymiz. Lekin, falsafaning o’rni, ahamiyati va vazifasiga milliy mafkurani shakllantirish nuqtai nazaridan yondashadigan bo’lsak, unga ta’sir qiladigan omillarni mushtarak-mujassam tarzda olib qarash zarurati paydo bo’ladi. Shuning uchun, bir tomondan, har bir falsafiy bilim yo’nalishlari tarixini millatning umumiy tarixi bilan birgalikda olib tahlil qilganda, yaxlit falsafiy dunyoqarash vujudga keladi. Ikkinchi tomondan, bu jarayonni millat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan, istiqbol manfaatlariga mos bo’lgan milliy istiqlol g’oyasidan ajratish mumkin emas. O’zbek milliy falsafasining genezisiga nazar tashlaydigan bo’lsak, bir-biri bilan bog’liq ikki omilni ko’ramiz: birinchisi, qadimgi zardo’shtiylikning muqaddas kitobi - Avesto va islom dinining bosh asosi — Qur’oni karim va hadisi sharifdagi insonparvarlik g’oyalari bo’lsa, ikkinchisi — dunyoviy bilimlardir. Hozirgi kunda har qanday ijtimoiy fan sohasining, shu jumladan falsafaning eng muhim vazifasi diniy va dunyoviy bilimlar o’rtasida mo’’tadil munosabat bo’lishini ilmiy izohlash, uning qonuniyat va xususiyatlarini ochib berishdir. Buning uchun din va dunyoviy fanlarning o’zaro munosabatlarini umuminsoniy maqsad va manfaatlar doirasida uyg’unlashtirish imkoniyatlarini topish maqsadga muvofiq. Zero, huquq, axloq, siyosat, madaniyat falsafalarining g’oyaviy-nazariy yo’nalishlarini shu masalani hal qilishga qaratishni umuminsoniy tsivilizatsiyaning o’zi taqozo qilmoqda. XXI asrga kelib, insoniyat g’oyat murakkab, olamshumul muammolar qarshisida turganligini anglay boshladi. Xususan, yadro urushi xavfi, keskinlashayotgan ekologik muammolar, xom-ashyo va energetika resurslari, Er shari aholisining shiddat bilan o’sib borayotgani, ularni oziq-ovqat bilan ta’minlash, sog’liqni saqlash, maorif va madaniyatni, fan-texnika va texnologiyani rivojlantirish muammolari yangicha tafakkurni taqozo qilmoqda. Bu masalani milliy va umuminsoniy falsafiy g’oyalarni, nazariyalarni ishlab chiqmasdan hal qilish mumkin emasligi esa tobora aniq bo’lib bormoqda. Falsafa ijtimoiy hayotda insonning mohiyati, yashashdan ko’zlagan maqsadi, oliy qadriyat ekani, ma’naviy omillari (ideallari), borliqdagi o’rni, munosabatlari sabablari, ruhiy va moddiy ehtiyojlarini qondirish usul va vositalari — barcha-barchasini ko’rsatib beradi. Jamiyat taraqqiyoti va falsafaning rivojlanishi dialektikasi ana shu xususiyatlarga asoslanib, o’ziga xos tarzda namoyon bo’ladi. Bir tomondan, jamiyatning o’zgarib borish tamoyili falsafiy g’oya, nazariya va ta’limotlar o’zgarishini taqozo qiladi. Ikkinchi tomondan, o’zgarayotgan falsafa jamiyat moddiy-ma’naviy hayot tarzini ilg’ab olib, uning istiqbollarini belgilash, mafkurasini shakllantirishda nazariy, uslubiy asos bo’lib xizmat qiladi. Ayniqsa, mamlakatimiz bozor iqtisodiyoti mnosabatlariga o’tayotgan bugungi kunda kishilar tafakkuri va ongida saqlanib qolayotgan eskicha fikrlash qoliplarini bartaraf etish, yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni rag’batlantirish, milliy o’zlikni anglash, istiqlol mafkurasini shakllantirishda shoshilmay, behuda his-hayajonlarga berilmasdan, aql-zakovat bilan ish tutishda falsafaning o’rni va ahamiyati g’oyatda ulkandir. Falsafa har qanday murakkab ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy vaziyatda ham kishilarni yuksak g’oyaviylik, mustahkam e’tiqod, kelajakka ishonch ruhida tarbiyalash bilan birga, ularga murosa va hamkorlik qilish, chigal muammolarni ham Ислом Каримов. «Донишманд халқимизнинг мустаҳкам иродасига ишонаман» - «Фидокор», 2000йил 8 июн. 8 Ислом Каримов. «Донишманд халқимизнинг мустаҳкам иродасига ишонаман» - «Фидокор», 2000 йил 8 июн. umummilliy, umuminsoniy manfaatlarni nazarda tutgan holda madaniy va ma’rifiy hal etish imkoniyatlarini topishga yordam beradi. Falsafaning vazifalari (funktsiyalari). Bu fanning ijtimoiy fanlar tizimidagi o’rni va ahamiyati uning dunyoqarashni shakllantirish, uslubiy, gnoseologik, evristik, pedagogik-didaktik, prakseologik vazifalari (funktsiyalari) bilan belgilanadi. Bundan avvalgi ma’ruzamizda falsafiy dunyoqarashning genezisi, vazifasi va ahamiyati haqida ancha batafsil to’xtalib o’tgan edik. Ushbu ma’ruzada esa, unga qo’shimcha qilib, falsafa fan sifatida dunyoqarashni shakllantirish borasida qanday vazifani bajaradi, degan savolga javob topishga harakat qilamiz. Falsafa fanining dunyoqarashni shakllantirish borasidagi vazifasi: - birinchidan, inson qarashlarining shakllanish imkoniyatlari, usul va vositalarini, ularning kundalik ong darajasidan nazariy g’oyalar darajasiga ko’tarilish jarayonini, mifologik dunyoqarashdan farqlarini; - ikkinchidan, milliy dunyoqarashni shakllantirishdagi turli fan yo’nalishlarining muayyan vazifalarini, ularning bir-biri bilan g’oyaviy hamkorlik qilish va uyg’unlashuv tamoyilini; - uchinchidan, ilmiy dunyoqarashning milliy va umuminsoniy manfaatlarga mos kelishini aniqlashda namoyon bo’ladi. Falsafa fanining uslubiy vazifasini izohlash uchun avvalo uslub (metodologiya) tushunchasini bilib olish lozim. Metodologiya — falsafa fanining tadqiqot ob’ektini o’rganishga yo’naltirilgan eng umumiy tamoyillar, usul va vositalar tizimidir. Metodologiya so’zining mantiqiy mazmuni ham borliqni bilishning usul
Xulosa
Xususan, «Axloq falsafasi» kishida yuksak axloqiy me’yorlar — vatanparvarlik, mehnatsevarlik, g’oyaviylik, e’tiqod, ijtimoiy-siyosiy faollik va mas’uliyatni his etish tuyg’ularini tarbiyalaydi. «Huquq falsafasi» huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni, ijtimoiy nazoratning boshqa xuquqiy usul va vositalarini nazariy-amaliy jihatlardan ishlab chiqadi. «Tabiatshunolik falsafasi» ta’lim-tarbiya sohasida o’ziga xos ahamiyatga ega. Insonning tabiatni bilish borasidagi intilishlari mohiyatini yoritadi, tabiatga nisbatan oqilona munosabatni shakllantirib, uni muhofaza qilishning nazariy asoslarini belgilab beradi. Falsafaning praksiologik funktsiyasi falsafiy g’oya va nazariyaning ijtimoiy hayotga amaliy tatbiq etilishi bilan izohlanadi. Har qanday amaliy faoliyat mustahkam ilmiy nazariyaga asoslanmasa, salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuningdek, falsafaning bu funktsiyasi nazariyaning amaliyotga joriy etish uslub va vositalarini aniqlashni ham o’z ichiga oladi. Yuqorida ko’rsatilgan funktsiyalarning o’zaro ichki bog’liqligi falsafaning mushtarak umumnazariy va uslubiy ahamiyatini belgilab beradi. Ularning o’ziga xos xususiyatlari hamda ahamiyatini har tomonlama o’rganish inson va jamiyatning ma’naviy kamolotiga
ADABIYOTLAR
1. Karimov I. Ma’naviy tiklanish yo’lida. — T.: «O’zbekiston», 1998.
2. Karimov I. «Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman». — «Fidokor» gazetasi, 2000 yil 8
iyun.
3. Karimov I. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. — T.: O’zbekiston, 1999.
4. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. — T.: O’zbekiston, 2000. - 352 b.
5. «Osnovi filosofii». T. «O’zbekiston», 1998.
Dostları ilə paylaş: |